ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.74K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Ish beruvchining 44 million so‘mga tushgan xatosi

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sinxron suzish bo‘yicha o‘qituvchi trener vazifasida faoliyat olib boruvchi M.A.ning ishga tiklash masalasida yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida ish beruvchi tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning magistratura bosqichiga o‘qishga kirganligi vaji bilan Mehnat kodeksi 168-moddasi 1-qismi 5-bandiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va xodimni ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha Adliya boshqarmasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirilib, xodim ishga tiklandi. Unga ish beruvchidan jami 44 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari undirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

Quva tumanining “Toshhovuz” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi Havasxon onani hayot 73 yoshga kirganida yana bir bor sinovdan o‘tkazdi. Taqdir ota-onasidan erta yetim qolgan to‘rt nafar nabiralarini uning qaramog‘ida qoldirdi.

Voyaga yetganlarida hayotda qiynalishlaridan havotir olib Havasxon ona nabiralarini qonunan vasiylikka olishni ixtiyor qildi. Afsusuki, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ona murojaat qilganida nabiralarining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi oydinlashdi. Shuning uchun ham onaning murojaati hujjatlarda rad etilgan edi.

Batafsil videolavhada 👆

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👏2👍1🔥1