ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bilasizmi
#Toʻlovlarni_qaytarish

📃Asossiz rad etilgan davlat xizmatlari boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish tartibi joriy etilganidan xabardormisiz?

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qaroriga asosan asossiz rad etilgan arizalar yuzasidan undirilgan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarning vakolatli organlarga yoʻnaltirilgan qismini ariza beruvchiga qaytarish tartibi belgilangan.

👫Mazkur xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

💻 Ariza beruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP), Davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda “Litsenziya” axborot tizimi orqali foydalanilgan davlat xizmatlari boʻyicha arizalari asossiz rad etilgan deb hisoblaganda, toʻlangan mablagʻlarni qaytarish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.

📨 Arizalar:
🔹YIDXP orqali mustaqil ravishda;
🔹“Litsenziya” AT orqali;
🔹Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yuboriladi.

‼️ Muhim eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoniga muvofiq, asossiz rad etilgan arizalar boʻyicha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish tartibi 2025-yil 1-noyabrdan boshlab shakllantirilgan arizalarga nisbatan qoʻllaniladi.


Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-dekabrdagi 792-son qarori.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot
3