ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan
#Navoiy_viloyati

Adliya aralashuvi bilan 8 nafar shifokorning 77 million so'mdan ortiq pul mablag‘i to‘lab berilishi belgilandi


Navbahor tumani adliya bo'limiga tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh xodimlari tomonidan qonunchilikka muvofiq yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama to‘lab berilishi belgilanganligi, biroq tibbiyot birlashmasi tomonidan mazkur maxsus ustama to'lash tartibiga rioya qilinmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.


👉Batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3😢2🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Norin tumani adliya bo‘limi tomonidan Norin tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 19-sonli Oila shifokorlik punkti mudiri R. U hamda boshqa mas’ul shaxslarning Norin tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan ma’muriy jarima qarorlaridan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida Norin tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tumandagi 10 nafar Oila shifokorlik punkti mudirlari va 2 nafar hamshiralarga nisbatan qonunchilik hujjatlari talablariga zid ravishda, yetarli huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagan holda ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilganligi aniqlandi.


Mazkur holat yuzasidan qonun buzilishlarini bartaraf etish hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash choralarini ko‘rish yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan taqdimnoma kiritilib, muammo bartaraf etishga erishildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2