ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi ishchi guruhining Jizzax viloyatidagi xizmat safari Zarbdor tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvdan boshlandi.

🔸Tumanning yoshlar sanoat zonasida joylashgan "BIZNESPLAST" MCHJ hamda "Manit" suv ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarga yaratilgan qulay muhit, soliq tizimidagi so‘nggi islohotlar, davlat xizmatlaridagi yengilliklar haqida ma’lumot berildi. Ularning muammolari o'rganilib, savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

🔹Shu bilan birga, "Navoiy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan yaqindan tanishilib, huquqni qo'llash amaliyotini bir hilda olib borilayotganligi o'rganildi. Bu borada aniq tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi. Mahalla binosi bilan tutash bo'lgan sport maktabida yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda katta o'rin tutadigan maktabning bugungi faoliyati bo'yicha ma'lumotlar olinib, faoliyatni jonlantirish haqida kerakli tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
Brend soxta bo‘lsa, muammo haqiqiy bo‘ladi!

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z brendini targ‘ib qilish yoki mahsulotlarini savdoga taklif etish kundan-kunga rivojlanib bormoqda. Biroq, qaysidir brendning iste’molchilar orasida ommalashib borayotganidan foydalanib, tayyor mahsulotdan ruxsatsiz foydalanish holatlari ham ko‘plab uchramoqda.

Xususan, vazirlik tomonidan fuqaro D. Xolmatovaning “VitaZone” tovar belgisiga bo‘lgan huquqlari “G‘.B.”, “X.F.” hamda “Z.Sh.” YTTlar tomonidan buzilayotganligi to‘g‘risidagi murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida “G‘.B.”, “X.F.” va “Z.Sh.” YTTlar tomonidan “VitaZone” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “Vitazone”, “vitazone_uz”, “vitazoneuz” va “vitazone_bot” belgilaridan do‘kon peshlavhasida hamda ijtimoiy tarmoqlarda huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat bo‘yicha vazirlik tomonidan “G‘.B.”, “X.F.” hamda “Z.Sh.” YTTlarga nisbatan “VitaZone” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilarni do‘kon peshlavhasidan va ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlashni nazarda tutuvchi ta’sir chorasi qo‘llanildi.

⚠️Hurmatli tadbirkorlar! Oʻz brendingizni roʻyxatdan oʻtkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan, 18 nafar fuqaroga mol-mulk va yer solig’idan imtiyoz qoʻllanillishi ta'minlandi.

🔸Yangi Namangan tumani adliya boʻlimi tomonidan yer va mulk soligʻi boʻyicha soliq imtiyozi qoʻllanish holati oʻrganildi.

👉batafsil

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Notarial harakatlarni onlayn rasmiylashtirish qulayligidan foydalaning!

👨🏻‍💻Endilikda siz 14 turdagi notarial harakatlarni E-notarius.uz axborot portali orqali uyingizdan turib onlayn rasmiylashtirishingiz mumkin.

Jumladan: barcha turdagi ishonchnomalar;
▪️ rozilik arizalari (er-xotinning umumiy mulkni tasarruf etishi, xususiylashtirilgan mulkni tasarruf etish, voyaga yetmagan farzandni xorijga chiqishi, merosdan voz kechish
▪️ nikoh shartnomalari;
▪️ ijro xatlari;
▪️ imzoni shahodatlash kabi harakatlarni internet orqali istalgan joydan amalga oshira olasiz.

Ushbu qulayliklardan foydalanib qimmatli vaqingizni va naqdingizni tejang!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#qonunchilikdagi_yangiliklar

🎨 Ijodiy asarlar davlat buyurtmasi asosida yaratiladi

Adliya vazirligi “Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni (ro‘yxat raqami 3699, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📚 Endilikda “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Buyuk allomalar” va “Zamon qahramonlari” kabi turkum ijodiy asarlar davlat buyurtmasi asosida yaratiladi.

🔹 Har yili yanvar oyining 10-sanasiga qadar mavzular va yo‘nalishlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
🔹 Ijodkorlar o‘z loyiha takliflarini fevral oyining 5-sanasigacha taqdim etadi.
🔹 Tanlab olingan loyihalar asosida mualliflar bilan shartnomalar tuziladi.

🌐 Ochiqlikni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi veb-saytida barcha loyiha takliflari va ularni ko‘rib chiqish natijalari ochiq e’lon qilib boriladi.

🖼 Yaralgan asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondiga taqdim etiladi va ijodkorlarga mualliflik haqi to‘lanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

O’qituvchining murojaati ijobiy hal etildi.

Namangan viloyati, Mingbuloq tumani adliya boʻlimiga tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 3 nafar pedagog xodimlari 2025-2026-oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan har oylik ustam pullari belgilanmaganligi yuzasidan norozi boʻlib murojaat qildi.

Murojaatni oʻrganish davomida soha boʻyicha mutaxassislar jalb qilinib oʻrganish olib borildi va fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritildi.

Sud protsessi davomida maktab masʼul rahbar xodimlari va ishchi guruh aʼzolari oʻz kamchiliklarini tan olgach sudni kelishuv bilan yakunlab, uch nafar pedagog xodimga 30 foizgacha ustama tayinlanishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Samarqand_Mulk_huquqi_jarayon

🟥Joriy yil 12-noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq, yigirmanchi sessiyasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi jami 331 nafar fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

⤵️Jumladan:
▪️Bulung'ur tumanida 25 nafar;
▪️Ishtixon tumanida 1 nafar;
▪️Jomboy tumanida 35 nafar;
▪️Kattaqo'rg'on tumanida 15 nafar;
▪️Narpay tumanida 29 nafar;
▪️Nurobod tumanida 20 nafar;
▪️Oqdaryo tumani 16 nafar;
▪️Pastdarg'om tumanida 79 nafar;
▪️Paxtachi tumanida 25 nafar;
▪️Payariq tumanida 13 nafar;
▪️Qo'shrabot tumanida 31 nafar;
▪️Samarqand shahrida 27 nafar;
▪️Samarqand tumanida 13 nafar;
▪️Toyloq tumanida 1 nafar;
▪️Urgut tumanida 1 nafar fuqarolar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqiga ega bo'ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👍1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💊 Dori vositalarining farmakologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha klassifikatorlar tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirining “Dori vositalarining asosiy farmakologik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oluvchi klassifikatorlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ini (ro‘yxat raqami 3703, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

📄 Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF–137-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Klassifikatorlar quyidagi to‘rt yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

1️⃣ Dori shakllari bo‘yicha klassifikator
– Dori moddasining agregat holati (qattiq, suyuq, gazsimon va b.);
– Dori shakli (tabletka, eritma, kapsula, gel va b.);
– To‘liq texnologik shakli (masalan, milkka surtish uchun gel, dorivor shampun).

2️⃣ Anatomo-terapevtik va kimyoviy xususiyatlari bo‘yicha klassifikator
– Anatomik tizim (masalan, nerv tizimi);
– Terapevtik guruh (psixotrop vositalar);
– Farmakologik va kimyoviy guruh nomlari.

3️⃣ Dori vositalarini organizmga yuborish usullari bo‘yicha klassifikator
– Dori vositasini yuborishning 83 ta usuli (masalan: til ostiga, quloq orqali, bachadon ichiga).

4️⃣ Xalqaro patentlanmagan nomlar bo‘yicha klassifikator
– 9 mingdan ortiq dori moddalarining xalqaro miqyosda tan olingan haqiqiy nomlari (masalan: paratsetamol, ibuprofen, amoksitsillin).

🩺 Mazkur klassifikatorlar dori vositalarining yagona tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi, farmatsevtika sohasida aniqlik va tizimlilikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

💳Bank kartalari bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi

Adliya vazirligi bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishiga oid yangi tartiblarni belgilovchi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3294-3, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔺Ushbu hujjat bilan foydalanuvchi subyektlarga koʻra bank kartalarining turlari kengaytirildi. Xususan:
🔹Biznes bank kartasi – yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga o‘z hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish imkonini beradi.
🔹Ijtimoiy bank kartasi – ijtimoiy va boshqa to‘lovlardan tushgan mablag‘larni boshqarish uchun mo‘ljallangan.

🔹Shuningdek, oldindan emissiya qilinadigan shaxsiy bank kartalarini chiqarish va ularni mobil ilovalar orqali foydalanuvchini identifikatsiyalagan holda aktivlashtirish tartibi belgilandi.

Endilikda 14 – 18 yoshdagi voyaga yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil, 14 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar ota-onasidan biri yoki qonuniy vakilining yozma roziligi asosida tijorat banklarida bank kartasini ochishlari mumkin bo‘ladi.


🔹Bundan tashqari, mazkur hujjat bilan yuridik shaxslar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalari orqali to‘lash imkoniyati yaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Adliya_aralashgach
#Farg'ona_viloyati

❗️Ish beruvchining 44 million so‘mga tushgan xatosi

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasiga viloyat suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida sinxron suzish bo‘yicha o‘qituvchi trener vazifasida faoliyat olib boruvchi M.A.ning ishga tiklash masalasida yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqildi.

Murojaatni o‘rganish davomida ish beruvchi tomonidan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning magistratura bosqichiga o‘qishga kirganligi vaji bilan Mehnat kodeksi 168-moddasi 1-qismi 5-bandiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi aniqlandi.

Murojaatni o‘rganish yakuni bo‘yicha xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqni g‘ayriqonuniy deb topish va xodimni ishga tiklash, majburiy progul davri uchun ish haqi hamda yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha Adliya boshqarmasi tomonidan sudga da’vo arizasi kiritildi.

Mazkur da’vo arizasi sud tomonidan qanoatlantirilib, xodim ishga tiklandi. Unga ish beruvchidan jami 44 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari undirildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
#Adliya_aralashgach

Sobiq tibbiyot xodimiga kompensatsiya pullari toʻlab berildi

Surxondaryo viloyati, Denov tuman Sogʻliqni saqlash boʻlimida shifokor boʻlib ishlagan fuqaro A.R shtatlar qisqarishi munosabat bilan unga berilgan ikki oylik ogohlantirish xatini kompensatsiyaga almashtirmasdan ishdan boʻshatilganligidan norozi boʻlib, kompensatsiya toʻlovlarini olishda amaliy yordam berishni soʻrab tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.

Denov tuman adliya boʻlimi tomonidan holat chuqur tahlil qilinishi va joyiga chiqqan holda oʻrganilishi natijasida, haqiqatan, fuqaro A.R ga ishdan boʻshatish nafaqasi va toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa pullik kompensatsiyalar toʻlanmaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan, Denov tuman adliya boʻlimi tomonidan tegishli tashkilotga taqdimnoma taʼsir chorasi qoʻllanilib, fuqaro A.R ga 7 000 000 soʻmdan ortiq pul mablagʻlari toʻlanishiga erishildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍5🔥1👏1
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish bo‘yicha xizmatlar koʻrsatish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi rieltorlik tashkilotlari tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi “O‘zbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (4-son RXMS) “Ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarish”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni (ro‘yxat raqami 3701, 2025-yil 11-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

🔹Ushbu hujjatga ko‘ra, rieltorlik tashkilotlari ko‘chmas mulk obyektlarini mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda boshqarish, ijaraga berish, ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, daromad va xarajatlarni boshqarish kabi xizmatlarni professional asosda amalga oshiradi.

Standart bilan:
🔹ko‘chmas mulk obyektlarini ishonchli boshqarishning tashkiliy jihatlari;
🔹ishonchli boshqaruvchi va mulkdor o‘rtasidagi huquq - majburiyatlar;
🔹ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bo‘yicha talablar;
🔹boshqaruvning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash mezonlari belgilandi.


❗️Eng muhimi, ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish bo‘yicha barcha xizmatlar malaka sertifikatiga ega xodimlari mavjud rieltorlik tashkilotlari tomonidan qonunchilikka hamda Rieltorlarning professional xulq-atvori kodeksiga muvofiq taqdim etiladi.

🔹Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk bozorini barqaror rivojlantirish, mulkdorlar huquqlarini himoya qilish va rieltorlik xizmatlari sifatini oshirish uchun zamin yaratadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4