ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston – BAA: “Zero bureaucracy” yo‘lida yangi bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasi “Zero bureaucracy” islohotlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Adliya vazirligiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida davlat xizmatlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va inson manfaatiga yo‘naltirish bo‘yicha BAAning ilg‘or tajribasi muhokama qilindi.

📌 Uchrashuvlarda quyidagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi:
🔹fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni soddalashtirish;
🔹davlat xizmatlarida yagona raqamli yondashuv va ma’lumotlarni takror talab qilmaslik;
🔹e-notariat va masofaviy xizmatlar;
🔹mediatsiya orqali nizolarni sudgacha hal etish;
🔹biznes va investorlar uchun huquqiy aniqlikni kuchaytirish.

🤝 Tomonlar 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma faoliyat rejasi, qo‘shma ishchi mexanizmlar, pilot loyihalar hamda mutaxassislar almashuvini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

🎯 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolar va tadbirkorlar uchun tez, shaffof va ishonchli adliya xizmatlarini ta’minlash.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍10🔥4👏2
#Важно

📣 Вниманию негосударственных некоммерческих организаций!

⚠️
Согласно законодательству, негосударственные некоммерческие организации (в том числе и религиозные) ежегодно до 1 февраля предоставляют отчет о деятельности за прошедший год в органы юстиции.

Формы отчета:
🔹Для негосударственных некоммерческих организаций: здесь.
🔹Для религиозных организаций: здесь.

Просим предоставить отчет в электронном виде через портал www.e-ngo.uz своевременно и в полном объеме.

❗️Напоминаем, что в соответствии со статьей 239 КоАО, непредставление, несвоевременное представление или представление по неустановленной форме ННО регистрирующему органу отчетов о своей деятельности, представление ими заведомо недостоверных сведений о своей деятельности, а равно непредставление информации, в том числе подтверждающих документов об использовании ими имущества и денежных средств — влечет наложение штрафа на должностных лиц от 10 до 25 базовых расчетных величин.

Для получения дополнительной информации:
● Министерство юстиции Республики Узбекистан – (71)207-04-39, (77)210-00-08, (91)797-33-00, (94)658-52-94, (90)908-11-18, (94)368-99-44;
● Министерство юстиции Республики Каракалпакстан – (91)392-77-72, (55)101-10-08;
● Управление юстиции Андижанской области – (91)486-07-06, (55)202-10-08;
● Управление юстиции Бухарской области – (91)164-04-54, (65)223-18-27;
● Управление юстиции Джизакской области – (91)304-69-64, (90)492-74-72, (72)221-50-50;
● Управление юстиции Кашкадарьинской области – (90)607-26-60, (93)423-34-60, (75)230-01-76;
● Управление юстиции Навоийской области – (91)249-01-02, (79)222-11-08;
● Управление юстиции Наманганской области – (91)367-59-00, (69)226-11-00;
● Управление юстиции Самаркандской области – (97)615-70-20, (90)502-22-99, (55)701-00-55;
● Управление юстиции Сырдарьинской области – (91)622-22-99, (67)236-11-48;
● Управление юстиции Сурхандарьинской области – (90)969-93-94, (55)451-11-48;
● Управление юстиции Ферганской области – (90)807-90-29, (93)270-19-00, (73)249-05-25;
● Управление юстиции Хорезмской области – (99)967-65-64, (62)227-77-22;
● Управление юстиции Ташкентской области – (97)420-33-00, (71)501-02-50;
● Управление юстиции города Ташкента – (94)695-44-44, (93)567-32-22, (71)203-60-03.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2
#Bu_muhim

📣 Nodavlat notijorat tashkilotlari diqqatiga!

⚠️ Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.

📝 Hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni www.e-ngo.uz portali orqali elektron shaklda, o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etish so‘raladi.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqamlari:
● O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – (71)207-04-39, (77)210-00-08, (91)797-33-00, (94)658-52-94, (90)908-11-18, (94)368-99-44;
● Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi – (91)392-77-72, (55)101-10-08;
● Andijon viloyat adliya boshqarmasi – (91)486-07-06, (55)202-10-08;
● Buxoro viloyat adliya boshqarmasi – (91)164-04-54, (65)223-18-27;
● Jizzax viloyat adliya boshqarmasi – (91)304-69-64, (90)492-74-72, (72)221-50-50;
● Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)607-26-60, (93)423-34-60, (75)230-01-76;
● Navoiy viloyat adliya boshqarmasi – (91)249-01-02, (79)222-11-08;
● Namangan viloyat adliya boshqarmasi – (91)367-59-00, (69)226-11-00;
● Samarqand viloyat adliya boshqarmasi – (97)615-70-20, (90)502-22-99, (55)701-00-55;
● Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi – (91)622-22-99, (67)236-11-48;
● Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi – (90)969-93-94, (55)451-11-48;
● Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi – (90)807-90-29, (93)270-19-00, (73)249-05-25;
● Xorazm viloyat adliya boshqarmasi – (99)967-65-64, (62)227-77-22;
● Toshkent viloyat adliya boshqarmasi – (97)420-33-00, (71)501-02-50;
● Toshkent shahar adliya boshqarmasi – (94)695-44-44, (93)567-32-22, (71)203-60-03.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Tashkilotlarga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ахborot 24 | «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili kuchga kirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3🔥2👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

🔹 Ushbu Qonun loyihasi ulushdorlar huquqlarini ishonchli himoya qilish, qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlash hamda moliyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan.

Qonun loyihasida xususan quyidagilar nazarda tutilmoqda:
▪️ulushli qurilishning yagona qonuniy modeli joriy etiladi;
▪️fuqaro, developer (quruvchi) va tijorat banklari ishtirokidagi aniq mexanizm belgilanadi;
▪️qurilish jarayoniga oid barcha ma’lumotlar Uy-joy qurilishining yagona axborot tizimida ochiq e’lon qilinadi;
▪️ulushdorlarning mablag‘lari faqat vakolatli banklarda ochiladigan eskrou hisobvaraqlarida jamlanadi;
▪️qonunda nazarda tutilmagan usullarda ulushdorlarning mablag‘larini jalb qilish taqiqlanadi;
▪️ulushdorlarga yetkazilgan zarar uchun quruvchi va uning yakuniy benefisiarlari shaxsiy javobgar bo‘ladi;
▪️noqonuniy mablag‘ jalb qilgan shaxslarga nisbatan javobgarlik belgilanadi;
▪️ulushli qurilish sohasida davlat nazoratining institusional tizimi shakllantiriladi;
▪️shartnomalar bo‘yicha sifat kafolatlari va aniq muddatlar belgilanadi;
▪️maxsus vakolatli tashkilotlar, muammoli obyektlar, banklar va loyihalarning yagona reyestrlari yuritiladi;
▪️quruvchi yoki bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lganda ularni almashtirish mexanizmi joriy etiladi.


❗️Siz ham Qonun loyihasi bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalaringizni bildiring. Jamoatchilik fikri qonunchilikni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_haqimizda

Axborot 24 | «Biznesni 15 daqiqada boshlash» tamoyili kuchga kirmoqda



Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4🔥3👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Energiya tejamkorligi — kelajagimiz kafolati!

Energiya — hayotimizning ajralmas qismi. Uni bugun tejab ishlatish orqali biz nafaqat oilaviy byudjetni asraymiz, balki ertangi kun, farzandlarimiz kelajagini ham himoya qilamiz. Keraksiz chiroqlarni o‘chirish, energiya tejamkor qurilmalardan foydalanish — bu kichik qadamlar katta natijalarga olib keladi.
Energiyani tejaylik — kelajakni asraylik! 🌱

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥4👍1
#Bir_murojaat_izidan
#Namangan_viloyati

Fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, 22 milliondan ziyod pul mablag’i undirib berildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D.A.ning “Namangan suv taʼminoti” AJ bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 22-aprelda bekor qilingan boʻlsa-da, Jamiyat tomonidan hozirga qadar oylik va boshqa toʻlovlar toʻliq hisob-kitob qilmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

👉batafsil

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6🔥2👍1👏1
#oyning_eng_yaxshi_xodimi

🔶 Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va joriy etish bo‘limi boshlig‘i Maxsudov Abror Dagar o‘g‘li 2025-yilning noyabr oyi uchun vazirlik tomonidan "Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi" deb topildi.

🔹Abror Maxsudov 2019-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavr bosqichini tamomlagan.

▪️Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
▪️2019-2022-yillarda ushbu boshqarmada katta, yetakchi va bosh maslahatchi;
▪️2022-2023-yillarda Adliya vazirligi Ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi bosh maslahatchisi;
▪️2023-2024-yillarda Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

🔹2024-yildan buyon Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

🔷 Abror Maxsudov tomonidan “Biznes yuritishni hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-noyabrdagi PF-214-son Farmoni qabul qilinishiga xizmat qiluvchi takliflar ishlab chiqdi, shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida “Byurokratiyasiz davlat xizmatlari” Dasturini joriy etish doirasida davlat boshqaruvi jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish kabi yoʻnalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

🔶 Vazirlik jamoasi Abror Maxsudovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍317🔥5
Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shayusupova Shoxida Erkinovna joriy yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷Shoxida Shayusupova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2022-yilda boshlab, bugungi kunga qadar EHM uchun dasturlar, Ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazish hamda Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazish kabi murakkab va muhim texnik yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.

🔶Jumladan, shu kunga qadar 14349 ta EHM uchun dastur hamda 524 ta Ma’lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazib, davlat reyestriga kiritdi. Shuningdek, intellektual mulkning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🔷Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

🔶Vazirlik jamoasi Shoxida Erkinovnani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍148🔥5👏2
#intellektual_mulk

O‘zbekistonda Intellektual mulk sohasida malakali kadrlar soni oshadi

🔸O‘zbekistonda ta’lim va kadrlar tayyorlash yo‘nalishida intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-noyabrdagi PQ–358-son qaroriga muvofiq, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy universitetida, shuningdek 2029/2030 o‘quv yiliga qadar intellektual mulk sohasi bo‘yicha kamida to‘rtta oliy ta’lim muassasasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

🔸Bundan tashqari, Toshkent davlat yuridik universitetida intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha zamonaviy ta’lim dasturlari joriy etiladi. O‘quv jarayoniga Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur va Xitoy davlatlarining intellektual mulkni boshqarish sohasidagi yetakchi ekspertlari, shuningdek xorijiy va mahalliy patent vakillari keng jalb etiladi.

🔹Shu bilan birga, istiqbolli kadrlarni tayyorlash maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasi Adliya vazirligining takliflariga muvofiq, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida intellektual mulk obyektlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun har yili alohida kvotalar ajratib boradi.

Mazkur tashabbuslar natijasida 2027-yilgacha intellektual mulk obyektlarini samarali boshqarish, ularni tijoratlashtirish hamda innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladigan 200 nafar yuqori malakali mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥42
📣 E’LON!

❗️ “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi

📣 Adliya vazirligi tomonidan Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda “Qonunchilikdan amaliyotgacha: xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

🔹Anjumanda inson huquqlari, shu jumladan xotin-qizlar va bolalarning huquq hamda erkinliklari himoyasini yanada kuchaytirish borasida tegishli davlat organlari tomonidan qilingan ishlar, amalga oshirilayotgan qadamlar, mavjud muammolar va ularning rejali, ketma-ket chora-tadbirlar asosidagi yechimlari muhokama qilinadi hamda jurnalistlar va blogerlar uchun savol-javob imkoniyati yaratiladi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik vakillarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 24-dekabr, soat 15:00
📍 Joy: Milliy matbuot markazi (Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy)

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Avazbek Qurbonov: 34 yil fuqarolik pasportisiz yurishga majbur bo'ldim

Toshloq tumani adliya bo'limiga tumandagi "Arabmozor" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi 62 yoshli A.Qurbonov murojaat qilgan. Murojaatda keltirilishicha, 4 nafar farzandning otasi A.Qurbonov uzoq yillardan buyon pasportsiz yurgan va 34 yildan buyon O'zbekiston fuqaroligini ololmagan.

Toshloq tuman adliya bo'limi vakillarining aniqlashicha, haqiqatan ham A.Qurbonov shu paytgacha fuqarolikka ega bo'lmagan. Masʼul idoralarga bir necha marotaba qilgan murojaatiga esa rad javobini olgan.

Toshloq tuman adliya boʻlimi vakillari aralashuvi bilan sud tartibida A.Qurbonovning O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaganligi fakti belgilandi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5👏4🔥1
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi

❗️Joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlis davomida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

🔹Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

🔸Mazkur qonun loyihasi bilan:
▪️nodavlat sud ekspertlarining huquqiy maqomi belgilanmoqda;
▪️ilmiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi muassasa (tashkilot)larning oʻz faoliyat yoʻnalishi boʻyicha sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat berilmoqda;
▪️advokatning soʻroviga asosan hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida davlat va nodavlat sud ekspertlari tomonidan tadqiqotlar oʻtkazish va ekspertlik fikrini berish tartiblari belgilanmoqda;
▪️qonunchilik hujjatlarida ruxsat etilgan hollarda xorijiy davlatlarning sud-ekspertlik tuzilmalari hamda ularning sud ekspertlari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatishi mumkinligi kiritilmoqda va boshqalar.


❗️Majlisda qonun loyihasining qabul qilinishi sud ekspertlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga, ekspertiza xulosalarining ishonchliligini yanada oshirishga, pirovardida odil sudlovni ta’minlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍42
ADLIYA YANGILIKLARI
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi ❗️Joriy yilning 23-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi…
Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi Majlisda birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

🔹Ta’kidlash joizki, qonun loyihasining maqsadi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etish ishlarini yanada jadallashtirishga hamda Qonun ijrosini amaliyotda izchil va bir xilda ta'minlashga qaratilgan boʻlib, unda quyidagilarni amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda:
▪️yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini e’tirof etishda qat’iy belgilangan miqdorda bir martalik toʻlov undirish;
▪️oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi va unda qurilgan bino va inshootlar qurilishi taqiqlangan hududda joylashgan taqdirda, ushbu binolar va inshootlar joylashgan yer uchastkasining qurilishi taqiqlangan hududiga tushgan qismini chegirib tashlagan holda qolgan qismiga nisbatan huquqlarni e’tirof etish;
▪️soliq qarzdorligi bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan taqdirda, shu jumladan, belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda ham ushbu koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan mazkur Qonun talablariga muvofiq huquqlarni e’tirof etish;
▪️jarayonlarni yanada tezlashtirish maqsadida belgilangan muddatlarni 3 baravar qisqartirish;
▪️bir martalik toʻlov oʻz vaqtida, ya’ni 20 ish kuni ichida amalga oshirilgan taqdirda, avtomatik ravishda 50 foiz chegirma qoʻllash yoki ushbu muddatda toʻlov amalga oshirilmagan taqdirda esa toʻlovlarni 1 yildan 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish;
▪️binolar va inshootlar, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylar xususiylashtirilgani yoki xususiylashtirilmagani toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishga (biriktirishga) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini ham mas'ul etib belgilash;
▪️yer uchastkasi egallab olingan (egallangan) hamda binolar va inshootlar qurilgan davrning Qonunning 4 – 7 va 9-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligini aniqlashning texnik imkoniyati mavjud boʻlmaganda (ushbu davrga tegishli boʻlgan kosmik suratlar mavjud boʻlmaganda) axborot tizimiga ma’lumot ushbu moddalarda koʻrsatilgan muddatga eng yaqin boʻlgan oldingi va keyingi kosmik suratlar asosida kiritilishi (biriktirilishi)ni belgilash va boshqalar.


Muhokama natijalariga koʻra, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan konseptualdan jihatdan ma’qullandi.

❗️Qayd etish joizki, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning koʻchmas mulklariga nisbatan qisqa muddatlarda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishiga, fuqarolar oʻrtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bogʻliq nizolarga yechim topilishiga, aholining ijtimoiy masalalari – roʻyxatga qoʻyish, moddiy yordam olish, farzandlarini maktab va bogʻchaga navbatga qoʻyish) hamda bino va inshootlarini kommunal tarmoqlarga ulash boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍8🔥11
#Adliya_aralashgach
#Surxondaryo

Shartnomaga ko‘ra ishni bajarasiz-u, haq olmaysizmi? |Tadbirkor manfaati to‘liq himoya qilindi.

Sherobod hayoti gazetasi (keyingi o‘rinlarda "Da'vogar" deb yuritiladi) va Sherobod tumani yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda "Javobgar" deb yuritiladi) o‘rtasida mahsulot yetkazib berish shartnomasi tuzilgan.

Da'vogar tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan shartlar bajarilgan bo‘lsa-da, Javobgar tomonidan bajarilgan ish uchun haq bugungi kunga qadar to‘lanmagan.

Holat Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan batafsil o‘rganib chiqilib, Da'vogar manfaatini ko‘zlab Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi (keyingi o‘rinlarda "Sud" deb yuritiladi)ga jami 62 000 000 so‘m pul mablag‘larini undirish yuzasidan da'vo arizasi kiritildi.

Natijada, Sud tomonidan da'vo predmeti to‘liq qanoatlantirilib Da'vogar foydasiga jami 62 000 000 so‘m pul mablag‘ini undirish haqida Sudning Hal qiluv qarori chiqarilishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2👍2🔥1👏1