ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.71K videos
39 files
9.37K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi mas’ullari Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar bilan uchrashuvlar tashkil etmoqda.

🔸Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarning mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

🔹Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔸Shuningdek, adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashgan holda ularga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4👍1
“Aqlli tartibga solish” bo‘yicha xalqaro seminar-trening o‘tkazildi.

Bugun, “Norma ijodkorligida "aqlli tartibga solish" tamoyillari hamda zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro seminarning ikkinchi kuni yakunlandi.

🔹Seminar manfaatdor tomonlarni normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash jarayoniga keng jalb etish mexanizmlari, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar majmuasini tizimli ravishda qayta ko‘rib chiqish (regulatory stock review) bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganishga bag‘ishlandi.

🔹Shuningdek, tadbirda ekspertlar tomonidan mazkur yo‘nalishlarda taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘rtasida ochiq va konstruktiv fikr almashinuvi tashkil etildi.

Mazkur xalqaro seminar-trening norma ijodkorligi faoliyatining sifatini yangi bosqichga olib chiqish, tartibga solish ta’sirini baholash tizimini mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim professional muloqot maydoni sifatida e’tirof etilmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🔥3👏1😢1
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥1
"Vazir va yoshlar" uchrashuvi

🔸Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasida tizimdagi yosh xodimlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, tizimda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🔸Vazir o‘z ma’ruzasida tizimda “tuman–viloyat–respublika” karera modeli joriy etilgani, lavozimga ko‘tarilish samaradorlik asosida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

❗️Shuningdek, yaqin kunlarda yosh huquqshunoslar uchun “Adliya organlari vazifa va funksiyalari samaradorligini oshirish” mavzusida kreativ g‘oyalar tanlovi e’lon qilinishi ma’lum qilindi.


🔹Bu kabi muloqotlar Prezident tashabbusi bilan ilgari surilgan “Yoshlar kuni” doirasida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda adliya tizimida professional va sadoqatli kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍174🔥4
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Fargʻona viloyati: DXMda fuqarolarga tezkor va zamonaviy to‘lov usuli orqali xizmat ko‘rsatilmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax viloyat adliya boshqarmasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etdi.

🖥 Namangan viloyati: “Mahalla huquqshunosi” loyihasi.

🖥 Samarqand viloyati: Urgut savdo kompleksida keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sayxunobod tumanida kontrafaktga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Hududlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JSTga qo‘shilish: davlat ham tadbirkor va iste’molchi ham yutadi

Jahon savdo tashkiloti o‘zi qanday tashkilot va uning bitimlaridagi asosiy talablar nimalardan iborat? O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan oddiy iste’molchi nima yutadi? Shu kabi savollarga “Sayilgoh” podkastida javob oling!


Batafsil👉 https://youtu.be/LRXhRrZRY98

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4