ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.83K videos
39 files
9.71K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Sirdaryoda xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Bahor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, kredit olish va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, 10 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi, tibbiy ko'rik hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Shuningdek, “Sog'lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan 50 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍2❤1
#sayyor_qabul

✅Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

🔸 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universitetida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov ishtirokida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi hamda viloyat adliya boshqarmasi rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

🔹 Sayyor qabul davomida tadbirkorlik subyektlari duch kelayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📊 Natijalar:
— 40 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi;
— 32 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi;
— 1 ta muammo joyida hal etildi;
— 7 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

🔸 Bunday sayyor qabullar tadbirkorlar muammolarini joyida hal etish hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3