ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.29K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#yoshlar_kuni

“O‘ZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI YOSH ARXIVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI


30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori U. Yusupov agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan yosh arxivchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida Yoshlar kunining mamlakatimiz hayotidagi ahamiyati, yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar mamlakatimiz taraqqiyotining muhim tayanchi hisoblanadi.

BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/185662



—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Davlatimiz rahbari yurtimizdagi barcha yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.

Biz islohotlarimizning ilk kunlaridan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarishni davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olganmiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Yurtimizning har bir mahallasida o‘g‘il-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlab, ularga ko‘makchi bo‘ladigan yoshlar yetakchilari korpusi shakllantirildi.

Yosh avlodni milliy qadriyatlarga sadoqat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat va ezgu insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida nuroniy otaxon va onaxonlarimizning boy hayotiy tajribasidan foydalanish keng yo‘lga qo‘yildi.

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb e’lon qilinib, barcha vazirlik va idoralar yoshlar muammolarini o‘rganish va yechim topish masalasiga to‘liq safarbar qilindi.

Facebook|Instagram|X
2
Prezidentimiz amalga oshirilgan sa’y-harakatlar hisobiga yurtimizda yoshlar bilan ishlash muhiti tubdan o‘zgarganini ta’kidladi.

Xususan, bilim olish, kasb-hunar egallash, til o‘rganish, ish topish va biznes boshlashda qiyinchilikka uchragan 1,5 million yoshlarning muammosi “Yoshlar daftari” orqali hal qilindi. Alohida dasturlar asosida jozibador biznes muhiti va imtiyozli resurslar natijasida yosh tadbirkorlar soni 5 karra ko‘payib, 287 mingdan oshdi.

O‘quv markazlarini ko‘paytirishga qulay sharoit yaratilgani uchun xorijiy tillarni intensiv o‘rganayotgan yigit-qizlarimiz 3,5 millionga yetdi. Iqtidorli o‘quvchi va talabalarimiz nufuzli fan olimpiadalarida 434 ta, yosh sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Tarbiyasi og‘ir yoshlarga huquq-tartibot idoralari va hokimlar biriktirilgani uchun ikki yilda yoshlar jinoyatchiligi 2,5 karra kamaydi.

“Lekin bu – yoshlar bilan bog‘liq barcha masalalar hal bo‘ldi, degani emas,

– dedi davlatimiz rahbari.

Yoshlar masalalari uchun mas’ul idoralar, vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoshlar muammosi, ehtiyoj va qiziqishlari bo‘yicha tinimsiz ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X
1
“Bilinglar, endi davlatlar hududi bilan emas, bilimi bilan, aholi soni bilan emas, texnologiyasi bilan, tabiiy boyliklari bilan emas, inson kapitali bilan raqobatga kirishmoqda.

Bilim, ilm-fan va tafakkur mahsuli bo‘lgan yangi “Bilimlar iqtisodiyoti” hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda.

Men bilaman, o‘g‘il-qizlarimizning har birida katta salohiyat bor, iste’dod bor, iqtidor bor.

Sizlar o‘z davrida buyuk kashfiyotlari bilan dunyo sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan, Birinchi va Ikkinchi Renessansning “aql chirog‘i” bo‘lgan buyuk ajdodlarimizning munosib vorislarisiz. Albatta, vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas’uliyat hamdir!

Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uchun qanday buyuk ishlar qilgan bo‘lsa, sizlar Yangi O‘zbekistonda yangi uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan kuch bo‘lishingiz kerak!”
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
2
Bugun xorijiy tillarni mukammal biladigan yoshlarimiz soni 650 mingdan oshdi.

“Ularga buyuk tariximiz, boy madaniy merosimiz to‘g‘risida xorijiy tillarda kontent tayyorlashni o‘rgatsak, yurtimiz turizm salohiyatini targ‘ib qilishga katta hissa qo‘shib, yuqori daromadga ham ega bo‘ladi”,

– dedi Prezidentimiz.

Shu maqsadda “raqamli kontent” platformasi ishga tushirilib, har yili 20 milliard so‘mdan ajratib boriladi.

Hozirda 150 mingdan ziyod yoshlar xorijda ta’lim olyapti, ilm-fan bilan shug‘ullanyapti. Yurtimiz turizm va eksport salohiyatini oshirishda bu yoshlarning imkoniyatidan foydalanib, ularni o‘ziga ham daromad keltiradigan tizim yaratiladi.

Talabalar o‘zi o‘qiyotgan davlatdagi bozor, mahsulot va xizmatlarga talabni tahlil qilib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga yetkazadi, yurtimiz salohiyatini namoyish etadigan stendlarni joylashtirib, turistik marshrut va mahalliy mahsulotlarni taqdimot qilib boradi. Buning uchun ularga grantlar ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
1
Prezidentimiz oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorga yosh mutaxassis uchun daromad va ijtimoiy soliq bir yil ichida 1 foiz etib belgilanishini e’lon qildi. Bu 200 mingga yaqin oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar uchun katta rag‘batga aylanadi.

Hozirda ijtimoiy reyestrga kirmagan, lekin ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, harbiy xizmat, migratsiya va jazoni o‘tab qaytgan, jismoniy imkoniyati cheklangan yana 1 million yoshlarimiz bor. Ularga ozgina yordam berilsa, o‘z yo‘lini topa oladi.

Bunday yoshlar bilan ishlash bo‘yicha “Kafolatlangan birinchi qadam” paketi joriy etiladi. Bu jarayonda “ustoz-talaba” dasturi asosida uyushmagan yoshlarni o‘qitib, oliygohga kirishiga ko‘maklashgan talabalarga magistraturaga kirishda qo‘shimcha ball, davlat stipendiyalarini olishda ustuvorlik beriladi.

Hozirda savdo, servis, ishlab chiqarish sohalarida o‘z brendiga ega minglab yoshlarimiz bor. Prezidentimiz ularni uyushmagan tengdoshlariga biznesni o‘rgatishga, o‘z brendi asosida ishlashga sharoit yaratib, daromad topishiga ko‘maklashishga chaqirdi.

Shu maqsadda “Yoshlar mini-franshizasi” dasturi ishga tushiriladi. Ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli shartlarda yer va kredit beriladi.

Mahalliy brendlar franshizasini oladigan yigit-qizlarga Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Facebook|Instagram|X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

🎉Adliya vazirligi qoshidagi "Adolat" milliy huquqiy axborot markazi "30-iyun - Yoshlar kuni" munosabati bilan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etadi.

Yoshlarning jamiyatda aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlari har doim qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu ezgu yo‘lda siz aziz yoshlarga mustahkam sog‘liq, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👏5🎉53👍1
Bugun narkotik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar aholi genofondiga katta tahdid solyapti. Bunday jinoyatlarning uchdan biri yoshlar tomonidan sodir etilayotgani esa juda xavotirli.

Shu bois, O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish masalasi umummilliy harakatga aylantirilib, barcha kuch va vositalar safarbar qilinmoqda.

Yaqinda ushbu jinoyatlarga nisbatan javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun qabul qilindi.

Bu illatni yoshlarimiz orasida ildiz otishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz, buni tag-tomiri bilan quritmaguncha to‘xtamaymiz.

Giyohvandlik insonning eng qimmatli boyligi – sog‘lig‘i, aql-irodasi, orzu-maqsadlaridan ayiradi.

Unutmang! Hayot insonga bir marta beriladi. Bunday illatlarga nisbatan murosasiz bo‘ling, umrning har bir daqiqasini ezgu ishlarga sarflang!

– deya yoshlarga murojaat qildi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari ota-onalarga yuzlanib, farzand oilada kamol topishi, voyaga yetishi, uning yorqin kelajagi uchun mustahkam poydevorni, eng avvalo, ota-onalar yaratishini ta’kidladi. Ularni kun sayin o‘zgarib borayotgan o‘ta nozik sharoitda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham e’tiborli bo‘lishga, mas’uliyat bilan qarashga chaqirdi.

Facebook|Instagram|X
2
“Aziz o‘g‘il-qizlarim!

Men sizlardagi shijoat, bilimga tashnalik va yangilikka intilishni ko‘rib, doim ruhlanaman.

Siz – aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: katta-katta marralar sari olg‘a qadam tashlang, o‘qing, yangi bilim, yangi kasb va zamonaviy texnologiyalarni egallang, qiyinchilikdan cho‘chimang, mehnatdan qochmang!

Shuni bilingki, ortingizda sizlarni katta umidlar bilan voyaga yetkazgan ota-onangiz bor, sizlarga bilim va tarbiya bergan, kasb o‘rgatgan ustoz va murabbiylaringiz bor, sizlarga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladigan, ishonadigan va doim qo‘llab-quvvatlaydigan Prezidentingiz bor!

Yo‘lingiz ochiq, niyatingiz ulug‘, qaddingiz baland bo‘lsin!

– dedi Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot yakunida.

Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.

Facebook|Instagram|X
1
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.

#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍32