ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Farg‘onada talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚖️ Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Shuningdek, tibbiyot sohasi bilan bog‘liq qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

💬 Uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2👍2🔥1👏1🎉1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Toshkentda talaba-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 “Yoshlar kuni” doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida yoshlar va xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq hamda imtiyozlar, adliya organlarining faoliyati, shuningdek, adliya tizimida ish boshlash va xizmatga qabul qilish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.

💬 Muloqot yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi, bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda nazoratga olindi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1🔥1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🎓 Namanganda yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍 Uchqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, bandlik hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

💬 Muloqot jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
1