ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.7K videos
39 files
9.36K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyada_hashar

Adliya organlari xodimlari xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi

Hashar mamlakatimizning qadimgi tarixga ega va eng oliyjanob milliy an'analaridan biridir.

Mazkur an'analarni davom ettirgan holda yurtimizda 13–14-mart — umumxalq xayriya hashari kuni deb belgilandi.

Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Vazirlik tizimidagi barcha muassasalar, hududiy adliya organlari, idoralar atrofi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirildi.

Jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamjihatlik, ahillik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirda binolar hududi, xizmat xonalari ham tozalandi.

Shuningdek Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Adliya bog'i"da ko‘chatlar ekildi.

O‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3👏3🔥2
Umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari
1🔥4👍2👏1😢1
Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti o‘rtasida memorandum imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu hujjat qonun ijodkorligi jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayonida tahliliy yondashuvni kuchaytirish hamda parlament nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ilmiy va tahliliy ekspertizadan o‘tkaziladi, shuningdek, parlament nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, qonunchilikni rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga nazarda tutilgan.

Telegram kanalga obuna bo‘lish tugmasi📌
👍51🔥1
#Yashil_makon

📣 Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tizimi xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etishdi.

🌳 Xorazm viloyatining Bog`ot tumanida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 4 ga yer maydoniga 500 ta ko‘chatlar ekildi.

🍃 Yashil makon – kelajagimiz uchun! Atrof-muhitni asrashga o‘z hissamizni qo‘shaylik: daraxt ekaylik, tabiatni asraylik va yurtimizni yanada obod qilaylik!

🌴 “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida ekilgan har bir daraxt — kelajak avlodga qoldirilgan bebaho merosdir.
4🔥1