ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyatini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan joriy yilning 14-21 aprel kunlari Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi faoliyati kompleks o'rganildi.

Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o'rinbosari Nu’mon Muxammadiyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma hamda uning tuzilmalari faoliyatini kompleks tekshirish natijalari muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda o‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xató va kamchiliklar keskin tahlil qilinib, faoliyatda sustkashliklarga barham berish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
❗️ Adliya vazirligi ogohlantiradi!

💡 Boshqa shaxsga tegishli tovar belgisi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi yoki asarlardan (she'r, musiqa, kino, fotografiya va boshqalar) egasining roziligisiz foydalanganlik qonunga muvofiq javobgarlikni keltirib chiqaradi.

📣 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Intellektual mulkka bo'lgan huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining "1008" ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so'raymiz!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

26-aprel — Butunjahon Xalqaro intellektual mulk kuni munosabati bilan joriy yilning 22-aprel kuni Innovatsion rivojlanish agentligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Intellektual faoliyat va uning huquqiy himoyasi” mavzusida seminar tashkil etmoqda.

Unda ixtirolarni xorijda patentlash, intellektual mulk obyektlarini himoya qilish, mazkur sohaning qonunchilik asoslari xususida so‘z boradi.

☎️Maʼlumot uchun telefon: 71 203-32-23 (516).

🟢Ro‘yxatdan o‘tish

Bizni kuzating


Web-site
| Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣“Samarqand noni” tanlovida gʻolib boʻling va 5 625 000 so'm yutib oling!

“Samarqand noni” — bu faqatgina non emas. Bu — ming yillik tarix, o‘tmishdan kelajak sari uzatilgan o‘ziga xos merosdir.

✍️ Tanlov shartiga ko‘ra, Sizning ijodingiz – “Samarqand noni”ning yangi yuzini yaratadi!
Siz geografik ko'rsatkich sifatida ro'yxatga olingan “Samarqand noni” uchun maxsus belgi (logo) yaratishingiz kerak bo'ladi. Ijodingiz mahsuli nafaqat mahsulotni tanituvchi logo bo‘lib qolmay, balki Samarqand nonining tarixi va brend sifatida jahon miqyosida tan olishni ta’minlaydigan mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

🤩Tanlovda ishtirok eting va Vatanning faxriga aylaning!

G‘olibni nima kutmoqda?
Tanlov g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlov tafsilotlari:
Qabul muddati: 2025-yil 21-apreldan 10-maygacha

Kimlar ishtirok eta oladi?

Grafik dizaynerlar, rassomlar, illyustratorlar, reklama sohasi vakillari va kreativ yurak egalari – yuridik va jismoniy shaxslar.

Qanday hujjatlar topshiriladi?

• “Samarqand noni” belgisi (jpg formatda, rangli va oq-qora variantlari, kamida 1000 piksel, 10 mb.dan oshmasligi lozim)
• Konsepsiya haqida qisqacha izoh (MS Word’da – rang, g‘oya, elementlar haqida)

Hujjatlar ushbu elektron pochtaga yuborilishi kerak:
samarqandnoni2025@gmail.com

Tanlovni o‘tkazish tartibi va belgini ishlab chiqish shartlari bilan
quyidagi havola orqali tanishish mumkin!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧷 Endi adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng beriladi

Martaba darajasida bo‘lish muddati quyidagicha belgilanadi

👉 3-darajali yurist — ikki yil;
👉 2-darajali yurist — uch yil;
👉 1-darajali yurist — to‘rt yil;
👉 3-darajali adliya maslahatchisi — besh yil;
👉 2-darajali adliya maslahatchisi — olti yil;
👉 1-darajali adliya maslahatchisi va undan yuqori martabada bo‘lish muddati belgilanmaydi.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar

uzmarkaz.uz | facebook | Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OTA-ONALAR DIQQATIGA‼️

🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring

🖥 Web-sayt | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tomonidan Yuridik xizmat ko'tsatish markazlari faoliyati o'rganilmoqda.

Xususan, joriy yilning 21-22 aprel kunlari Shayxontohur, Yunusobod, Chilonzor hamda Olmazor tumanlari yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyati o'rganildi.

Bunda Markazlar xodimlari faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar va ularning kasbiy kompetensiyasi o'rganildi hamda Markazlar faoliyatiga yuklatilgan funksional vazifalarni bajarish holati bilan tanishildi.

"E-huquqshunos" elektron tizimiga zamonaviy axborot-texnologiyalari yutuqlarini joriy etish orqali Markaz xodimlarining yuridik ekspertizaga sarflayotgan resursi tejalishiga erishilmoqda.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan yuridik tusdagi hujjat loyihalari "E-huquqshunos" elektron tizimiga meta usulida kiritishlari orqali huquqni qo'llash bilan bog'liq xatoliklar barham topmoqda hamda respublika miqyosida yagona amaliyot joriy etilmoqda.

Bundan tashqari, "E-huquqshunos" elektron tizimi bir qator elektron tizimlar bilan integratsiya qilish orqali Markaz va tashkilotlarning ish hajmi tejaldi. Shuningdek, tizimda joriy etilishi rejalashtirilgan "sun'iy intellekt" vositalari, "Mobil versiya" hamda "shartnomalar monitoringi" qismlari bo'yicha ham takliflar qabul qilinib, test rejimida ishga tushirish bo`yicha texnik ishlarni boshlash rejalashtirildi.

O'rganish davomida sohani yanada takomillashtirish yuzasidan Markaz xodimlarining fikr-mulohazalari tinglanib, ularning mavjud muammolari joyida bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.
O'rganishlar davom etmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM