#yoshlar_kuni
“Har payshanba – Yoshlar kuni”: Chiroqchida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
⭐️ Chiroqchi tumani hokimligi majlislar zalida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini o‘rganish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
🔂 Tadbirda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i hamda Chiroqchi tumani hokimi ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita suhbatlashdilar.
🔂 Samimiy va ochiq ruhda kechgan uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, takliflari va kelgusidagi rejalari tinglandi. Shuningdek, ularga adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔂 Yigit-qizlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar qaytarilib, ularning murojaat va tashabbuslari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔂 Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
“Har payshanba – Yoshlar kuni”: Chiroqchida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4
#Rahbar_va_yoshlar
#Huquqiy_aksiya
⚖️ Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqotlar va bepul yuridik yordam tadbirlari o‘tkazildi
📍Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari doirasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti talabalari, Yuridik texnikum o‘quvchilari hamda Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
💬 Ochiq muloqotlar davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirayotgan huquqiy masalalar yuzasidan bepul huquqiy maslahatlar berildi. Zarur hollarda huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.
🤝 Tadbirlarda advokatlar, notariuslar va tegishli tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, yoshlarning savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
📚 Amudaryo bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida o‘tkazilgan uchrashuvda bolalar va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨ Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda davlat organlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

❤4👍2
#Adliya_aralashgach
⚖️ Adliya aralashuvi bilan 202 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirib berildi
📍Andijon viloyatida fuqaroning uzoq yillardan buyon to‘lanmay kelayotgan ustama pullari va kompensatsiya mablag‘lari adliya organlari ko‘magida undirib berildi.
📝 Bo‘ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida AKTni raqamlashtirish bo‘yicha metodist lavozimida faoliyat yuritgan fuqaro D.A. qonunchilikda nazarda tutilgan ustama pullari to‘lanmayotganligi yuzasidan adliya organlariga murojaat qilgan.
🔎 Murojaatni o‘rganish davomida davlat organlari va budjet tashkilotlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishga mas’ul xodimlarga lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida har oylik ustama to‘lanishi belgilangan bo‘lsa-da, mazkur to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani aniqlandi.
👨⚖️ Holat yuzasidan adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritildi.
✅ Sud qaroriga ko‘ra:
💰 117 million 552 ming so‘m ustama pullari;
💰 85 million 129 ming so‘m to‘lovlarni kechiktirganlik uchun hisoblangan kompensatsiya mablag‘lari undirilishi belgilandi.
📌 Natijada fuqaroning mehnat huquqlari tiklanib, jami 202 million 681 ming so‘m mablag‘ni undirishga erishildi.

❤6🔥1