ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.68K videos
39 files
9.3K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_qulaylik

❗️Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari binolarida, “O’zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirildi.

Endilikda istalgan shaxs kontrafakt mahsulotlar haqida erkin ma’lumot olishi mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

Endi Urgut tuman DXMda ham “prava”ni almashtirish mumkin

Adliya fuqarolarga qulayliklar yaratishda davom etadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urgut tuman davlat xizmatlari markazida ham eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmati ishga tushirildi.

👉Batafsil

@aiyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat koʻrsatilishi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shunga koʻra bugungi kunda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha” QOʻLLANMA ishlab chiqilgan boʻlib, Yuridik markazlar tomonidan viloyatning barcha hududlarida uchrashuvlar belgilanib, bepul huquqiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farg‘ona viloyatining yana 10 ta davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish pasportini berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
. Bular:

1. Uchko‘prik tuman DXM;
2. Bag‘dod tuman DXM;
3. Rishton tuman DXM;
4. Furqat tuman DXM;
5. Beshariq tuman DXM;
6. Buvayda tuman DXM;
7. Farg‘ona tuman DXM;
8. Quva tuman DXM;
9. Marg‘ilon shahar DXM;
10. Toshloq tuman DXM.

Endilikda, viloyatdagi jami 12 ta davlat xizmatlari markazida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida mavjud edi) xorijga chiqish pasportini berish xizmati ko‘rsatilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

Adliyadan mualliflik haqi miqdorini hisoblash uchun maxsus kalkulyator joriy etilgan boʻlib, unda quyidagi mualliflik obyektlari uchun mualliflik haqi stavkalarini hisoblash imkoniyati mavjud:

✔️Fan, adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;

✔️O‘zbekiston Milliy axborot agentligi kanallari orqali, televideniye va radioda beriladigan materiallar uchun haq to‘lashning eng kam satavkalari;

✔️Kinofilmlar uchun adabiy ssenariylar, original musiqa va qo‘shiqlar matnlarini yaratganlik uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari;

✔️Kinofilmlar uchun maslahatlar berish bo‘yicha mutaxassislar mehnatiga haq to‘lashning eng kam stavkalari;

✔️Kinofilmlar postanovkasi uchun ularning badiiy darajasiga ko‘ra suratga olish guruhlarining ijodiy xodimlariga postanovka qilganlik haqining eng kam stavkalari;

✔️Ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha buyurtmalarni bajargani uchun, haykaltaroshlik asarlari, tasviriy san’at asarlari yaratgani, badiiy loyihalashtirish va konstruksiyalash ishlari uchun mualliflik haqi hamda dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni sahnalashtirganlik uchun haq to‘lashning eng kam stavkalari, shuningdek, ushbu pul davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘langanida uning eng yuqori stavkalari.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Ko'kdala tumani davlat xizmatlari markazida ham xorijga chiqish pasportini berish yo‘lga qo‘yildi.

Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat xizmatlari markazi ichki ishlar bo‘limlari bilan bir vaqtda O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berishni bosqichma-bosqich boshlagandi.

Yaqinda imkoniyat Ko'kdala tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida ham yaratildi.

Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz mazur tashkilotga tashrif buyurib, ushbu xizmatdan foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uyali aloqa operatorlariga ulanishlari mumkin

Bu yangilik bilan yuridik va jismoniy shaxslar, ayniqsa, xorijiy fuqarolar markazning o'zida mobil aloqa operatorlariga ulanadilar, shaxsiy idenfikatsiya raqamlarini rasmiylashtirish va boshqa xizmatlarni olishda qulaylik kompakt servisdan foydalanadilar.

Ayni paytda Navoiy viloyatidagi 11 ta tuman(shahar) davlat xizmatlari markazlarida sim kartalar berish yo'lga qo'yildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

Avtomashinangizni  sotmoqchimisiz, buning uchun notarial idoraga borishingiz shart emas.

Turgan joyingizdan E-notarius.uz axborot portaliga kiring va istalgan notarius bilan video-konferens-aloqa orqali bog‘lanib, avtomashinangizni  soting.

Notarial xizmatlardan foydalanish E-notarius.uz axborot portali orqali yanada qulay va oson.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

⚡️Endilikda Farzandingizni chet elga olib chiqish uchun notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga yetmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, oʻzining shaxsiga oid maʼlumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.

Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar roʻyxatidan tanlaydi.

Shundan soʻng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid maʼlumotlarini kiritadi.

Avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi.

Notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi.

Belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi.

Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Endi avtomototransport vositasini sotish jarayonida turmush o‘rtog‘ingizni roziligi arizasini notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin.

Rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Er-xotin umumiy tasaruffidagi mol-mulkni tasarruf etishga rozilik”ni tanlaydi, o'zining shaxsiga oid ma'lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi:

▫️rozilik beruvchi qaysi Avtomototransportni sotishga rozilik berayotganini kiritadi;
▫️avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
▫️notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
▫️belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi.

Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefoningiz orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlari endi mahallalarda xizmat koʻrsatadi


Davlat xizmatlaridan endi mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Chiroqchi tumanidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Arabbandi” mahalla aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.

Mahalla binosida oʻrnatilgan Infokiosk apparatidan bugun oʻnlab fuqarolarni mushkuli oson boʻldi. Markaz xodimi tomonidan mahalladagi 10 nafardan dan ortiq fuqarolar my.gov.uz saytiga roʻyxatdan oʻtkazildi.

Fuqarolarga sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalarni shu joyning oʻzida chiqarib berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat tashkilotlariga yoki davlat xizmatlari markazlariga borish shart emas!


Bugungi kunda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) yoki uning mobil ilovasi orqali masofadan turib arizalar yuborish mumkin. Navbat kutmaysiz!

Mobil ilova orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video yo‘riqnoma orqali tanishing:

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Endilikda Samarqand viloyatidagi barcha tuman va shahar adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga xizmatlardan foydalanish asnosida bepul birlamchi huquqiy maslahat olishi uchun qo‘shimcha qulaylik yaratildi.


Navbatingiz kelgancha bo‘sh vaqtingizdan foydalanib, mutaxassisdan o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy muammolar va qonunchilik bo‘yicha huquqiy yordam oling.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlarida elektron navbat tizimi va QR KOD orqali to‘lov: odamlar qanday fikrda?


Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farzandingiz dunyoga keldimi? Endi tug‘ilganlikni rasmiylashtirish uchun navbat kutish yoki ortiqcha vaqt sarflash shart emas.

📲 Adliya+ mobil ilovasi orqali bir necha daqiqada farzandingizning tug‘ilishini qayd ettirishingiz va tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shunchaki ilova App Store yoki Google playdan yuklab oling, ilovadan ro'yxatdan o'ting va "FHDY xizmatlari" bo'limiga kiring, “Tug‘ilishni qayd etish” xizmatini tanlang va kerakli ma’lumotlarni kiriting. Qolgan jarayonlar elektron tarzda amalga oshiriladi.

⚖️ Farzandingizning ilk huquqiy hujjati — tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish endi yanada oson!

Adliya+ — hayotingizdagi muhim voqealarni rasmiylashtirishda ishonchli yordamchi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
9🔥2