This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025
🇦🇪 🇺🇿 BAA bilan davlat boshqaruvida strategik hamkorlik
📅 29-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov BAA Hukumat ishlari vaziri va Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Mar’yam bint Ahmad Al-Xammadi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda:
🔹 BAAning davlat boshqaruvidagi ilg‘or tajribasi;
🔹 Qonunlar ijrosini KPI asosida baholash;
🔹 “Zero Bureaucracy” tashabbusi;
🔹 ADAA platformasi asosida “Ijro.gov.uz” tizimini rivojlantirish;
🔹 Davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
📌 2024-yilda O‘zbekiston Prezidentining PF–111-son Farmoni bilan qonunlar ijrosini monitoring qilish va baholash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Tomonlar kelgusida bu boradagi hamkorlikni, xususan, “Zero Bureaucracy” loyihasini O‘zbekistonda joriy etishni jadallashtirishga kelishib oldi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot

🇹🇷 🇺🇿 Turkiya va O‘zbekiston: huquqiy aloqalar mustahkamlanmoqda
📅 29-may kuni Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Xurshit Yildirim bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuvda:
🔹 Raqamlashtirish, sud ekspertizasi, yuridik ta’lim sohalarida hamkorlik;
🔹 1994-yildan boshlangan huquqiy aloqalarning uzluksiz rivoji;
🔹 So‘nggi 3 yilda 10 dan ortiq qo‘shma tadbirlar o‘tkazilgani ta’kidlandi.
📜 Hozirga qadar tomonlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda memorandumlar imzolangan:
– Adliya sohasida hamkorlik (2018-yil)
– Sud ekspertizasi (2022-yil)
– Yuridik kadrlar malakasini oshirish
🗣 Turk tomoni “Tashkent Law Spring” forumining yuqori saviyada tashkil etilganini alohida e’tirof etdi.

🤝 O‘zbekiston – Pokiston: adliya sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda
📅 29-may kuni Adliya vaziri Akbar Toshqulov Pokiston Islom Respublikasi Adliya vaziri Azam Nazeer Tarar boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda:
🔹 “Tashkent Law Spring” xalqaro forumidagi faol ishtirok;
🔹 Adliya tizimini raqamlashtirish;
🔹 Davlat xizmatlari;
🔹 Intellektual mulkni himoya qilish;
🔹 Yuridik yordam ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.
📌 Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillar uchun Hamkorlik dasturi imzolandi. Bu hujjat qonunchilik, kadrlar tayyorlash, xalqaro nizolar bo‘yicha hamkorlik, RIA tizimi va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
🗣 Pokiston tomoni O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va do‘stona aloqalarni mustahkamlashga tayyor ekanligini bildirdi.

⭕️ #jonli_efir
Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida "Sud ekspertizada yangi texnologik yechimlar" mavzusida sessiya bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolaga kiring:
▪️"Sud ekspertizada yangi texnologik yechimlar"

Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktori Akram Xalilov:
Bugungi kunda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida 51 turdagi sud ekspertizasini o‘tkazish belgilandi. Mazkur yangilik jismoniy va yuridik shaxslarga huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishda sud ekspertiza imkoniyatlaridan keng foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Fuqarolarimiz hamda sud-tergov organlarining sud ekspertiza xulosalariga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida keyingi 5 yilda 20 ta yangi ekspertiza turi amaliyotga joriy etildi. Sud-lingvistika, sud-kompyuter-texnika, sud-avtomobil yo‘llari, “Intellektual mulk sohasida sud iqtisodiy ekspertizasi” va boshqalar. Natijada Markazda amalga oshiriladigan sud ekspertiza turlari 44 tadan 64 taga oshgan bo‘lsa, mutaxassislik yo‘nalishlari 106 taga yetdi.

Mirjalol Allakuliyev,
Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i:
– Bugungi global beqarorlik, texnologiyalar shiddati va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi yangi chaqiriqlar sharoitida tartibga solish islohotlari har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Tartibga solish siyosatida an’anaviy “qattiq boshqaruv”dan byurokratiyadan xoli, shaffof va moslashuvchan “aqlli tartibga solish” tizimiga o‘tilib, biznes uchun 120 turdagi hujjat talablari hamda 160 dan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib — hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, uning konsepsiyasini baholash tartibi joriy etildi.
Tartibga solish ta’sirini baholash natijasida so‘nggi 3 yilda loyihalardan aholi va tadbirkorlarga majburiyat yuklovchi normalar chiqarib tashlanib, 700 mln AQSH dollariga yaqin xarajatning oldi olindi.

Vyacheslav VITUSHKIN, Rossiya Federal sud ekspertizasi markazi direktori:
Sun’iy intellekt yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarni fosh qilish maxsus bilim talab qiladi. Sun’iy intellekt deepfake’lar, soxta xabarlar, zararli dasturlar va xavfsizlik tizimlarini buzishda qo‘llanib, yangi jinoyatlarni keltirib chiqarmoqda. 2024-yilda Rossiyada 760 mingdan ortiq kiberjinoyat qayd etildi, zarar 200 milliard rublga yetdi.
Bu jinoyatlar murakkablashib, tergov va oldini olish uchun kompyuter-texnik, lingvistik va fonoskopik ekspertizalar zarur. SI yaratgan raqamli obyektlar sababli ekspertlar malakasini oshirish va yangi usullar, dasturiy majmualar ishlab chiqish talab qilinadi.

Baxitjan Baytilesov,
Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertiza markazi direktori:
Sud-ekspertiza sohasidagi yana bir muhim rivojlanish yo‘nalishi virtual autopsiyani joriy etishdir. Kompyuter tomografiyasiga asoslangan bu usul jarrohlik bilan jasadni ochmasdan sud-tibbiy tadqiqotlarni o‘tkazish imkonini beradi. Bu marhumda mavjud bo‘lgan yuqumli kasalliklar bilan xodimlarning zararlanish xavfini yo‘qotadi va milliy hamda diniy urf-odatlar bilan bog‘liq etik ziddiyatlarni bartaraf etadi. Virtual autopsiya orqali to‘qima, a’zo va suyaklarni batafsil vizuallashtirish mumkin bo‘lib, ko‘plab shikastlanishlarni an’anaviy ochiqliksiz aniqlash imkoniyatini beradi.
Sud-ekspertiza faoliyatini raqamlashtirish shunchaki texnologik tendensiya emas, balki adolat, oshkoralik va sud tizimining samaradorligini ta’minlash yo‘lidagi zarur qadamdir.

🇺🇿🤝🌍 Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti vakili, davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewis bilan uchrashdi.
🔹 Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, Huquq ustuvorligi indeksidagi yutuqlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
📄 Forum doirasida Adliya vazirligi hamda WJP o‘rtasida hamkorlik uchun anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🗣 M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, Huquq ustuvorligi indeksida mamlakatimiz eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri ekanligini qayd etdi. Shuningdek, “Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tizimi” boshqa davlatlar uchun ham ilg‘or namuna sifatida ko‘rsatildi.
📌 Tomonlar huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirish yuzasidan kelishib oldilar.
🎯 Uchrashuv yakunida M. Lewis O‘zbekiston delegatsiyasini Varshavada bo‘lib o‘tadigan Jahon odil sudlov forumida ishtirok etishga taklif etdi.

David Asatyani,
Gruziya Advokatlar kollegiyasining raisi:
Gruziyada advokatura sohasiga raqamlashtirish kirib kelgani ish jarayonlarimizni tezlashtirdi. Bizda maxsus platforma ishlab chiqilgan. Uzoq hududlarda yashaydigan insonlarga ham tezkor, qulay xizmat ko‘rsatadi. Masofaviy transformatsiya bilan ishlash aholiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudlarga bormasdan, masofadan turib, elektron tizim orqali ishlash imkonini berdi.
Sun’iy intellekt xavflarini, ma’lumotlarni saqlash tizimlarini o‘rgandik va advokatlarning yangi muhitga moslashishi ustida alohida tadqiqot olib bordik.
Yuristlar uchun bu platformada malakasini oshirish imkoniyati yaratilgan. Bunday elektron platformalarni faqat advokatlar uchun emas, imkoniyati cheklanganlar foydalanishi uchun ham qulay shaklda tashkil qilganmiz.

Anar Ramiz oʻgʻli BAGHIROV,
Ozarbayjon Advokatlar kollegiyasining raisi:
2024-yildan boshlab, ish jarayonlarini yanada soddalashtirish maqsadida advokaturani raqamlashtirish tizimi ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. “e-Vekil” elektron ilovasidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu ilova orqali advokatlar qulay raqamli muhitda professional harakatlarni amalga oshirishi, yaʼni elektron shartnomalar tuzishi, jarayonlarni kuzatib borishi, taʼlim dasturlariga qoʻshilishi mumkin boʻldi.
Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar kollegiyasi tuzilmasida “Elektron advokatlik”, “Kiberxavfsizlik” qoʻmitalari tuzildi. Bu ixtisoslashtirilgan qoʻmitalarda amaliyotchi yuristlar, axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali xodimlar, huquqshunoslar faoliyat yuritishadi. Ushbu qoʻmitalar joriy ekspertizani amalga oshiradi, qonun hujjatlarini, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi.

Mark Hammerson,
Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP
xalqaro yuridik firmasi hamkori (London):
Huquq raqobat muhitida yaxshi ishlaydi. Bugungi kunda professional advokat bo‘lmaganlar ham qo‘shimcha daromad olish uchun yuridik xizmatlarni taklif qilmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirmaslik advokaturani boshqa kasblar bilan raqobat qilishga majbur qiladi.
Aslida yuridik xarajatlar yirik biznes vakillari va badavlat shaxslardan tashqari hamma uchun juda qimmat. Yuqori xarajatlar, qonunchilikning murakkabligi yuridik xizmatlar, xususan, advokat xizmatlaridan keng foydalanmaslikka olib keladi.
Biz SI inqilobining boshida turibmiz. SI allaqachon kichik huquqshunos darajasida ishlay oladi. Ammo kichik advokatning ishi kattalar tomonidan tekshirilganidek, sun’iy intellektning ishi ham inson tomonidan tekshirilishi kerak.