ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
#Bolalar_va_yoshlar_huquqlarini_himoya_qilish_aksiyasi

❗️Bilimli yoshlar - yurt kelajagi

"Yoshlar kuni" hamda "Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Qo‘qon davlat universiteti va Qo‘qon Universiteti talabalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil qilindi.

Tadbirda yoshlarning huquqiy bilimlari sinovdan o‘tkazilib, faol qatnashgan yoshlarga va g‘olib jamoalarga sovg‘alar topshirildi.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi talabalarning yozgi taʼtilini mazmunli o‘tkazishiga yordam berish, ularning bilimlarini oshirish, ularda yangi ko‘nikmalar hosil qilishga yordam berishdan iborat.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥32👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🫥 “Adolat sayli” — huquqiy targ‘ibot va ochiq muloqotning keng maydoni

Bulung‘ur tumanida Adliya vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Adolat sayli” tadbiri keng jamoatchilik ishtirokida ko‘tarinki ruhda, yuqori saviyada o‘tkazildi.


➡️ Fuqarolarga huquqiy maslahatlar, zarur tushuntirishlar va amaliy ko‘maklar berilgan mazkur tadbir tafsilotlari —👆 videolavhada.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥5👏2
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar
#Bolalar_va_yoshlarning_huquqlarini_himoya_qilish_huquqiy_aksiyasi

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov tomonidan Beruniy tumani Madaniyat va Yoshlar markazida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

Uchrashuvda vazir yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U yoshlarning ta’lim jarayoni, sog'lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3 bolaning qotili. Tergovchi hikoyasi

Eshitganlaringiz hikoya emas, qop-qora taqdirlar, gunohsiz qurbonlar, shafqatsiz qotilliklar, jirkanch nafs oʻyinlari haqidagi kechamiz va bugunimizning ogʻriqlari...

To‘liq videoni ko‘rish 👉 https://youtu.be/8A8r7Va1D2c
4🔥3
#yilning_eng_faol_yosh_xodimi

🏆 “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakunlandi

⚖️ Adliya vazirligida adliya organlari va muassasalarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

👥 Tanlovda hududiy (saralash) bosqichlarda munosib natija ko‘rsatgan eng faol yosh xodimlar o‘zaro bilim, kasbiy mahorat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va liderlik salohiyatini namoyon etdi.

🎙 Tanlovning ochilish marosimida so‘zga chiqqan adliya vaziri o‘rinbosari Mirjalol Allakuliyev yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, bunday tanlovlar adliya tizimining ertangi rivoji uchun munosib kadrlar zaxirasini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

🔥 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy o‘tgan tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.

Natijalar:
🥇 1-o‘rin — SULAYMONOV Shuhrat To‘lqin o‘g‘li (Jizzax viloyati)
🥈 2-o‘rin — SHOYADBEKOV Shaxbozbek Shuxratbek o‘g‘li ("Adolat" MHAM)
🥉 3-o‘rin — YUSUPOVA Faringiz O‘ktam qizi (Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti)


🌟 Mazkur tanlov yosh xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi g‘oya va tashabbuslarga ruhlantirish hamda adliya tizimida faol, fidoyi va malakali kadrlar safini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17👍9🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tanlov jarayonidan lavhalar
🔥87🙏2