ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_eksperiment

Navoiy bozoridagi
eksperiment: 167 nafar yurtdoshimizdan qanchasi firibgarlarga aldanib qolishi mumkin edi?

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va aholining huquqiy hushyorligini tekshirish maqsadida qiziqarli "Huquqiy eksperiment" o‘tkazildi. Mazkur tadbir Navoiy shahridagi markaziy bozorda bo'lib o'tdi.

Eksperimentda 167 nafar hamyurtimiz ishtirok etdi va natijalar barchamizni hushyor torttirishi kerak!

📊 Natijalar qanday bo‘ldi?
🛑 60 foiz (taxminan 100 nafar fuqaro) — telefoniga kelgan maxsus tasdiqlash kodini so‘rovga asosan hech qanday shubhasiz taqdim etdi. Bugungi kunda bu eng xavfli holat bo‘lib, real hayotda firibgarlar shu kod orqali plastik kartadagi pullarni osongina yechib olishi yoki sizning nomingizdan onlayn kredit rasmiylashtirishi mumkin!
🔒 30 foiz (taxminan 50 nafar fuqaro) — kodni berishdan bosh tortdi. Ular o‘z shaxsiy ma’lumotlari va xavfsizligini himoya qila olishdi.
🤷‍♂️ 10 foiz (taxminan 17 nafar fuqaro) — telefondagi amallarni bajarish tartibini mutlaqo tushunmadi. Bu qatlam raqamli texnologiyalardan foydalanishda yaqinlarining yordamiga muhtoj.
⚖️ Adliya vazirligi ogohlantiradi:
Hech qachon, hech qanday holatda telefoningizga kelgan SMS-kodlarni, maxsus parollarni begona shaxslarga aytmang! Bank yoki davlat tashkiloti xodimlari hech qachon sizdan bunday kodlarni so‘ramaydi.


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥3