ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.5K photos
2.69K videos
39 files
9.32K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Biz Mening adliyamnomli yangi video va qisqa suhbatlar turkumini boshlamoqdamiz. Unda adliya organlari va muassasalari xodimlari oʻz tajribalari haqida soʻzlab, kasbiy va shaxsiy oʻsish imkoniyatlari, shuningdek, vazirlik ishi qanday tashkil etilgani toʻgʻrisida maʼlumot berishadi.

Loyiha doirasida biz huquqiy tizimni mustahkamlashga har kuni hissa qoʻshayotgan mutaxassislar bilan suhbatlashamiz: ularni adliya sohasida ishlashga nima undaydi, oʻz ishlarida qanday qadriyatlarni koʻradilar va Adliya vazirligi ular uchun qanday istiqbollarni ochib beradi.

Mening adliyam” loyihasining birinchi sonida yosh xodimlar Adliya vazirligida ishlashni tanlashlarining sabablari, faoliyatlarida nimani qadrlaydilar va har kuni yangi choʻqqilarni zabt etishga ularni nima ruhlantirishi haqida (ba’zan yumordan foydalanib) soʻzlab berishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

2024-yildan 2025-yilga ADLIYA BILAN


2024-yil Adliya vazirligi xodimlari uchun qanday voqealar bilan yodda qoldi? Ular yangi yildan nimalarni kutmoqda? 2025-yil uchun qanday rejalar tuzishyapti?

Bularning barchasi haqida navbatdagi 👉 videoroligimizda so‘z yuritamiz.

P.S.: Davomi bor. Bizni kuzatib boring 😉

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

2024-yildan 2025-yilga ADLIYA BILAN


Adliya vazirligi xodimlari bilan blits-intervyularimizni davom ettiramiz. Bizni ikkita savol qiziqtirmoqda:
1️⃣Ular uchun 2024-yil kasbiy faoliyatida va hayotida nimasi bilan esda qolarli boʻldi?
2️⃣ 2025-yil uchun qanday rejalar tuzishmoqda?

Oldingi javoblar bilan 👉videolavhamiz orqali tanishib olishingiz mumkin.

P.S.: Bu hali hammasi emas. Davom etamiz. Bizni kuzatib boring 😉


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

2024-yildan 2025-yilga ADLIYA BILAN


Adliya vazirligi xodimlari bilan navbatdagi blits-intervyularini e’tiboringizga havola etamiz.

Ular 2024-yilda erishgan yutuqlari, ayniqsa kasbiy faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlari haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan ayrim rejalari bilan ham o‘rtoqlashdilar.

P.S.: Oldingi suhbatlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 1-video va 2-video.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Saf paytida uxlab qolishdan, qurol yig‘ishdagi rekordgacha – Adliyachilar harbiy xizmatni qanday eslashadi?


Adliya vazirligi barcha Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaydi! Shu munosabat bilan vazirlik markaziy apparati xodimlariga mikrofon tutdik. Ular armiyani nimalar bilan eslaydi, harbiy xizmatni o‘tagan xodimlar vazirlikda qanday ishlaydi?

Batafsil videoda tomosha qiling.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Jangchi, gʻavvos, musiqachi, adib, olim…

Zahiriddin Muhammad Boburning yana qanday fazilatlari boʻlgan? Adliya organlari xodimlaridan qiziqarli faktlar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam #Mehr_ulash

👍 Donor sifatida mehr ulashing va hayotlarni saqlab qoling!

Bugun Adliya vazirligida “Mehr ulashish” aksiyasi doirasida xodimlar qon topshirish orqali qon quyishga muhtoj kishilarga yordam berishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar. Axir qon — bu shunchaki biologik suyuqlik emas, balki hayot qutqarish imkoniyatidir!

Inson tanasida qancha miqdorda qon bor? Qonning barcha aʼzolarni aylanib chiqishi uchun qancha vaqt kerak boʻladi? Bir marta qon topshirish nechta insonning hayotini saqlab qolishi mumkin?

Aksiya ishtirokchilari mana shu va boshqa savollarga javob berdilar. Bu haqida batafsil 👉 navbatdagi videomizda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida uch avlod uchrashuvi

2025-yil 8-may kuni Adliya vazirligida "9-may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan "Faxriylar - doim e'zozda" nomli uch avlod uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda adliya tizimida uzoq yillar davomida fidokorona mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda samarali xizmat qilayotgan mutaxassislar hamda sohaga endigina qadam qo'ygan yosh huquqshunoslar ishtirok etdi.

Tadbir davomida faxriylar vazirlikda ishlagan davrlaridan boy xotiralarni yodga olishdi, o'zlarining hayotiy tajribalarini hikoya qilishdi.

Ustoz faxriylar "Adliya kutubxonasi", "Adolat ayvoni" hamda "Adliya tarixiy muzeyi" bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir yakunida faxriylarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar avlodlar o'rtasidagi uzviylikni ta'minlab, kasbga bo'lgan muhabbat va sadoqatni mustahkamlaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida yangi tashabbus!

Adliya vazirligida ilk bor “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” e’tirofi yo‘lga qo‘yildi!


Adliya vazirligi Axborot xizmati 1-toifali ish yurituvchi kotibi Po’latova Zarina Ro’zibay qizi joriy yilning aprel oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Zarina Po’latova vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2024-yilning aprel oyida Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan.

2024-yilning avgust oyidan boshlab Axborot xizmatining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Z. Po’latova vazirlikning rasmiy saytini zarur materiallar bilan ta’minlash, axborot materiallarini tayyorlash va tarqatish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish, Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash kabi sohalarda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Zarina Po’latovani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mehr_ulash
#Mening_adliyam

🔘Adliya vazirligi tashabbusi bilan "Mehr ulash" xayriya qon topshirish aksiyasi tashkil etildi.

Vazirlik tizimida doimiy tashkil etilib kelinadigan ushbu xayrli aksiyada nafaqat vazirlik markaziy apparati xodimlari, balki, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va adliya muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.


🔘O‘ylaymizki, topshirilgan donorlik qonlari turli kasalliklar yoki baxtsiz hodisalar tufayli qonga muhtoj bo‘lgan insonlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi


Adliya vazirligi Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shukurov Eldor Narzulla o’g’li joriy yilning may oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

Eldor Shukurov vazirlikdagi mehnat faoliyatini 2024-yilning oktabr oyidan boshlab Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasining 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida davom ettirmoqda.

E. Shukurov vazirlikning notariat va advokatura yo’nalishida xorijiy tajribani o’rgangan holda ma’lumotnomalar tayyorlab, “E-notarius.uz” va “E-advokat.uz” elektron axborot tizimlari yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarga tizimdan foydalanish bo’yicha yordam berib kemoqda. Shuningdek, aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishda samarali mehnat qilib kelmoqda.

Vazirlik jamoasi Eldor Shukurovni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi texnik xodimi e’tirof etildi

🔸Adliya vazirligi Prezidenti hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Turaev Ibrohim Botir o‘g‘li joriy yilning iyun oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔹Ibrohim Turaev Adliya vazirligida o‘z mehnat faoliyatini 2024-yilda boshlagan bo‘lib, qisqa muddat ichida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan e’tirofga sazovor bo‘ldi.

🔸U “Ijro.gov.uz” tizimida topshiriqlarni rasmiylashtirishda, normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tahlil qilishda, shuningdek, tizimni takomillashtirish va foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratishda faol ishtirok etgan.

🔹Turaev Ibrohim, shuningdek, Davlat rahbarining topshiriqlari ijrosini muvofiqlashtirish, ijro intizomini oshirish va tegishli choralarni belgilashda amaliy ko‘mak ko‘rsatib, xodimlarning malaka oshirish jarayonida faol ishtirok etgan.

🔸Vazirlik jamoasi Ibrohim Turaevni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

Adliya vazirligi Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi Shayusupova Shoxida Erkinovna joriy yilning iyul oyi uchun “Oyning eng yaxshi texnik xodimi” deb topildi.

🔷Shoxida Shayusupova Adliya vazirligida o'z mehnat faoliyatini 2022-yilda boshlab, bugungi kunga qadar EHM uchun dasturlar, Ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazish hamda Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro'yxatdan o'tkazish kabi murakkab va muhim texnik yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib bormoqda.

🔶Jumladan, shu kunga qadar 14349 ta EHM uchun dastur hamda 524 ta Ma’lumotlar bazasini ro'yxatdan o'tkazib, davlat reyestriga kiritdi. Shuningdek, intellektual mulkning rasmiy ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasini shakllantirishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

🔷Faoliyati davomida fidokorona mehnati, intizomi va tashabbuskorligi bilan, hujjatlarning sifati va o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlashda ham yuqori mas’uliyat va fidoyilik namunasini ko‘rsatmoqda.

🔶Vazirlik jamoasi Shoxida Erkinovnani ushbu e’tirof bilan tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida yanada yutuqlar, sog‘lik, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

❗️Davlat xizmatlari markazlari - fuqarolar nigohida

Davlat xizmatlari markazlari faoliyati haqida qanday fikrdasiz?

Mazkur savol doirasida DXMlarga tashrif buyurgan aholining fikrlari o‘rganilmoqda.

🔵Har bir tashrif buyuruvchiga e’tibor, hurmat va qulaylik — asosiy ustuvor vazifa.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_adliyam

❗️Davlat xizmatlari markazlari - fuqarolar nigohida.

Davlat xizmatlari markazlari faoliyati haqida qanday fikrdasiz?

Mazkur savol doirasida markazlarga tashrif buyurgan aholining fikrlari o‘rganilmoqda.

🔵Har bir tashrif buyuruvchiga e’tibor, hurmat va qulaylik — asosiy ustuvor vazifa.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
6👍1🔥1👏1