#intellektual_mulk
✅ “COCOMELON” multfilmi personajlaridan noqonuniy foydalanish cheklandi!
🔸Adliya organlari tomonidan mualliflik huquqini himoya qilishga qaratilgan ta’sir choralariga qaramasdan o‘zgalar asarlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari hamon uchramoqda.
🔹Adliya vazirligi tomonidan “Moonbug Entertainment Limited” (Buyuk Britaniya) kompaniyasining murojaatiga asosan “C.K.” MChJda mualliflik huquqlari buzilayotganligi yuzasidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.
🔸Tekshiruv davomida “C.K.” MChJga tegishli savdo do‘konlari va ijtimoiy tarmoqlarda “Cocomelon” multfilmi personajlaridan reklama maqsadlarida foydalanilayotganligi aniqlandi.
🔹Mazkur holat bo‘yicha “C.K.” MChJga nisbatan ta'sir chorasi qo'llanilib, savdo do‘konlari va internet tarmoqlaridan “Cocomelon” multfilmi personajlarini olib tashlash majburiyati yuklandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2
#Intellektual_mulk
Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazlarining IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi
🔹Bugun Adliya vazirligida “Intellektual mulk va innovatsiya — taraqqiyot va barqaror rivojlanish asosi” mavzusidagi Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining (TIQQM) IV Milliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🔹Anjumanda adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va TIQQMlar xodimlari, shuningdek, ilmiy ishlanma mualliflari ishtirok etdi.
🔹 Tadbirda pedagogik faoliyatda patent infosfera imkoniyatlari, innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish, yoshlar o‘rtasida intellektual mulkni targ‘ib etish, raqamli dizayn muhofazasi va sun’iy intellektning IP tizimidagi roli muhokama qilindi.
🔹 TIQQMlarning yil yakunlari bo‘yicha statistika va natijalar taqdim etildi, mavjud muammolar va istiqboldagi rejalar belgilandi.
Ma’lumot uchun: TIQQMlar hozirda dunyoning 93 davlatida 1 667 dan ortiq markaz sifatida faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda esa 50 ta markaz ishlamoqda.
🔹 Markazlar aholiga IP bo‘yicha maslahat berish, patent axborotidan foydalanishni o‘rgatish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish jarayonida ko‘maklashishda muhim bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔥4👍2❤1