#qonunchilikdagi_yangiliklar
#uchinchi_qism
✅ Ko‘p kvartirali uy va uning atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
🔹Unga ko‘ra:
1. Boshqarish organi aholiga qulaylik yaratish maqsadida:
ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘rindiqlar o‘rnatishi;
tegishli masofada chiqindilarni tashlash uchun chiqindilarni ajratuvchi o‘rnalar joylashtirishi lozim.
2. Uylarga tutash yer uchastkalarida quyidagi umumiy foydalanish maydonchalari bo‘lishi kerak:
▪️maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar o‘ynashi uchun;
▪️katta yoshdagi aholining dam olishi uchun;
▪️jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun;
▪️maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun;
▪️it va boshqa uy hayvonlarini sayr qildirish uchun;
▪️velosiped va boshqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarning aravachalari) saqlash uchun.
3. Uylarga tutash yer uchastkasi hamda infratuzilma ob’yektlari obodonlashtirilishi, daraxtlar va o‘simliklarga, o‘tish yo‘lkalari va trotuarlarga suv sepish uchun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanishi, elektr yoritish tizimiga ega bo‘lishi kerak.
4. Ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkasida quyidagilar taqiqlanadi:
▪️tegishli ruxsatnomasiz daraxtlar va butalarni boshqa joyga ko‘chirib ekish yoki kesish;
▪️ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkasilarini metall parchalari, qurilish va maishiy va boshqa chiqindilar bilan to‘ldirish;
▪️daraxtlarga arqon va simlarni bog‘lash, belanchaklar osish, reklama taxtalarini yopishtirish;
▪️gulzorlar, maysazorlar va yo‘laklarni chiqindilar bilan ifloslantirish;
ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, bolalar va sport maydonchalari, katta yoshdagi aholining dam olishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan joylardan avtoturargoh sifatida foydalanish;
▪️ko‘kalamzorlashtirilgan hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish (beton yoki boshqalar bilan qoplash);
▪️yashil o‘simliklar bilan band bo‘lgan maydonlarga har qanday materiallarni to‘plash;
▪️yashil o‘simliklar yaqinidagi yo‘laklarga yashil o‘simliklar uchun zararli bo‘lgan kimyoviy moddalarni sepish yoki ushbu moddalar bilan sug‘orish.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1