ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#ichki_turizm

🇺🇿 Adliya vazirligi jamoasi 15-16-noyabr kunlari Buxoro shahrida sayohatda bo'lishdi

Davalatimiz Rahbari tomonidan aholining tarixiy qadamjolarga tashrifini ko‘paytirish, obod maskanlar bilan yaqindan tanishtirish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹Ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF–87-son Farmoni bilan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida har oyning ikkinchi hafta shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.

🏛 Farmon ijrosini ta’minlash, xodimlarning ishchanlik kayfiyatini oshirish va jamoada sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash maqsadida Adliya vazirligi jamoasi Buxoro shahriga sayohat qildi.

📍 Dam olish kunida jamoa qadimgi Buxoroning tarixiy qadamjolari, me’moriy obidalari va shaharning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur sayohat xodimlar uchun nafaqat ma’naviy hordiq, balki jamoaviy birdamlik va do‘stona muhitni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍95🔥1
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan o’qituvchiga ish haqi to’lab berildi.


Namangan tumani adliya bo‘limi tomonidan Fuqaro M.A.ning tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 14.09.2023-yil kunidagi buyrug‘i bilan Z.Yga yakka tartibda dars o‘tgan bo‘lsa-da, ish haqi to‘lanmaganidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sun'iy_intellekt

Energetika sohasida kompensatsiya va moddiy yordam masalalari bo‘yicha 5 savolga 5 javob

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt suxandoni mazkur yo‘nalishda aholini qiziqtiruvchi muhim savollarga atroflicha va tushunarli tarzda javob beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1🔥1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Matbuot kotibi, devonxona mudiri, inspektor kabi lavozimlar davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritildi

🔹Adliya vazirligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati hamda lavozimlarining davlat reyestriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3705, 2025-yil 14-noyabr).

🔹Unga ko‘ra, Davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxatiga quyidagilar kiritilmoqda:
- Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi (21.08.2025 yildagi PF–142 Farmon bilan yangi tashkil qilingan);
- Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (22.09.2025 yildagi PF–174 Farmon bilan yangi tashkil qilingan);
- Kasbiy ta'lim agentligi (23.10.2025 yildagi PF–190 Farmon bilan yangi tashkil qilingan).

🔹Shu bilan birga, Respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri quyidagi lavozimlar bilan to‘ldirilmoqda:
- vazirlik va idoralarda 16 ta turli lavozimlar (axborot xizmati rahbari (matbuot kotibi), bosh inspektor, bosh maslahatchi, bosh yuriskonsult va boshqalar);
- hududiy bo‘linmalarda 14 ta turli lavozimlar (matbuot kotibi, devonxona mudiri, yetakchi maslahatchi, katta maslahatchi va boshqalar).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat xizmatlarida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha Kuzgi maktab bo'lib o'tmoqda.

🇪🇺🇺🇳 Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamkorligida, Adliya vazirligi ko‘magida 17–20-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda gender masalalari” mavzusidagi to‘rt kunlik Kuzgi maktab tashkil etilmoqda.

🔹 Tadbirda 14 ta pilot hududdan 30 dan ortiq Xotin-qizlar maslahat guruhi (WAG) ekspertlari va Davlat xizmatlari markazlari xodimlari, shuningdek, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev, Latviyaning O‘zbekistondagi elchisi janob G.Yaunzems hamda BMT TDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari janob A.Qarman ishtirok etishmoqda.

🔹 Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar:
— ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan samarali muloqot qilish,
— ziddiyatli vaziyatlarni yumshatish,
— psixologik birinchi yordam ko‘rsatish,
— gender asosidagi zo‘ravonlik holatlariga javob berish va yo‘naltirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.


🔹 Mashg‘ulotlar davomida raqamli davlat xizmatlari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha sessiyalar o‘tkazilib, qishloq joylardagi ayollarni my.gov.uz platformasidan samarali foydalanishga o‘rgatish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi va Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🎉1
#Bayrogim_faxrim

❗️Mangu hilpirayver - davlat bayrog'i

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 34-yilligiga bag'ishlangan "Ranglar jilosi" rasmlar tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovda viloyatning turli hududlaridan kelgan inklyuziv ta'lim olayotgan o'quvchilar ishtirok etdilar va davlat bayrog'iga bo'lgan munosabatlarini o'z rasmlarida aks ettirdilar.

Ishtirokchilarning ijod namunalari adliya xodimlari tomonidan xarid qilindi. Tadbir so'ngida tanlov ishtirokchilariga boshqarmaning diplom hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥2👏2