ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabar

NAVOIYDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATLARI, TADBIRKORLARNING MUAMMO VA TAKLIFLARI O'RGANILDI

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rgangan holda huquqiy ko‘maklashish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalardan biri.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazildi.

Aytib o‘tish kerak, sanoat shahri deya e’tirof etiladigan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda 100 dan ortiq ishtirokchi tadbirkorlar tomonidan 150ga yaqin ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. “IHLAS ELEKTRIK” MCHJ ana shunday tadbirkorlik subyektlaridan biri hisoblanadi.

Ishchi guruh vakillari dastlab zavodning ishlab chiqarish quvvati, mahsulotlar turi va sifati bilan yaqindan tanishdilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat bugungi kunda “LED” yoritish lampalari, sanoatda keng qo‘llaniladigan elim quvurlar ishlab chiqaradi.Umumiy quvvati 55,3 milliard so‘m,eksport salohiyati esa 375 ming dollarga teng. Tashkilotda 104 ta ish o‘rinlari mavjud.

Muloqotlar davomida tadbirkorlik subyekti mas’ullari ishchi guruh vakillariga eksport salohiyatini oshirish va yirik ishlab chiqarish quvvatlari bilan shartnomaviy munosabatlar bo'yicha o'z takliflarini bildirdilar.

Shuningdek, Ishchi guruh vakillari "HAYAT POWER CABLE SYSTEMS" MCHJ faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi kunda tikilgan polietilendan kuchlangan kabel ishlab chiqarishni tashkil etib kelmoqda.

O'rganish davomida, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari o‘rganildi hamda mavjud masalalar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

Xabar berganimizdek, adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Konimex va Karmana tumanlari yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari bo‘ldi. Aytib o‘tish kerak, viloyatda joriy yilning shu davriga qadar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga 270 mingga yaqin hujjatlar kelib tushgan. Shundan 253 mingtasiga ijobiy xulosa berilgan bo‘lsa, 14 mingdan ortig‘i qayta ishlash uchun yuborilgan.

Ishchi guruh vakillari muloqot mobaynida tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga kelib tushgan hujjatlar soni, ko‘rib chiqilish muddati, tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar va bartaraf etish choralari bilan tanishdi. Qonunchilikka amal qilish va faoliyatni samarali tashkil etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirokida Navoiy viloyat hokimligida ijro intizomini samarali tashkil etish yuzasidan amaliy-seminar tashkil etildi. Tadbirda 40 dan ortiq viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining 100 nafarga yaqin ijro intizomiga mas’ul rahbarlari hamda xodimlari qatnashdi.

Tadbir davomida «Ijro.gov.uz» platformasi bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlashning muhim ekanligi alohida ta’kidlandi hamda sohaga oid taklif va mulohazalar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabar

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev ishtirokida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida davlat organlari va tashkilotlarining ijro nazorati uchun masʼul xodimlari ishtirokida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida oʻquv seminar o'tkazildi.

Tadbirda 40 dan ortiq viloyat darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas’ul rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida «Ijro.gov.uz» platformasi bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlashga va xodimlarning mas'uliyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishi, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezidentning Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, to‘laqonli va sifatli taʼminlash muhim ekanligi alohida ta’kidlandi hamda sohaga oid taklif va mulohazalar bildirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabar_beradi

Huquqiy axborotni biz orqali tez va oson qabul qiling!


Namangan viloyati
adliya boshqarmasi tomonidan yangi loyiha.

Endilikda, Siz qonunchilikdagi yangiliklarni, qonun, qaror va farmonlarning qisqacha sharhini, shuningdek, adliya sohasidagi soʻnggi oʻzgarish va yangiliklarni audio shaklda ham tinglash imkoniyatiga egasiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabar

Sud ekspertizasi sohasida Navoiy namunaviy viloyatga aylantiriladi

🔹Adliya vaziri X.Sulaymonova nomidagi respublika sud ekspertiza markazi Navoiy viloyat bo'limi faoliyati bilan tanishdi.

🔹Bugun kunda bo'limda sud qurilish texnikaviy ekspertizasi, xatshunoslik, sud avtotex, sud iqtisodiy va tovarshunoslik ekspertizasi amalga oshirilmoqda.

🔹Bo'limga joriy yilda sud ekspertizasini samarali amalga oshirish uchun qog'ozlardagi yozuv va belgilarni 25 martagacha kattalashtirish imkonini beradigan steriomikroskop, zamonaviy masofa o'lchagichlari, universal skanerlash qurilmasi,  qo'l yetib bormaydigan va ko'z bilan ko'rish imkoniyati bo'lmagan transport vositasining ehtiyot qismlarini ko'rish uchun mo'ljallangan endoskopiya va ko'p funksiyali laboratoriya jihozlari keltirildi.

🔹Shundan so'ng, Adliya viloyat vaziri notarial arxivi va FHDY arxivi faoliyati, arxiv saqlov hujjatlari uchun mo'ljallangan zamonaviy stellyajlar va mavjud sharoitlar bilan tanishdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM