ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Samarqand_viloyati
#Sayyor_qabul

📍Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov Qo'shrabot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

✅Samarqand viloyatining Qo'shrabot tumanida Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M.Istamov ishtirokida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda tegishli idoralar rahbar va mas’ul xodimlari ham qatnashdi.

Sayyor qabul davomida 50 nafarga yaqin jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari tomonidan tomonidan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish, yuridik xizmatlar, soliq imtiyozlaridan foydalanish, yer ajratish, mulk huquqi, kadastr hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarida uchrayotgan muammolar va shu kabi boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.


🔖Kelib tushgan murojaatlarning 17 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 1 ta murojaat joyida hal etildi va 30 ga yaqin murojaat qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olindi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
#Sayyor_qabul

Sirdaryoda xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan sayyor qabul o‘tkazildi

“Xotin-qizlar huquqlari kafolatlari” aksiyasi doirasida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan "Bahor" mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir avvalida xotin-qizlarning huquqiy himoyasini ta'minlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shundan so'ng sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, kredit olish va boshqa huquqiy masalalar yuzasidan 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning aksariyati joyida hal etildi, 10 ta murojaat esa ish yurituvga olinib, ijrosi nazoratga olindi.

Tadbir doirasida mehnat yarmarkasi, tibbiy ko'rik hamda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Shuningdek, “Sog'lom avlod uchun” jamg‘armasi tomonidan 50 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bote
👍2❤1