ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

❗️Adliya aralashuvi bilan sud qarori asosida 195 mln soʻm kompensatsiya pullari undirib beriladigan bo'ldi

Rishton tumani Bo'ston MFYda yashovchi M.Sh. tuman Adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Arizada keltirilishicha, uning turmush o'rtog'i Sh.B. nomidagi uy-joy hududdan kesib o'tuvchi Farg'ona-Qo'qon katta avtomobil yo'li chetida joylashgan.
 
Shu sababli yer maydonining bir qismi yoʻl kengayishi hisobiga Davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qo'yilgan. Ustiga ustak, olib qoʻyilgan yer maydonidagi uy-joylari hech bir qonuniy hujjatlarsiz buzib tashlangan.
 
Shu munosabat bilan fuqaro M.Sh. yetkazilgan zarar va olib qoʻyilgan yer maydoni uchun kompensatsiya pullarini undirib berishni so'rab murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman adliya bo'limi jarayonlarni o'rganib chiqdi. Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan yer maydoni hamda buzib tashlangan uy-joylarning kompensatsiya pullarini undirib berish haqida Fuqarolik ishlari boʻyicha Rishton tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi.


2026-yil 3-iyun kunidagi sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro M.Sh. foydasiga 195. mln 814 ming soʻm kompensatsiya undirish to'g'risidagi hal qiluv qarori chiqarilib fuqaro murojaati qanoatlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3🔥1👏1🙏1
#Adliya_aralashgach

⚖️ Adliya aralashuvi bilan fuqaroning mehnat huquqlari tiklandi

📍Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida yashovchi fuqaro A.A. ishdan bo‘shatilishi jarayonida qonunchilikda belgilangan huquqlari ta’minlanmaganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qildi.

📝 Murojaatni o‘rganish davomida fuqaro umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritganligi, biroq shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan bo‘shatilayotganda unga qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.

🔎 Shuningdek, ish beruvchi tomonidan ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq buyruq ijrosi to‘liq ta’minlanmagani hamda xodimga tegishli to‘lovlar to‘lanmay kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

📄 Holat yuzasidan So‘x tumani adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, qonun buzilishlarini bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Natijada fuqaroning ishdan bo‘shatish nafaqasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlari ish beruvchidan undirib berilib, uning mehnat huquqlari tiklandi.

⚖️ Adliya — inson manfaatlari yo‘lida!

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👍43👏3🔥2😢2