ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Rahbar_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚖️ Bo‘lajak huquqshunoslar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍“Yoshlar kuni” munosabati bilan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i yuridik yo‘nalishida tahsil olayotgan hamda ta’lim muassasalarini tamomlayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

🏢 Tadbir avvalida ishtirokchilarga Guliston shahar adliya bo‘limi faoliyati, tizimda yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

💬 Shundan so‘ng “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ochiq muloqot shaklida davom etib, unda adliya organlarining asosiy vazifa va funksiyalari, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

🎓 Muloqot davomida adliya tizimida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yoshlarga kasbiy rivojlanish, ishga qabul qilish tartiblari va zarur ko‘nikmalar yuzasidan tavsiyalar berildi.

🤝 Yoshlarning fikr va takliflari tinglangan uchrashuv ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy yo‘nalish berish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍2🔥1
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_va_yoshlar

⚡️ “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari S.Asanov rahbarligida Chimboy tumani Yoshlar bo‘limida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda o‘quvchi-yoshlarning fikr va takliflarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish hamda ochiq va samimiy muloqot muhitini yaratish asosiy maqsad etib belgilandi.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi. U talabalarning ta’lim jarayoni, sog'lom turmush tarzi, ijtimoiy sharoitlar va kelajakdagi rejalari bilan bog‘liq fikrlarini tinglab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar atroflicha muhokama qilindi. Ularning muammolariga yechim topish, takliflarini amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5