ADLIYA YANGILIKLARI
16.4K subscribers
24.8K photos
2.74K videos
39 files
9.47K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA OGOHLANTIRADI.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Xarid qilayotgan mahsulotingizni kontrafaktdan farqlay olasizmi?

Siz mahsulot xarid qilganda uning qadog‘iga, yozuviga e’tibor qaratasizmi?

Mahsulotni xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Yuqorida berilgan savollarga yetarlicha javobingiz bo‘lmasa videorolikni albatta tomosha qiling!


Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmanag!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bekobod shahrida seminar tashkil etildi.

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan Bekobod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining F-18-son farmoyishi ijrosi doirasida mahallalarda bahor mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish harakatlar, aholi tomorqasidan samarali foydalanish, "Yashil makon" va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

"Yangi hayot" mahallasida o‘tkazilgan ushbu tadbirda shahar hokimi, 35 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va hokim yordamchilari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etishib, mahalladagi aholining tomorqodan foydalanish holatlari, obodonlashtirishi va "Yashil makon" doirasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rilib, tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shu bilan birga, mahalla aholisi bilan suhbatlashib, ijtimoiy-huquqiy muammolar o‘rganildi va sohaga oid tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga rahbar tayinlandi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-martdagi 171-son qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil etildi.

Adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Yesemurat Sultamuratovich Kanyazov Institut direktori lavozimiga tayinlandi.

Ma'lumot uchun, mazkur institut Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ekspertlarining malakasini oshirish o‘quv markazi hamda Arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi negizida tuzildi.

Yesemurat Kanyazov 1971-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanida tug‘ilgan.

Ma'lumoti oliy, 1993-yilda Moskva davlat avtomobil yo‘llari instituti, 1999-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan, muxandis-quruvchi, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining maslahatchisi lavozimidan boshlagan. Adliya organlari tizimida turli mas'ul rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Yesemurat Sultamuratovichni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va muvaffaqiyat tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_hudud

Аndijon davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi.

Yigʼilishda Andijon viloyat adliya boshqarma boshlig'i, Andijon viloyati prokurori, institut rektori, 300 nafardan ortiq bitiruvchi talabalar va 50 nafardan ortiq professor oʼqituvchilar, shuningdek, yoshlar ishlari, bandlik, sogʼliqni saqlash boshqarmalari kabi qator mutasaddi idora rahbarlari ishtirok etdi.

Viloyat rahbarlari dastlab iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi bilan tanishdilar.

Yigʼilish yakuniga koʼra, ushbu institutda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy taʼlim berish boʼyicha tizimli va manzilli tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha viloyat prokuraturasi va adliya boshqarmasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi “Memorandum” imzolandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM