ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan eng muhim iqtiboslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1
Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi

Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz,

– dedi davlatimiz rahbari.

Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.

“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.

Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi",

- dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
👍5
NIKOH YOSHI TO‘GʻRISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILMOQDA

🗣“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasiga ko‘ra:

Yon shajara bo‘yicha 2-, 3- va 4-darajadagi qarindoshlar - tog‘a va amaki, amma va xola o‘z jiyanlari bilan, shuningdek, tog‘avachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar o‘rtasida nikoh tuzishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanmoqda.

❗️Biroq, nikohlanuvchi tomonlardan biri farzandlikka olingan yoki o‘gay farzand bo‘lgan hollar, agar farzandlikka olingan nikohlanuvchi shaxs nikohlanuvchi 2-shaxsga haqiqatda 1-, 2-, 3- va 4-darajali qarindosh bo‘lmasa bundan mustasno.

🔹Shuningdek, nikohga kirishni xohlovchilarning arizasiga ko‘ra homiladorlik, bola tug‘ilishi bilan bog‘liq holatlarda nikoh davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimi nikoh yoshini ko‘pi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

🔸Bundan tashqari, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga kirishish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (20 mln 600 ming so‘mdan 41 mln 200 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilanmoqda.

❗️Amaldagi qonunchilikda ushbu jinoyat uchun BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha (8 mln 240 ming so‘mdan 12 mln 360 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazo choralari belgilangan.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1911😢1
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon va Namangan viloyat adliya boshqarmalarida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, bu sohada aniqlanayotgan kamchiliklar va mavjud xavf-xatarlar muhokamasi yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tadbirda joylarda adliya organlari va tizimdagi tashkilot xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar tanqidiy muhokama qilinib, ularni oldini olish yuzasidan zaruriy chora tadbirlar belgilab olindi hamda xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki tartib-qoidalarga, fuqarolar bilan ishlashda muomala madaniyati va odob-ahloq qoidalariga qatiy rioya qilib borilishi yuzasidan tushuntirishlar berilib, xodimlarning takliflari tinglandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_yil_shukuhi

❗️Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi bo'limlarda yangi yil quvonchi

🗓Yangi yil — eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun.

🎁Yangi 2026-yilni kutib olish arafasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi barcha DXM, FHDY bo'limlariga tashrif buyurgan aholi bilan birgalikda archalar bezatilib, bayram shukuhi hukm surmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥43👏3🎉21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliyadan_xushxabar

Fuqaro Nilufar Nazarova Qashqadaryo viloyati bo’yicha Davlat xizmatlari markazining ikki millionchi mijozi bo’ldi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/qashqadaryoviloyatadliya
👍6🔥53🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi” ro’yxatdan o’tkazildi.

Agar siz yurist bo‘lsangiz yoki huquq yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lsangiz, Assotsiatsiya a’zosi bo‘lishingiz mumkin.

Pastdagi havolalar orqali o’tib, Assostsiatsiya faoliyatini kuzatib borishingiz mumkin.

🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
1🔥53👍31
#Sayyor_qabul

❗️Eksklav hudud - Farg‘ona tumanidagi "Yordon" MFY hududida sayyor qabul o'tkazildi

Farg'ona tumani markazidan olisdagi ya’ni, eksklav hududidagi mahallada viloyat adliya boshqarmasi rahbarining sayyor qabuli o'tkazildi.

Qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 20 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 10 nafar murojaatchining muammolari joyida hal etildi, o'rganish talab etilgan 4 ta murojaat koʻrib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga bayram quvonchi ulashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7🔥4👍32