ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.4K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Davlat xizmatlarini qanday qilib aholi uchun yanada qulayroq qilamiz?

🔸Ta’sirchan hikoya tayyorlash, fuqarolar bilan muloqot qilish va innovatsion ma’lumot ulashish vositalaridan foydalanish bo‘yicha PR mutaxassislarining malakasini oshirish orqali bunga erishish mumkin.

🔹O‘zbekistonning turli hududlaridan 25 dan ortiq PR mutaxassislari Toshkent viloyatida uch kunlik “Davlat xizmatlarini ilg‘or axborot bilan yaqinlashtiramiz” mavzusidagi treningda yig‘ildilar.

💡 Ular birgalikda quyidagi mavzularni o‘zlashtirishdi:
🔹 Qisqa va ta’sirchan xabarlar yozish
🔹 Chiroyli vizuallar, reels va infografikalar yaratish
🔹 AI vositalaridan samarali foydalanish
🔹 OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish


Tadbir Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan hamda BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥54👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intellektual_mulk

Adliya organlari tomonidan “San'at va ijod himoyasi oyligi” davomida uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "O'zbekkonsert" davlat muassasasi hamkorligida san'at va ijod ahli, OAV va blogerlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk himoyasi va mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va boshlanayotgan oylik bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bildirilib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

❗️So'x tumanida sobiq AKT xodimiga 107 mln ustama pullari sud tartibida undirib berildi

Yirik eksklav hudud – So'x tumanida istiqomat qiluvchi A.Sharipov tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limida uzoq yillar AKT operatori lavozimida ishladi. Biroq A.Sharipov maʼlum bir muddat ishlagan oxirgi yillarida qonunchilikda belgilangan 100 foizli ustama pullarini ololmadi.

Sobiq AKT xodimining ustamalarini undirish yuzasidan sansalorlik va ovoragarchiliklari davom etayotgan bir paytda “Huquqiy mahalla” doirasida xonadoniga kelgan adliya vakiliga o'z murojaatini bayon qildi.

Qisqa muddatlarda ushbu masala tuman adliya boʻlimi ish yurituviga olinib xodimning buzilgan huquqlari tiklandi va 107 mln so'm ustama pullari sud tartibida undirib berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2👏1
“AKUSHERLIK SEPSISI BO‘LGAN AYOLLARDA POLIORGAN YETISHMOVCHILIGNI PROGNOZLASH VA OLDINI OLISH USULI” nomli ixtiro IAP 8233-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi va huquqiy muhofazaga olindi.

🔹Yaratilgan ixtiro tibbiyotga, xususan, akusherlik, klinik immunologiya va intensiv terapiyaga taalluqli bo‘lib, tug‘ruqdan keyingi onalar o‘limini kamaytirishga qaratilgan.

🔸Usul akusherlik sepsisi bo‘lgan ayollarda kasallikning birinchi kunida asoratlangan kechishini erta prognozlash va poliorgan yetishmovchiligining olish hamda immunologik va sitokin mezonlari asosida xavfni tabaqalashtirish, aniqlangan xavfni hisobga olgan holda immunoprofilaktika va immunokorreksiya sxemasini asosli taklif qilish, o‘tkazilgan terapiya samaradorligini miqdoriy baholashdan iboratdir.

🔹Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish, ya’ni patent olish sizning rivojlanishingiz uchun mutlaq huquqlarni himoya qilish uchun zarurdir. U ixtirongizni sizning ruxsatingizsiz boshqalar foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqini beradi, bu esa ixtirongizni nohalol raqobatdan himoya qilish va undan foydalanishdan potensial foyda olish imkonini beradi.

❗️Ixtironi ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼 Subsidiya olish tartibini mukammal o‘rganmoqchimisiz?

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti siz uchun amaliy ko‘nikmalarga boy qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil etadi!

Ushbu kursda siz:
Subsidiya tushunchasi va huquqiy asoslarini,
Qanday hollarda subsidiya ajratilishi mumkinligini,
Ariza berish va hujjatlar tayyorlash tartibini,
Elektron tizimlar orqali murojaat qilish bosqichlarini,
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini o‘rganasiz.

👩‍🏫 Darslar tajribali huquqshunos Aksungul Medetbaeva tomonidan o‘tkaziladi.

🎓 Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan sertifikat beriladi.


💰 To‘lov-kontrakt: 247.200 so‘m
📍 Joy: Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

🚀Subsidiya olish bo‘yicha barcha savollaringizga javob toping va o‘z loyihangizni amaliyotga tatbiq eting!

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
📢 "Red Bull"ning kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilganlardan tovon puli undirildi

Namangan viloyat iqtisodiy sudi tomonidan “Red Bull GmbH” (Avstriya) kompaniyasining da’vosi asosida “Red Bull” brendining kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilgan tadbirkorga nisbatan ish ko‘rildi.

⚖️ Sud qaroriga ko‘ra:

Huquqbuzarga “Red Bull” tovar belgisi bilan bir xil yoki adashtiradigan darajada o‘xshash mahsulotlarni O‘zbekiston hududida muomalaga kiritish taqiqlandi.

Kontrafakt mahsulotlar, qadoqlar va reklama materiallarini 10 kun ichida yo‘q qilish majburiyati yuklatildi.

💰 Shuningdek, sud qaroriga binoan javobgar hisobidan:

4 120 000 so‘m kompensatsiya,

4 944 000 so‘m davlat boji,

41 200 so‘m pochta xarajati,

103 000 so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

🚫 Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
__________________________________________________________________
#intellektualmulk #kontrafakt #RedBull #sudqarori #huquqihimoya
2👍2
#Samarqand
#Mulk_huquqi

Samarqandda yana 500 nafar fuqaroning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etildi

🔹Joriy yil 6-oktyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining o‘n sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan qarorga ko‘ra, viloyatning bir qator tuman va shaharlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning mulk huquqlari qonuniy tartibda e’tirof etildi.

🔹Jumladan:

▪️Bulung'ur tumanida 25 nafar;
▪️Ishtixon tumanida 11 nafar;
▪️Jomboy tumanida 92 nafar;
▪️Kattaqo'rg'on shahrida 7 nafar;
▪️Kattaqo'rg'on tumanida 54 nafar;
▪️Narpay tumanida 62 nafar;
▪️Nurobod tumanida 21 nafar;
▪️Oqdaryo tumani 25 nafar;
▪️Pastdarg'om tumanida 81 nafar;
▪️Paxtachi tumanida 56 nafar;
▪️Payariq tumanida 25 nafar;
▪️Qo'shrabot tumanida 12 nafar;
▪️Samarqand tumanida 20 nafar;
▪️Toyloq tumanida 8 nafar;
▪️Urgut tumanida 1 nafar jami 500 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqi e’tirof etildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Энди пулингиз ҳам вақтингиз ҳам тежалади

Аҳолига давлат хизмати кўрсатишда яратилаётган қулайликлар, соҳада рақамлаштиришдан нималар кутилмоқда? «Сайилгоҳ» подкастида навбатдаги мавзу одамлар учун тез, қулай ва осон Давлат хизматлари!

Тўлиқ видео 👉 https://youtu.be/NzhknglLU-g

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5
#Sanat_va_ijod_himoyasi_oyligi

Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi tashabbusi bilan ilk bor “Oktabr oyi — San’at va ijod himoyasi oyligi” deb e’lon qilingan edi. Bugun, 6-oktabr kuni mazkur oylik doirasida intellektual mulk sohasidagi mutaxassislar, ijodkorlar hamda jamoatchilik faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir “San’at va ijod himoyasi” oyligidagi targ'ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda oylikning asosiy maqsad va vazifalari, belgilangan tadbirlar rejasi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Ushbu tashabbus mualliflik huquqiga nisbatan hurmat hissini yuksaltirish, ijod ahli faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va sohaga oid huquqiy madaniyatni keng jamoatchilik orasida targ‘ib qilishga qaratilgan.

Vazirlik tomonidan oylik davomida oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida seminar-treninglar va mahorat darslari, shuningdek, yozuvchilar, bastakorlar, dizaynerlar va boshqa ijodiy kasb egalari bilan maxsus uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali mualliflik huquqini targ‘ib qiluvchi qisqa videoroliklar va savol-javob shaklidagi axborot materiallari keng jamoatchilikka tarqatib borilishi rejalashtirilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1