ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

🎨 Navoiyda imkoniyati cheklangan yoshlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

📍Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilayotgan “Adliya sayli” doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🖼 Uchrashuv rasmlar tanlovi formatida o‘tkazilib, unda yoshlar o‘z iste’dodi, ijodiy qarashlari va orzu-intilishlarini tasviriy san’at orqali namoyon etdi.

🤝 Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i yoshlarning ijodiy ishlari, taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishib, ular bilan samimiy muloqot qildi.

Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

💬 Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlarning fikr va mulohazalari tinglanib, ilgari surilgan tashabbuslar yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
4👍4
#Rahbar_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚡️ Qoraqalpog‘istonda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

🤝 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E. Tursunov rahbarligida o‘tkazilgan tadbirda Vazirlar Kengashi, Musulmonlar qoziyoti, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

🎓 Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, mutasaddilardan batafsil javoblar oldi.

📌 Ta’kidlanganidek, yoshlarning muammo va takliflarini bevosita tinglash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlash Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Yakunda bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish hamda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
👏32🔥1