ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari (Anasxon Xamdamov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafakt

Bugunda savdo doʻkonlarida turli mahsulotlarning asli bilan birga uning sifatsiz nusxalarini ham koʻp bora uchratamiz. Baʼzida eʼtibor qilamiz, baʼzida esa yoʻq, koʻp hollarda esa ularning farqini bilmaymiz ham.

Mahsulotlar nomini diqqat bilan oʻqisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab oʻzgartirilganini koʻrish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
📢 "Red Bull"ning kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilganlardan tovon puli undirildi

Namangan viloyat iqtisodiy sudi tomonidan “Red Bull GmbH” (Avstriya) kompaniyasining da’vosi asosida “Red Bull” brendining kontrafakt nusxalarini realizatsiya qilgan tadbirkorga nisbatan ish ko‘rildi.

⚖️ Sud qaroriga ko‘ra:

Huquqbuzarga “Red Bull” tovar belgisi bilan bir xil yoki adashtiradigan darajada o‘xshash mahsulotlarni O‘zbekiston hududida muomalaga kiritish taqiqlandi.

Kontrafakt mahsulotlar, qadoqlar va reklama materiallarini 10 kun ichida yo‘q qilish majburiyati yuklatildi.

💰 Shuningdek, sud qaroriga binoan javobgar hisobidan:

4 120 000 so‘m kompensatsiya,

4 944 000 so‘m davlat boji,

41 200 so‘m pochta xarajati,

103 000 so‘m sud xarajatlari undirilishi belgilandi.

🚫 Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
__________________________________________________________________
#intellektualmulk #kontrafakt #RedBull #sudqarori #huquqihimoya
2👍2