ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vaziri xizmat safari bilan Vengriyada

2026 yil 20-yanvar kuni adliya vaziri Akbar Tashkulov Vengriya adliya vazirligining rasmiy taklifiga asosan xizmat safari bilan Budapesht shahrida Vengriya adliya vaziri Bence Tuzson bilan uchrashdi.
 
Uchrashuvda tomonlar adliya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

A.Tashkulov xorij tomoniga so‘nggi yillarda O‘zbekistonda huquqiy jarayonlarni raqamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar sifatini oshirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Xususan, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, “aqlli huquqiy xabardorlik” mexanizmi ta’minlanayotgani, sun’iy intellekt asosidagi LexAI platformasi joriy etilgani ta’kidlandi.

Tomonlar notariat tizimini raqamlashtirish, bepul yuridik yordamni rivojlantirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni baholash va “tartibga solish gilyotina” mexanizmlarini joriy etish masalalarini ham muhokama qildilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍124🔥3👏3
Adliya vazirligida intellektual mulkni baholash tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ–390-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Adliya vazirligida intellektual mulk obyektlarini baholash tizimini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔸Tadbirda manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim tashkilotlari, texnoparklar hamda baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari vakillari ishtirok etdi.

🔸Muhokamalar davomida:
▪️ilmiy ishlanmalar va intellektual mulk obyektlarini baholash orqali tijoratlashtirish,
▪️intellektual mulkni iqtisodiy aktivga aylantirish,
▪️intellektual mulkni baholashning milliy tizimini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


🔹Tadbir doirasida “Intellektual mulkni baholash tizimini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha O‘zaro anglashuv memorandumi” loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat manfaatdor vazirlik va idoralar hamda baholovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔸Shuningdek, intellektual mulk obyektlarini baholash bo‘yicha amaliy master-klass o‘tkazilib, baholash metodologiyalari, bozor yondashuvlari hamda baholash natijalarini startaplar, litsenziyalash va texnologiyalar transferi bilan bog‘lash masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🔹Tadbir yakunida intellektual mulkni investorlar uchun tushunarli moliyaviy instrument sifatida shakllantirish va baholovchi mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2
Adliya vaziri xizmat safari doirasida Vengriya sud hokimiyati milliy idorasi Prezidenti Gyorgy Senyei bilan uchrashdi.

Akbar Tashkulov uchrashuv davomida sud ish yurituvini raqamlashtirish, odil sudlovni ta’minlashga qaratilgan asosiy sud-huquq islohotlari haqida to’xtalib, nizolarni muqobil hal etishning samarali mexanizmi sifatida mediatsiya institutini rivojlantirishga alohida urg‘u berilayotganligi va bugungi kunda O’zbekistonda mediatorlar soni 3 mingdan oshganini qayd etdi.

Mediatsiyani qo‘llash bo‘yicha normativ-huquqiy baza izchil takomillashtirilayotgani, mediatorlar uchun kasbiy talablar kuchaytirilib, mediativ kelishuvlarning ijrosini kafolatlovchi mexanizmlar mustahkamlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Tomonlar tajriba almashish, qo‘shma tadbirlar va ta’lim dasturlarini amalga oshirish orqali amaliy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍133🔥3👏1
Adliya vaziri hamda Vengriya Intellektual mulk idorasi prezidenti Szabolcs Farkas oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi
 
Uchrashuvda O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi intellektual mulk sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Akbar Tashkulov O‘zbekistonda intellektual mulk tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, so‘nggi yillarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyekti soni ikki baravarga oshgani, milliy qonunchilik Jahon Savdo Tashkilotining TRIPS bitimi talablariga to‘liq moslashtirilganligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilish, mintaqaviy brendlarni rivojlantirish hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Vengriya intellektual mulki idorasi o‘rtasida 2026-2027-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍9🔥32
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1