ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.41K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

🏆 Andijon tumanida mini futbol bo‘yicha otaliqqa olingan yoshlar o'rtasida "Adliya kubogi" musobaqasi tashkil etildi

Andijon tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom bo‘lishlari, ular o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida otaliqqa olingan hududdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida mini futbol musobaqasi tashkil qilindi.

🎁 Bahs-munozaralarga boy bo‘lgan mazkur musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindor deb topilgan jamoalar adliya bo‘limining esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_yoshlar

📝Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga 156 nafar yoshlar biriktirilgan bo‘lib, adliya organlari tomonidan nomma-nom biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlab, doimiy muloqot qilib kelinmoqda.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
2025-yil 13-21-sentyabr kunlari Adliya organlari xodimlaridan iborat Institut tinglovchilari uchun Polsha Respublikasida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari (stajirovka) tashkil etilmoqda.

Stajirovkaga Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov boshchilik qilmoqda.

🔹 Dastur doirasida Polsha Politsiyasi sud ekspertizasi laboratoriyasida Institut tinglovchilari uchun tanishuv amaliyoti tashkil etildi. Unda xodimlar sud ekspertizasi jarayonlari, zamonaviy metodika va uskunalar, xalqaro tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

🌍 Mazkur amaliyot adliya tizimi xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.

minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan fuqaroga 13 milliondan ziyod daromad solig'i qaytarib berildi.


🔸 Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Z.N manfaatida fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudiga javobgar tuman soliq inspeksiyasiga nisbatan ortiqcha ushlab qolingan daromad solig'ini qaytarish yuzasidan da'vo arizasi kiritilgan.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 380-moddasiga ko‘ra, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlari bo‘yicha soliq solishdan ozod etilishi belgilangan.

🔸 Sudning hal qiluv qarori bilan fuqaroga 13 036 062 so'm miqdorda to'langan daromad solig'i qaytarilgan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_aralashgach
#Qashqadaryo_viloyati

ADLIYA ARALASHUVI BILAN XODIMLARNING PULLARI UNDIRIB BERILDI


Chiroqchi tuman adliya bo’limi tomonidan tumandagi 32-sonli maktabining sobiq direktori M.A va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Slarning foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlarini undirib berishda amaliy yordam berishni so'rab yo'llagan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatda xodimlarning 76 117 000 so‘m miqdorida foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari tuman MMTB tomonidan to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Adliya bo'limi tomonidan tuman MMTBga foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarini to'lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Natijada, fuqaro M.A va O.Slarning foydasiga 76 117 000 so‘m foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Vazir va yoshlar uchrashuvi o'tkazildi

🔸Ayni vaqtda, adliya vaziri A. Tashkulov Namangan viloyatida bo'lib turibdi. U xizmat safarining ilk kunidayoq Toshkent davlat yuridik unversiteti qoshidagi Namangan viloyat akademik litseyida bo'lib, 150 nafarga yaqin yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tadbirda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, huquqiy savodxonlikni oshirish, adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalari haqida atroflicha so‘z yuritdi.

🔹Uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim sifati, adolatli jamiyat qurishdagi huquqiy bilimlarning ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Yoshlarning huquqiy ongi va dunyoqarashini shakllantirish, ularni yuksak maqsadlar sari yetaklashda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidlandi.

🔸Eng asosiysi vazir yoshlarning ta'lim sifatini oshirishda sun'iy intelleketning o'rni, Akademik litseyda "Start-up" loyihasini joriy etish hamda huquqning eng sodda usulda yetkazishga xizmat qiladigan media-materiallar va litseyda media-markaz tashkil etish borasidagi takliflarini ma'qulladi.

🔹Muloqot yakunida vazir tomonidan yoshlarga aniq tavsiyalar berildi, xususan, nazariy bilimlarni mukammal o'rganish, badiiy va huquqiy adabiyotlarni muntazam o'qish, hamda vaqni to'g'ri sarflash borasidagi hayotiy ko'nikmalari shular jumlasidan.

Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM