ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.44K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Manuchehr Kudratov
Regensburg universiteti professori


Industriya 4.0 — bu faqatgina texnologiyalarning rivoji emas, balki bilim va koʻnikmalarga boʻlgan yondashuvlarning ham qayta koʻrib chiqilishidir. Huquq sohasi ham bu jarayondan chetda qololmaydi. Shuning uchun Markaziy Osiyodagi huquqiy taʼlim tizimi zamonaviy global tendensiyalarga mos ravishda rivojlanishi shart.

Raqamli texnologiyalar sud ishlari, shartnomalar, elektron hukumat va huquqiy tahlil kabi sohalarda shiddat bilan joriy etilmoqda. Bu huquqshunoslardan nafaqat yuridik bilim, balki:
•sunʼiy intellektdan foydalanish koʻnikmalari,
•maʼlumotlar tahlili (data analysis),
•elektron hujjat aylanmasi bilan ishlash qobiliyatini talab qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_OAVda

🎞️
Oʻzbekiston 24 I Axborot 24

«Tashkent law spring» to‘rtinchi xalqaro yuridik forumi


Yesemurat Kanyazov - Institut direktori


minjusttraining.uz | Facebook | Instagram | Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

Doktor Hans Yoaxim Shramm,
Vismar amaliy fanlar universiteti professori.

– Ayni paytda amaldagi o‘quv dasturlari talabalarni real muammolarni hal qilishga tayyorlashda yetarli darajada moslashmagan, ayniqsa, raqamlashtirish oqibatlarini hisobga olish borasida.

SIvositalaridan foydalanish huquqshunoslardan yangi ko‘nikmalarni talab etadi. SI o‘qituvchilar uchun talabalarga topshiriq berishda alohida qiyinchiliklar tug‘diradi. Topshiriqlarnisun’iy intellektga asoslangan chat bot – ChatGPTga matn kiritish orqali hal qilish ma’noga ega emas.
Bu jarayonda topshiriqlar murakkabligini oshirishyoki og‘zaki imtihonlarni qayta joriy etish bo‘lishi mumkin ehtimoliy yechimlaridan biri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Янгиликлар

Сингапур Бош прокуратураси вакилларининг “Мадад” ННТга ташрифи


2025 йил 30 май куни Сингапур Бош прокурори Люсьен Вонг бошчилигидаги делегация “Мадад” нодавлат нотижорат ташкилотига расмий ташриф буюрди.


👉 Батафсил ўқинг: www.advice.uz

Расмий каналига обуна бўлинг!📌
Turkmaniston Adliya vaziri o‘rinbosari Sapa Jumayev boshchiligidagi delegatsiya “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va Shayxontoxur tuman Davlat xizmatlari markaziga rasmiy tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida delegatsiya a’zolari tashkilotlar faoliyati, huquqiy yordam va davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlari hamda fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar bilan tanishdi.

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif yakunlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Янгиликлар

Туркманистон Адлия вазирлиги делегациясининг “Мадад” ННТга ташрифи

2025 йил 29 май куни Туркманистон Адлия вазири ўринбосари Сапа Жумаев бошчилигидаги делегация “Мадад” нодавлат нотижорат ташкилотига расмий ташриф буюрди.


👉 Батафсил ўқинг:
www.advice.uz

Расмий каналига обуна бўлинг!📌
#Tashkent_Law_Spring_2025

Purvi Pokxariyal,
Hindiston Milliy sud tibbiyot universiteti Dehli kampusida Jinoyatshunoslik, sud tibbiyot va siyosat tadqiqotlari maktabi dekani:


Shiddatli texnologik rivojlanish metaolam, virtual reallik va kengaytirilgan reallik kabi texnologiyalarning ommalashuvini va bunda insonlarning raqamli ishtirokini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bu “metajinoyat” deb ataluvchi yangi turdagi jinoyatlarni paydo qilmoqda.

Metajinoyat metaolam va boshqa interaktiv virtual muhitlarda sodir etiladigan jinoyatlardir. U odatiy kiberjinoyatlardan farqli ravishda, foydalanuvchining raqamli jismi (avatar) orqali amalga oshiriladi, koʻpincha real vaqtda va yuqori darajadagi interaktivlikka ega boʻlgan jinoyatlardir.

Metaolamdagi avatarlar orqali amalga oshiriladigan jismoniy tajovuzlar, onlayn muhitda bolalarni noqonuniy maqsadlarda foydalanish, raqamli aktivlarni noqonuniy yoʻllar bilan egallash kabilar metajinoyat turlariga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot