ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️Yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi

📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari boshchiligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi doirasida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🤝 Tadbir yoshlarda Vatanga sadoqat, tarixiy merosga hurmat hamda milliy qadriyatlarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.

🏛 Ma’naviy-ma’rifiy sayohat davomida ishtirokchilar viloyatning tarixiy, madaniy va tabiiy diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishib, yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi hamda uning bugungi taraqqiyotdagi o‘rni haqida ma’lumot oldilar.

🧵 Shuningdek, yoshlar milliy va mahalliy hunarmandchilik an’analari, xalq amaliy san’ati hamda etnografik meros namunalari bilan yaqindan tanishib, ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga yetkazishning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlash hamda Vatan ravnaqiga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1