#ochiq_eshiklar_kuni
🔴 Adliya vazirligida bo‘lajak yuristlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
🔹Bugun Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etilib, unda 120 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
🔹Tadbir davomida ishtirokchilar vazirlikning asosiy yo‘nalishlari, huquqiy siyosatni shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, tizimda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Shuningdek, yoshlar Adliya vazirligi kutubxonasi va adliya muzeyiga tashrif buyurib, sohaning boy tarixiy merosi, huquqiy adabiyotlar fondi hamda amaliy faoliyatga oid manbalar bilan tanishdi.
🔹Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limlari faoliyati, xususan, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) hamda FHDY organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Tadbir yakunida ochiq muloqot tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob oldi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.
📌 “Ochiq eshiklar kuni” yoshlarni kasbiy yo‘naltirish, ularni adliya tizimiga jalb etish hamda malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram | 🔵Facebook | 📱YouTube | Bot

🔹Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — bo‘lajak yuristlarni adliya tizimi faoliyati, unda olib borilayotgan islohotlar hamda amaliy ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish, ularni kasbiy jihatdan to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
🔹Tadbir davomida ishtirokchilar vazirlikning asosiy yo‘nalishlari, huquqiy siyosatni shakllantirish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish jarayonlari, shuningdek, tizimda joriy etilgan zamonaviy boshqaruv va xizmat ko‘rsatish mexanizmlari bilan yaqindan tanishdi.
🔹Shuningdek, yoshlar Adliya vazirligi kutubxonasi va adliya muzeyiga tashrif buyurib, sohaning boy tarixiy merosi, huquqiy adabiyotlar fondi hamda amaliy faoliyatga oid manbalar bilan tanishdi.
🔹Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limlari faoliyati, xususan, Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari (YXKM) hamda FHDY organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ahamiyati va amaliy jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔹Alohida ta’kidlanganidek, adliya tizimida joriy etilgan “karyera modeli” yosh mutaxassislar uchun shaffof va aniq rivojlanish yo‘lini belgilab beradi. Talabalarga ishga qabul qilish tartibi, lavozimda o‘sish imkoniyatlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari hamda mavjud ijtimoiy imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

🔥5❤2