ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_kuni

Narpay tumani adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Muqumiy” mahallasida “Adliya kuni” munosabati bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Unda 40 nafardan ziyod aholi qatnashdi. Adliya organlari xodimlari tomonidan xonadonlarga kirilib, fuqarolarning huquqiy masalalari oʻrganildi, 6 ta murojaat qabul qilindi.

Xususan, qonunchilikdagi yangiliklar, sohadagi oʻzgarishlar va imkoniyatlar, xalqimizga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, bepul huquqiy yordam olish tartibi va boshqa huquqiy mavzularda tushuntirishlar berilib, aholining qonunchilikka takliflari qabul qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_kuni

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Urganch tumanidagi “Turkmanlar” va Yangibozor tumanidagi “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashdi.

A.Toshqulov dastlab “Turkmanlar” mahallasidagi “Ulli hovli” majmuasida “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, hunarmand va tadbirkorlarning milliy brend ostida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Shundan soʻng, Yangibozor tumani “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv va fuqarolarning qabuli tashkil etilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan koʻrsatmalar hamda yettilik ish faoliyatiga oid zarur tavsiyalar berildi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda ming nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 200 nafariga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 136 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlari koʻrsatildi hamda 1,5 mingdan ortiq mavzuga oid targʻibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari