ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.7K photos
2.73K videos
39 files
9.45K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Legal Tech 2025: huquqiy jarayonlarning avtomatizatsiyasi” mavzusida sessiya boshlandi

Sessiyada huquqiy texnologiyalar muhokama qilinadi. Unda nufuzli xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Mircha Sanu,
Moldova Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi direktori:

“АI inson markazida bo‘lishi lozim”


Men jahon miqyosida ko‘plab forumlarda ishtirok etganman, ammo O‘zbekistondagi bu forumda birinchi ishtirokim.

Mening asosiy taassurotim – O‘zbekiston, Moldova kabi davlatlar tadbir davomida mintaqada raqamli transformatsiya va sunʼiy intellekt sohasida eng izchil rivojlanayotgan mamlakatlar sifatida tilga olindi.

Garchi rivojlangan mamlakatlardan farqli ravishda boshlang‘ich imkoniyatlarimiz boshqacha bo‘lgan bo‘lsa-da, hozir juda tez surʼatda rivojlanayapmiz. Hatto aytishim mumkinki, ayrim Yevropa davlatlari ham biz va siz erishgan yutuqlardan havas qilishlari mumkin.

Maʼruzamning mavzusi – Moldova qanday qilib raqamli sohada Yevropa integratsiyasiga harakat qilmoqda. Аyni shu borada chiqish qilaman.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025
⭕️ #jonli_efir

Ayni daqiqalarda “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi doirasida turli mavzularda sessiyalar bo‘lib o‘tmoqda.


Jarayonni jonli efirda kuzatish uchun quyidagi havolalarga bosing:

▪️Sun’iy intellekt yoki inson: Arbitrajda kim yutadi?
▪️
Raqamli notariat. Keyingi qadam qanday bo‘ladi?
▪️
Legal Tech 2025: huquqiy jarayonlarning avtomatizatsiyasi
▪️
Raqamli davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari transformatsiyasi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Rustem Bigari
Qozog‘iston Respublikasi Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligi huzuridagi Raqamli hukumatni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori


Qozog‘istonda davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi


Davlat xizmatlari inson ehtiyojlari markaziga qo‘yilib, ular hayotiy vaziyatlarga mos ravishda avtomatlashtirilmoqda. Masalan, biznes ochish, kredit olish yoki bolani ro‘yxatga olish kabi jarayonlar endilikda bir tugma orqali, qog‘ozsiz va tezkor tarzda amalga oshirilmoqda.

Metrologiyadan tortib, kreditlashgacha bo‘lgan barcha yo‘nalishlarda biz SI’ni joriy etyapmiz. Masalan, “SI Qyzmet” va “Qazaq Law” kabi SI-agentlar yuridik maslahatlar, hujjatlar tahlili va normativ hujjatlar ishlab chiqishda yordam bermoqda. Bu tizimlar nafaqat samaradorlikni oshiryapti, balki yashirin iqtisodiyotni kamaytirish va korrupsiyani oldini olishga xizmat qilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Andrea Pinna
“Pinna Goldberg” advokatlik firmasining asoschilaridan biri
:

Baribir ishonchli emas

Men bu taqdimotda 60 sekund ichida Sunʼiy intellekt tayyorlab bergan maʼruzani ishlatmayman. Sababi, u tabiiy, hayotiy emas.

Muvaffaqiyatning asosi nimada? Oddiy Sunʼiy intellekt bizga maʼlumotlarga asoslanib, hisoblab berishi mumkin. Masalan, menga yonimdagi jonli inson bilan gaplashganim afzal. Siz bironta vaj keltirmoqchi bo‘lsangiz, bir necha soniyada uni topaolasiz. Lekin u hayotiy fikrlay olmaydi.

Аgar Sunʼiy intellektga savol bersangiz, o‘zingizning himoya ostingizdagi mijozni keng qamrovli himoya qila olmaysiz. Har bitta advokatda o‘ziga xos, professional malaka bo‘lishi kerak. Nozik masalalarni ham yoritishda, tekshirishda sizga yordam bera oladi. Lekin u asosli, deb tekshirib bergan narsa baribir ishonchli emas. Аdvokatda malaka, bilim bo‘lmasa, u qanday tekshira oladi?

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumidan lavhalar

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Raymundas Kalesnikas,
Turiba universitetitining huquq fakulteti professori
:

Bu forumda ilk marta qatnashayapman

Forum juda yoqdi, chunki undan oldin kun tartibi va mavzular bilan tanishdim va ular menga yangicha, dolzarb tuyuldi. Bugun huquqiy muammolar, huquqiy intellekt va texnologiyalar haqida suhbatlashyapmiz.

Mening maʼruzam esa ertaga plenar sessiyalardan birida bo‘lib o‘tadi. Uning mavzusi – huquqiy taʼlimni, ayniqsa, professional huquqiy taʼlimni, texnologiyalar va sunʼiy intellekt orqali qanday yaxshilash mumkinligi haqida bo‘ladi.

Kelajak uchun bir taklif sifatida men shunday fikr bildirgan bo‘lardim: huquq sohasidagi yosh mutaxassislarni forumga ko‘proq taklif qilish kerak. Ular o‘z amaliyoti, qanday strategik rivojlanishga erishishgani haqida tajriba almashishlari kerak. Bu esa real holatlarda huquqiy yechimlarni qanday amalga oshirish mumkinligini amaliyotda koʼrish uchun juda yaxshi imkoniyat boʼladi, deb oʼylayman.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Viktor Urban
Vengriya Adliya vazirligida raqamlashtirish bo‘yicha ekspert


Vengriyada elektron sudlovning maqsadlari va chora-tadbirlari

Biz Vengriyada adliya sohasini raqamli transformatsiya qilishni ustuvor yo‘nalish deb bilamiz. Maqsadimiz – inson markazida bo‘lgan, samarali va ishonchli SI ekotizimini yaratish.

Bugun Vengriya Adliya vazirligi JSZENY yuridik shaxslar reyestri, VIKI videokonferensiya tizimi, BITONY sud eshittiruvlarining onlayn ochiqligi loyihasi va AI asosidagi rasmiy nashrlar kabi bir qator ilg‘or loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu islohotlar orqali biz fuqarolarga yanada shaffof, arzon, tez va masofadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan adliya xizmatlarini taqdim etmoqdamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Charlz Kleypul
Latham&Watkins hamkori

Investor va davlat o‘rtasidagi arbitrajda SI va maxfiylik masalalari


Baʼzan hujjatlarni Sunʼiy intellektga kiritganimizda maxfiylik masalasi ko‘ndalang keladi. Sudda esa maxfiylik juda muhim. Аgar tomonlar rozilik bermasa, maʼlumotlarni ochiqlab bo‘lmaydi.

Аrbitraj faoliyatini olib borishda tomonlarning roziligi birinchi navbatda turadi. Аyrim tartiblar ham borki, baʼzi arbitrajlarda shaffoflik va maxfiylik tartibi ko‘zga tashlanadi. Sud eshituvida ochiqlik masalasini tomonlar hal qiladi. Sunʼiy intellektdan foydalanganda ehtiyotkorlik shart.

Sunʼiy intellektni ishlatishni advokat yaxshi o‘zlashtirgan boʼlishi kerak. Baʼzi bir hujjatlar Sunʼiy intellektga kiritilsa, bu tomonlar ishtirokida oldindan ochiqlanishi zarur.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

Keyt B. Karter,
professor, “KDA Capabilities kompaniyasi” hamkori va
JustAskProf.com asoschisi:

Sunʼiy intellektdan qo‘rqmasligimiz kerak. Biz uni yordamchi sifatida qabul qilishimiz, undan to‘g‘ri foydalanishimiz kerak.

O‘zbekistonliklarni tabriklayman. “Tashkent Law Spring” tadbiri meni juda hayratda qoldirdi. Bu forum dunyo bo‘ylab turli sohalardagi isteʼdodlarni bir joyga to‘pladi va sunʼiy intellekt bilan huquq sohasining qay tarzda uyg‘unlashishi kerakligi haqida eng dolzarb fikrlar bildirildi.

Аyni paytda SI va huquq sohalari birgalikda rivojlanishi juda muhim. Chunki huquqiy tizim aholining eng kam taʼminlangan qatlami va eng kichik bizneslariga ham adolatli va barobar xizmat ko‘rsata oladi. Men ishonamanki, agar SI yuristlar, sudyalar va advokatlar uchun yordamchi sifatida ishlatilsa, adolat va barqarorlikni yanada yuqori darajada taʼminlash mumkin bo‘ladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Tashkent_Law_Spring_2025

Akbar Musayev,
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi direktori:

Huquq va texnologiya chorrahasida yangi davr


Lex.uz mamlakatimizda huquqni raqamlashtirishning asosiy markazi hisoblanadi. Ushbu elektron platformada 50 mingdan ortiq huquqiy hujjat jamlangan bo‘lib, u rasmiy manba sifatida xizmat qiladi.

O‘zbek, rus va ingliz tillarida ishlaydigan bu baza har oy 1 milliondan ziyod foydalanuvchi tomonidan ishlatilib, 8 milliondan ortiq hujjat ko‘rilmoqda. Lex.uz nafaqat bugunning ehtiyojlarini qondiradi, balki kelajakdagi loyihalar uchun muhim imkoniyatlar ochadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
#Tashkent_Law_Spring_2025

Byung Chun SO
Adjou universiteti huquq fakulteti huquq professori

Legal Tech imkoniyatlari va vazifalari


Huquqiy texnologiyalar biznesdagi shartnomalarni tahlil qilishni soddalashtiradi. Sun’iy intellekt model shartnomalarni tekshirishda yordam beradi. Janubiy Koreyada 2016-yilda joriy etilgan irts.molit.go.kr shartnomalarni raqamlashtirishda muvaffaqiyatli qadam bo‘lgandi.

Shartnoma tahlili uchun maxsus ma’lumotlar bazasi kerak. Bu tizimlar shartnomalarni xavfsiz va tez boshqaradi. Ammo SIga ortiqcha qaramlik huquqshunoslarning ko‘nikmalarini pasaytirishi mumkin. “Tashkent Law Spring” forumi xalqaro tajribalarni O‘zbekistonga moslashtirish uchun muhim imkoniyatdir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tashkent_Law_Spring_2025

🇶🇦 🇺🇿 Qatar va O‘zbekiston: adliya sohasida raqamli kelajak sari

📅 29-may kuni “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qatar Adliya vaziri Ibrohim bin Ali bin Issa Al Hassan Al Mohannadi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda:
🔹 O‘zbekistonda qonunchilik, huquqiy xizmatlar va intellektual mulkni himoya qilish yo‘nalishlaridagi islohotlar;
🔹 Sun’iy intellekt asosidagi raqamli adliya tizimi;
🔹 Qatar Adliya vazirligining advokatura, notariat, ko‘chmas mulk va yuridik xizmatlar borasidagi tajribasi muhokama qilindi.

📌 Qatar tomoni O‘zbekistondagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tajribasiga katta qiziqish bildirdi.
🤝 Uchrashuv yakunida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida sun’iy intellekt va boshqa sohalarda tajriba almashishni kuchaytirishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot