ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

📚 Buxoroda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


📍Buxoro viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida Kogon shahar “Zirabod” mahallasida tashkil etilgan kitob mutolaasi tematik zonasi faoliyati bilan tanishildi hamda kitobsevar yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

🤝 Muloqot davomida yoshlarga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, oliy ta’limga kirishdagi imtiyozlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlardan foydalanish, bandlikni ta’minlash hamda kasb-hunar egallashga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaaning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda huquqiy bilimlarni muntazam oshirib borishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Tadbir yakunida yoshlarning savollariga javob berilib, ularning
taklif va tashabbuslari tinglandi. Faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

Tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1
#Adliya_va_yoshlar

📚 Marhamatda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍Andijon viloyati Marhamat tumani Axborot-kutubxona markazida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Ochiq muloqot davomida yoshlarning fikr va tashabbuslari tinglanib, ularga davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb tanlash hamda o‘z ustida muntazam ishlashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi.

📖 Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, elektron va qog‘oz kitoblarning afzalliklari hamda zamonaviy ta’lim platformalaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Eng yaxshi o‘quvchi” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi hamda “Kitob sovg‘a” aksiyasi doirasida yoshlarga sara badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

Tadbir yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏5👍32🔥1
#Adliya_va_yoshlar

🤝 Xo‘jaylida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi


📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan Xo‘jayli tumani Yoshlar markazida o‘quvchi-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelgusidagi reja va tashabbuslari yuzasidan fikr almashildi.

📚 Shuningdek, davlat tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni hal etish hamda amaliyotga joriy etish yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

🤝 Uchrashuv yoshlarning davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍1👏1
#Adliya_va_yoshlar

🤝 Kitob tumanida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


📍Qashqadaryo viloyati Kitob tibbiyot texnikumida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda talaba-yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.

📚 Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash, davlat ro‘yxatidan o‘tish, imtiyoz va subsidiyalardan foydalanish, kredit olish, mehnat va tadbirkorlik sohasidagi huquqlari yuzasidan murojaatlari tinglanib, ularga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Tadbir davomida yoshlarning muammo va takliflari o‘rganilib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda duch kelayotgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.
6