ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
“Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha vazirlik va idoralar o‘rtasida “OʻZARXIV” AGENTLIGI KUBOGI” oʻyini boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-96-son qarori ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasida Arxiv tizimi tashkil etilganligining 106 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual oʻyinlari oʻtkazildi.

Unda vazirlik va idoralardan iborat jami 40 dan ortiq jamoa “Oʻzarxiv” agentligi kubogi uchun bellashdilar. Adliya vazirligi ham munosib ishtirok etib, yakunda musobaqa g'olibligini qo'lga kiritishdi.

G'oliblarni Adliya vazirligi jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3🔥2👏2
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Mamlakatimizda san’at va madaniyat vakillarining mualliflik huquqlarini himoya qilish, sohada huquqbuzarliklarning oldini olish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasida davra suhbati tashkil etdi.

Tadbirda davlat organlari, madaniyat va san’at muassasalari vakillari hamda ijodkorlar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida mualliflik huquqlarini himoya qilish tizimidagi amaliy chora-tadbirlar, intellektual mulk obyektlarining noqonuniy tarqalishini aniqlash va oldini olish mexanizmlari, davlat va nodavlat tashkilotlar hamda ijodkorlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilar tomonidan sohaga oid berilgan savollarga amaliy misollar asosida javob berildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥41
#E'tirof

✍️Qashqadaryoda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlari e'tirof etilgan fuqarolar soni jami 3 063 taga yetdi.

Xususan:

🔂Chiroqchi tumanida 40 nafar
🔂Dehqonobod tumanida 84 nafar
🔂G'uzor tumanida 81nafar
🔂Kasbi tumanida 173 nafar
🔂Kitob tumanida 60 nafar
🔂Ko'kdala tumanida 26 nafar
🔂Koson tumanida 155 nafar
🔂Mirishkor tumanida 117 nafar
🔂Muborak tumanida 2 nafar
🔂Nishon tumanida 164 nafar
🔂Qamashi tumanida 176 nafar
🔂Qarshi shahrida 16 nafar
🔂Qarshi tumanida 108 nafar
🔂Shahrisabz shahrida 62 nafar
🔂Shahrisabz tumanida 190 nafar
🔂Yakkabog' tumanida 76 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e’tirof etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏32🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga xalqimiz orasida o‘zining betakror rollari va ijodi bilan chuqur hurmat qozongan aktrisa, "Shuhrat" medali sohibasi Dilnoza Kubayeva javob berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52👏1🎉1
#adliya_aralashgach

Xodimlarning 42 337 390 so‘mlik pulli kompensatsiya to‘lovlari undirib berildi


✔️ Buloqboshi tumani, "Do‘lana" MFYda yashovchi fuqaroning Buloqboshi tuman 11-sonli sanatoriy maktab-internatida ishlaganligini, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan bo‘lsa-da ish beruvchi tomonidan pulli kompensatsiya to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qiladi.

✔️ Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan murojaat oʻrganilganda, xodim T.Jalolova va boshqa xodimlarning shu kunga qadar ish haqi (yoki ogohlantirish muddatiga mutanosib pulli kompensatsiya) to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

✔️ O'rganishlar davomida, javobgar Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan fuqarolar T.Jalolova, X.Soxibova, X.Abduraxmonova, A.Mirzayeva, N.Sotvoldiyeva, N.Ablyazova, M.Qosimova, G.Abduraximova va B.Ashurovlarga to‘lanmay qolgan ish haqi (yoki ogohlantirish muddatiga mutanosib pulli kompensatsiya) to‘lovlarini toʻlab berish choralarini koʻrish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi.


✔️ Fuqarolarga Andijon viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan toʻlanmay qolgan 42 337 390 so‘mlik oylik ish haqi to‘lovlari toʻlab berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Adliya_sarhisob

Oltmishvoylar, yetmishvoylar, egizaklar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍4
#Adliya_sarhisob

Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍24🔥64🎉2👏1
"Targ‘ibot poyezdi" Surxondaryo viloyatida o'z faoliyatini davom ettirmoqda...

🔷Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida, maktablarda, "Huquq sinf"larida keng ko‘lamli huquqiy targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

📖 Targ‘ibot tadbirlari davomida talabalar va yosh mutaxassislar qonunchilikdagi imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar va grantlar mexanizmlari bilan yaqindan tanishtirildi.

📚Shuningdek, o‘quvchilar va talabalar huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan amaliy mashqlar hamda case-studylar orqali bilimlarini mustahkamladi.

Bundan tashqari Adliya vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining qo'shma qaroriga asosan "Huquqshunoslik" fan olimpiadasi tashkil etildi. Surxondaryo viloyatining 15 ta umumta'lim maktablarida 1000 nafardan ortiq o'quvchilar tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida ishtirok etishdi. TDYU o‘qituvchi va talabalari ushbu jarayonlarda ham nazoratchi sifatida ishtirok etdilar.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
4👍3
📣E’LON

“Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani, shuningdek jamoatchilik o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar va yaratilayotgan qulayliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

📅 Sana va vaqt: 2025-yil 30-oktabr, soat 15:00
📍 Joy: Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi (Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G)

Anjumanda:
🔹 Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar taqdim etiladi;
🔹 Tizimdagi ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi;
🔹 Jurnalistlar va blogerlar uchun ochiq muloqot va savol-javob imkoniyati yaratiladi.

Matbuot anjumani davomida ishtirokchilar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi xizmatlar, qulayliklar va xalqaro tajribani joriy etish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot olishadi.

📰 OAV vakillari, blogerlar hamda jamoatchilik a’zolarini ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.

📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 207-04-38 (1071)

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1