ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💊 Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar belgilandi


📌 Adliya vazirligida Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 3848, 2026-yil 4-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📋 Mazkur hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini Inson uchun qoʻllaniladigan dori vositalariga qoʻyiladigan texnik talablarni uygʻunlashtirish boʻyicha xalqaro kengash (ICH) talablari asosida taqdim etish belgilangan.


🔬 Xususan, dori vositasini ishlab chiqarishda hayvon xomashyosidan olingan moddalar qoʻllanilgan hollarda, ularning tarkibida prionlar mavjudligi yoki mavjud emasligi hujjatlarda aniq koʻrsatilishi lozim.

📄 Shuningdek, dori vositasini tibbiyotda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga xalqaro talablarga mos, reklama xususiyatiga ega boʻlmagan qoʻshimcha maʼlumotlarni kiritishga ruxsat etiladi.

🧬 Bundan tashqari, dori vositasining genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) saqlashi yoki ulardan olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham majburiy tartibda koʻrsatiladi.

📝 Bunda genetik modifikatsiya turi va manbasi, qoʻllanilgan genetik konstruksiya va ekspressiya tizimi, biologik va ekologik xavfsizlik choralari, ishlab chiqarish jarayonida GMOdan olingan moddalar qoʻllanilgan bosqichlar hamda genetik xavfsizlikka oid hujjatlar haqida maʼlumotlar taqdim etiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlikni aniqlash xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
 
🔗Adliya vazirligida Zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqligi yuzasidan farmatsevtik inspeksiyadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar miqdorini aniqlash tartibi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3847, 2026-yil 4-iyun).

📌Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 788-son qarorida farmatsevtik inspeksiyalarni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlarga haq to‘lash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilishi belgilangan.

🖥Idoraviy hujjat bilan esa aynan ushbu turdagi to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibi belgilab berildi.

Hujjatga ko‘ra, to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya o‘tkazish uchun mehnat vaqti normasi (soatlarda) va dori vositalari koeffitsiyentidan iborat bo‘ladi.

🔖Hujjatni qayta ishlash jarayonida manfaatdor idoralar bilan kelishish hamda ko‘plab muhokamalar natijasida to‘lovlar miqdorlari amaldagisidan sezilarli darajada kamaytirildi.

➡️Masalan, ayrim to‘lovlar mahalliy korxonalar uchun 38 mln so‘mgacha, xorijiy korxonalar uchun 103 mln so‘mgacha arzonlashdi.

✔️Misol uchun:
·  Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP) bo‘yicha – 15 foizga;
· Zarur klinika amaliyoti (GCP) bo‘yicha 27 foizga;
· Zarur laboratoriya amaliyoti (GLP) bo‘yicha 38 foizga;
·  Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP) bo‘yicha 33 foizga arzonlashdi.

Shuningdek, inspeksiya nazorati (davriy) uchun to‘lovlar farmatsevtik inspeksiya uchun belgilangan to‘lovlarning uchdan bir qismi miqdorida to‘lanishi belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1