ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#teambuilding

Adliya vazirligi jamoasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Chirchiq shahrida joylashgan harbiy poligonda bo'ldi

Tadbir doirasida harbiy texnikaning yaratilish jarayonlari, ularning zamonaviy texnik-taktik imkoniyatlari hamda jangovar-amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi. Har bir jarayonda aniqlik, intizom va puxta rejalashtirish ustuvor ekani yaqqol ko‘zga tashlandi.

Harbiy mashg‘ulotlar davomida shaxsiy tarkibning jipsligi, yuksak kasbiy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhidagi xizmat faoliyati O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining mustahkam salohiyatini yaqqol namoyon etdi.

Mazkur tashrif nafaqat sohaga oid bilim va tasavvurlarni kengaytirdi, balki jamoaviylik va yurtga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlar O‘zbekistonning harbiy qudrati ishonchli va barqaror ekanini yana bir bor tasdiqladi.

🇺🇿 Vatan himoyasi — oliy burch, unga xizmat qilish esa sharafdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍259🔥5👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Soddalashgan davlat xizmatlari: aholi uchun qo'shimcha qulayliklar yaratmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍2🎉2👏1
📢 Kiberxavfsizlik — bugunning eng muhim ko‘nikmasi!

🔹 “Kiberjinoyatlar va ulardan himoyalanish” kursi orqali:

Kiberjinoyatlarning mohiyatini tushunasiz

Ularning huquqiy oqibatlarini baholay olasiz

O‘zingizni va tashkilotingizni kiber tahdidlardan himoya qilishni o‘rganasiz

📅 6 soatlik intensiv o‘quv kursi
➡️Kurs narxi: 247 200 so‘m
📍 Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash instituti
💻 An’anaviy va onlayn shaklda

🎓 Yakunida sertifikat beriladi
📞 Ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 91 191 47 84

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥63👏3👍1
#bir_murojaat_izidan

Samarqandda adliya bo'limining ko'magi bilan fuqaroning 37 yillik muammosi ijobiy hal qilindi.


📍 Payariq tuman adliya bo‘limiga “Ko‘lto‘sin” mahallasida yashovchi fuqaro N.K ariza bilan murojaat qilib, onasi N.G. ning fuqarolik masalasi yuzasidan yashab kelganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘ragan.

➡️BATAFSIL

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax

Jizzaх viloyati adliya boshqarmasidan yangi loyiha!

🎞 “AQL XAZINASI” MULTFILM HIKOYALARI 1-QISM👆

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥1
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Adliya aralashuvi bilan xodim foydasiga 97 mln soʻm undirib berildi

Farg'ona viloyati, Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaroning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash maqsadida kiritilgan da'vo arizasi fuqarolik ishlari bo'yicha Marg‘ilon tumanlararo sudi tomonidan to'liq qanoatlantirildi.

Qisqa tafsilot shuki, Toshloq tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining AKTni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha uslubchisi lavozimida ishlovchi Sh.U.ga 2024-yil aprel oyidan buyon belgilangan tartibdagi 100 foizli ustama to'lanmagan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5349-son Farmonining 7-bandiga koʻra, davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga masʼul xodimlariga lavozim maoshidan 100 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oylik ustama berilishi shart.

Adliya boʻlimi Mehnat kodeksining tegishli moddalariga tayanib, ish beruvchining moliyaviy ahvolidan qatʼi nazar, xodimga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻliq hajmda toʻlashi shartligini sudda asoslab berdi.


Natijada sud qarori bilan javobgar tashkilot zimmasiga jami 97 million so'mdan ortiq to'lanmay qolgan ustama va pullik kompensatsiya to'lovlarini undirish majburiyati yuklatildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5👍4🔥3
🟢Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi Bo'stonliq tumani “Yoshlik” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini, shuningdek, 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish, ularning ijrosini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni tushuntirishga qaratildi.

🟢Tadbirda Respublika ishchi guruhi tarkibida Adliya vazirligi vakillari ham faol ishtirok etdi.

🟢Uchrashuv davomida davlat rahbari Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda infratuzilmani takomillashtirish masalalari atroflicha tushuntirib berildi.

🟢Shuningdek, muloqot jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari, shuningdek, turli sohalarga oid murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha mas’ullar biriktirilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

🟢Mazkur uchrashuv davlat siyosatining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, muammolarni joyida muhokama qilish hamda jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👍5🔥42