ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.72K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Doktor Hans Yoaxim Shramm,
Vismar amaliy fanlar universiteti professori.

– Ayni paytda amaldagi o‘quv dasturlari talabalarni real muammolarni hal qilishga tayyorlashda yetarli darajada moslashmagan, ayniqsa, raqamlashtirish oqibatlarini hisobga olish borasida.

SIvositalaridan foydalanish huquqshunoslardan yangi ko‘nikmalarni talab etadi. SI o‘qituvchilar uchun talabalarga topshiriq berishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Topshiriqlarnisun’iy intellektga asoslangan chat bot – ChatGPTga matn kiritish orqali hal qilish ma’noga ega emas.
Bu jarayonda topshiriqlar murakkabligini oshirishyoki og‘zaki imtihonlarni qayta joriy etish bo‘lishi mumkin ehtimoliy yechimlaridan biri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Purvi Pokxariyal,
Hindiston Milliy sud tibbiyot universiteti Dehli kampusida Jinoyatshunoslik, sud tibbiyot va siyosat tadqiqotlari maktabi dekani:


Shiddatli texnologik rivojlanish metaolam, virtual reallik va kengaytirilgan reallik kabi texnologiyalarning ommalashuvini va bunda insonlarning raqamli ishtirokini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu “metajinoyat” deb ataluvchi yangi turdagi jinoyatlarni paydo qilmoqda.

Metajinoyat metaolam va boshqa interaktiv virtual muhitlarda sodir etiladigan jinoyatlardir. U odatiy kiberjinoyatlardan farqli ravishda, foydalanuvchining raqamli jismi (avatar) orqali amalga oshiriladi, koʻpincha real vaqtda va yuqori darajadagi interaktivlikka ega boʻlgan jinoyatlardir.

Metaolamdagi avatarlar orqali amalga oshiriladigan jismoniy tajovuzlar, onlayn muhitda bolalarni noqonuniy maqsadlarda foydalanish, raqamli aktivlarni noqonuniy yoʻllar bilan egallash kabilar metajinoyat turlariga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot