ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_sarhisob

"Asko"dan "fly dubai"gacha

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

"Snickers", "Boss", Botir Qodirov

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Qaysi tashkilot bilan ish bitishi qiyin?

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avval xabar berganimizdek, hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimi oʻrganilmoqda.

Adliya vaziri topshirigʻiga asosan, Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan hududlarda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan notarial arxivlarda arxiv ishini tashkil etilganligi holati hamda tuman (shahar)lardagi ayrim notariuslar faoliyati yuzasidan monitoring oʻtkazilmoqda.

Respublikamiz hududlari boʻylab ishchi guruh tomonidan “Yuridik yordam” axborot tizimini yoʻlga qoʻyish holati, bu borada adliya boʻlimlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikdagi faoliyati oʻrganilmoqda.

Xususan, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari adliya boshqarmalarida surishtiruv va tergov organlari xodimlari, sudyalar va advokatlar, shuningdek tuman adliya boʻlimlari masʼullari ishtirokida jismoniy shaxslarni himoya huquqini taʼminlashda “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali davlat hisobidan advokatni jalb etish tartibi boʻyicha amaliy seminarlar tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar boshqa hududlarda ham davom etadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_sarhisob

Advokatlik jozibadorligi oshmoqda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan navbatdagi tovar belgilari bilan tanishing.

Brend
- kompaniya nufuzi, mahsuloti haqida ma'lumot berib, iste'molchi e'tiborini jalb qiladi. Ayniqsa tovar nomi jarangdor bo'lsa yanada yaxshi, chunki Sizning mahsulotingiz boshqalarnikidan ajralib turadi.

🔹Yuqoridagi rasmda "Mavera", "Mustafo", "Notebookoff" kabi tovar belgilarini ko'rishingiz mumkin.

Ⓜ️ Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish brendni himoya qilish va biznesni rivojlantirish uchun muhim omildir.

🧐 Unutmang tovar belgisi BIRINCHI BO'LIB HUJJAT TOPSHIRGAN shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.

📘"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

🌐Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
📣Bolalar sevib iste’mol qiladigan ko‘zcha shaklidagi saqichni kontrafakti aniqlandi

👁‍🗨Adliya vazirligi tomonidan murojaat asosida olib borilgan o‘rganish natijasida “Relax Tex” MChJning tovar belgilariga (ko‘z tasvirli) tasviriy hamda grafik jihatdan iste’molchini adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan huquq egasining roziligisiz qonunga xilof ravishda foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

⛔️Holat yuzasidan huquqbuzar “G.D” MChJga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib, jamiyat omborxonasida mavjud 48 quti kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilinishi ta’minlandi.

❗️Eslatib o‘tamiz boshqa shaxsga tegishli tovar belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yoki asarlardan (she'r, musiqa, kino, fotografiya va boshqalar) egasining roziligisiz foydalanganlik qonunga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.


📞Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Intellektual mulkka bo‘lgan huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#xalqaro_hamkorlik

📣Adliya vazirligida Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasida (IRZ) Yaqin Sharq boʻycha loyihalar rahbari Sidi Kairi qabul qilindi.

🔹Joriy yilning 28-aprel kuni adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y. Kanyazov va Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasida (IRZ) Yaqin Sharq boʻycha loyihalar rahbari Sidi Kairi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

❗️Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov IRZ bilan adliya va huquq sohasida amalga oshirilgan loyihalar hamda istiqboldagi yangi tashabbuslar haqida soʻzlab berdi.


🔹Shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vazirligi bilan huquqiy hamkorlik toʻgʻrisida Qoʻshma deklaratsiya loyihasi ustida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

❗️Sidi Kairi , oʻz navbatida Deklaratsiyaning imzolanishi kelgusida ikki davlat oʻrtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qilishini, shuningdek, ushbu deklaratsiyada nazarda tutilgan masalalar bilan cheklanmasdan boshqa yangi loyihalarni amalga oshirishda amaliy yordam berishga tayyorligini bildirdi.


🔹Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Y. Kanyazov institutning yangi vazifa va funksiyalari haqida soʻzlab berdi va taʼlim jarayoniga xorijiy ekspertlarni jalb qilish, hamkorlikda xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil qilish va institut xodimlarini Germaniyada tajribasini oshirish boʻyicha aniq takliflar bildirdi.

🤝Uchrashuv yakunida M.Ikramov Germaniya xalqaro huquqiy hamkorlik jamgʻarmasi (IRZ) vakillarini 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga taklif etdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida Qiziltepa tumanida amalga oshirilgan ishlar tafsiloti


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari - hayotda va nazoratda


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣“Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumi tashkilotchilarining qizgʻin ish jarayonlari!

📆Forumga sanoqli kunlar qolmoqda!

📌Tayyorgarlik ishlari avjida. Har bir lahza — muhim, har bir bosqich — katta masʼuliyat!

2025-yil 29-30-may “Tashkent Law Spring”

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_sarhisob

Bor-baraka, sotildi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM