#Tashkent_Law_Spring_2025
Mirjalol Allakuliyev,
Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i:
– Bugungi global beqarorlik, texnologiyalar shiddati va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi yangi chaqiriqlar sharoitida tartibga solish islohotlari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tartibga solish siyosatida an’anaviy “qattiq boshqaruv”dan byurokratiyadan xoli, shaffof va moslashuvchan “aqlli tartibga solish” tizimiga o‘tilib, biznes uchun 120 turdagi hujjat talablari hamda 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib — hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, uning konsepsiyasini baholash tartibi joriy etildi.
Tartibga solish ta’sirini baholash natijasida so‘nggi 3 yilda loyihalardan aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklovchi normalar chiqarib tashlanib, 700 mln AQSH dollariga yaqin xarajatning oldi olindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

Vyacheslav VITUSHKIN, Rossiya Federal sud ekspertizasi markazi direktori:
Sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh qilish maxsus bilim talab qiladi. Sun’iy intellekt deepfake’lar, soxta xabarlar, zararli dasturlar va xavfsizlik tizimlarini buzishda qo‘llanib, yangi jinoyatlarni keltirib chiqarmoqda. 2024-yilda Rossiyada 760 mingdan ortiq kiberjinoyat qayd etildi, zarar 200 milliard rublga yetdi.
Bu jinoyatlar murakkablashib, tergov va oldini olish uchun kompyuter-texnik, lingvistik va fonoskopik ekspertizalar zarur. SI yaratgan raqamli obyektlar sababli ekspertlar malakasini oshirish va yangi usullar, dasturiy majmualar ishlab chiqish talab qilinadi.

Baxitjan Baytilesov,
Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertiza markazi direktori:
Sud-ekspertiza sohasidagi yana bir muhim rivojlanish yo‘nalishi virtual autopsiyani joriy etishdir. Kompyuter tomografiyasiga asoslangan bu usul jarrohlik bilan jasadni ochmasdan sud-tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazish imkonini beradi. Bu marhumda mavjud bo‘lgan yuqumli kasalliklar bilan xodimlarning zararlanish xavfini yo‘qotadi va milliy hamda diniy urf-odatlar bilan bog‘liq etik ziddiyatlarni bartaraf etadi. Virtual autopsiya orqali to‘qima, a’zo va suyaklarni batafsil vizuallashtirish mumkin bo‘lib, ko‘plab shikastlanishlarni an’anaviy ochiqliksiz aniqlash imkoniyatini beradi.
Sud-ekspertiza faoliyatini raqamlashtirish shunchaki texnologik tendensiya emas, balki adolat, oshkoralik va sud tizimining samaradorligini ta’minlash yo‘lidagi zarur qadamdir.

🇺🇿🤝🌍 Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti vakili, davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewis bilan uchrashdi.
🔹 Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, Huquq ustuvorligi indeksidagi yutuqlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
📄 Forum doirasida Adliya vazirligi hamda WJP o‘rtasida hamkorlik uchun anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🗣 M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, Huquq ustuvorligi indeksida mamlakatimiz eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri ekanligini qayd etdi. Shuningdek, “Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tizimi” boshqa davlatlar uchun ham ilg‘or namuna sifatida ko‘rsatildi.
📌 Tomonlar huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirish yuzasidan kelishib oldilar.
🎯 Uchrashuv yakunida M. Lewis O‘zbekiston delegatsiyasini Varshavada bo‘lib o‘tadigan Jahon odil sudlov forumida ishtirok etishga taklif etdi.

David Asatyani,
Gruziya Advokatlar kollegiyasining raisi:
Gruziyada advokatura sohasiga raqamlashtirish kirib kelgani ish jarayonlarimizni tezlashtirdi. Bizda maxsus platforma ishlab chiqilgan. Uzoq hududlarda yashaydigan insonlarga ham tezkor, qulay xizmat ko‘rsatadi. Masofaviy transformatsiya bilan ishlash aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudlarga bormasdan, masofadan turib, elektron tizim orqali ishlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt xavflarini, ma’lumotlarni saqlash tizimlarini o‘rgandik va advokatlarning yangi muhitga moslashishi ustida alohida tadqiqot olib bordik.
Yuristlar uchun bu platformada malakasini oshirish imkoniyati yaratilgan. Bunday elektron platformalarni faqat advokatlar uchun emas, imkoniyati cheklanganlar foydalanishi uchun ham qulay shaklda tashkil qilganmiz.

Anar Ramiz oʻgʻli BAGHIROV,
Ozarbayjon Advokatlar kollegiyasining raisi:
2024-yildan boshlab, ish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida advokaturani raqamlashtirish tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. “e-Vekil” elektron ilovasidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu ilova orqali advokatlar qulay raqamli muhitda professional harakatlarni amalga oshirishi, yaʼni elektron shartnomalar tuzishi, jarayonlarni kuzatib borishi, taʼlim dasturlariga qoʻshilishi mumkin boʻldi.
Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar kollegiyasi tuzilmasida “Elektron advokatlik”, “Kiberxavfsizlik” qoʻmitalari tuzildi. Bu ixtisoslashtirilgan qoʻmitalarda amaliyotchi yuristlar, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali xodimlar, huquqshunoslar faoliyat yuritishadi. Ushbu qoʻmitalar joriy ekspertizani amalga oshiradi, qonun hujjatlarini, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.

Mark Hammerson,
Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP
xalqaro yuridik firmasi hamkori (London):
Huquq raqobat muhitida yaxshi ishlaydi. Bugungi kunda professional advokat bo‘lmaganlar ham qo‘shimcha daromad olish uchun yuridik xizmatlarni taklif qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirmaslik advokaturani boshqa kasblar bilan raqobat qilishga majbur qiladi.
Aslida yuridik xarajatlar yirik biznes vakillari va badavlat shaxslardan tashqari hamma uchun juda qimmat. Yuqori xarajatlar, qonunchilikning murakkabligi yuridik xizmatlar, xususan, advokat xizmatlaridan keng foydalanmaslikka olib keladi.
Biz SI inqilobining boshida turibmiz. SI allaqachon kichik huquqshunos darajasida ishlay oladi. Ammo kichik advokatning ishi kattalar tomonidan tekshirilganidek, sun’iy intellektning ishi ham inson tomonidan tekshirilishi kerak.

Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol
Ҳуқуқ оламидаги аёллар – улар қандай муваффақиятга эришганлар?
Ҳуқуқшунослик эркакча соҳа деган қараш бор. Лекин қатъиятли ва тартибли ҳуқуқ оламида аёллар ҳам катта муваффақиятлар қозонишади.
“Тошкент ҳуқуқ баҳори – 2025” халқаро юридик форуми доирасида машҳур ҳуқуқшунос аёллар билан бизнес-нонушта уюштирилди. Тадбир GIZ Uzbekistan қўллови остида ташкил қилинди.
Унда арбитраж афсонаси Керолин Лэмм (White & Case юридик фирмаси ҳамкори), Гарвардни битирган биринчи ўзбек қизи Диёра Зияева, Адлия вазирлиги бўлим бошлиғи Хурлиман Айтниязова, Chervets.Partners юридик фирма асосчиси ва TIAC арбитри Евгения Червец каби машҳур ҳуқуқшунос аёллар иштирок этишди.
Уларнинг ҳар бирида муваффақиятга олиб келган ўз тарихи, ҳикояси бор.
Рағбатлантирувчи руҳда ўтган тадбирда, масалан, мана бундай қизиқ саволлар берилди: “Ўзингизнинг 20 йил олдинги версиянгизга қандай маслаҳат берган бўлар эдингиз?”
Маслаҳатлар турлича бўлса ҳам, ҳамма бир гапни айтди: “Қийинчиликлар чиниқтиради. Нима бўлган тақдирда ҳам, синиб қолма, тик туриб олдинга интил”, дейишди.
Нонуштада турли мамлакатлардан келган ва юртимизда фаолият юритаётган 100 дан ортиқ ҳуқуқшунос аёллар иштирок этишди. “Мақсади мотивация бериш бўлган тадбир мақсадига етди: кўплаб бўлажак ҳуқуқ олами юлдузларига қанот бағишлади: шунча аёл кўзлари ёниб, қаддини янада тик тутиб ишига кетди.
Бу ҳали бошланиши!

Lazar Yelena,
Doimiy arbitraj sudining a’zosi (Ruminiya):
Sun’iy intellekt bugungi kunda nafaqat taraqqiyot vositasi, balki jinoyat quroli sifatida ham faol qo‘llanmoqda. Jinoyatchilar sun’iy intellekt yordamida an’anaviy jinoyatlarni, jumladan, fishing hujumlari, tovlamachilik va zararli dasturlarni amalga oshirmoqda.
Deepfake texnologiyasi jiddiy xavf omiliga aylandi. SI yordamida yaratilgan soxta audio va video materiallar firibgarlik, tovlamachilik va ijtimoiy manipulyasiyalar uchun ishlatilmoqda. Masalan, 2024- yilda Arup kompaniyasi 25 million dollarlik deepfake firibgarligiga uchradi. Shuningdek, ovoz klonlash orqali bank operatsiyalarida firibgarliklar qayd etilmoqda.
Bunday texnologiyalar ijtimoiy muhandislik hujumlarida ham keng qo‘llanmoqda. Chatbotlar uzoq muddatli, ishonchli suhbatlar orqali foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlarini bilib olishga urinadi.

🇺🇿🇰🇬 “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston Adliya vazirliklari vakillari o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi.
🔹 2025-yil 30-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Qirg‘iziston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari Kuban Kazakov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
📌 Uchrashuvda adliya va huquq sohasini raqamlashtirish, “LexAI” chat-boti va “E-Huquqshunos” platformasi imkoniyatlari, bepul yuridik yordam ko‘rsatish va intellektual mulkni xalqaro standartlar asosida himoya qilish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar taqdim etildi.
🗣 Qirg‘iziston tomoni esa inson huquqlarini ta’minlash, qonun ijodkorligi va huquqiy xizmatlar sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida axborot berdi.
🤝 Tomonlar adliya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va davlat xizmatlaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha tajriba almashinuvini davom ettirishga kelishib oldilar.
🟢 Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.