ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi “Mumtoz”da!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Mumtoz" mahallasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan kutubxona tashkil qilindi.

Kutubxonaning ochilish tadbirida Yashnobod tuman adliya bo’limi, faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, maktab o‘quvchilari, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.

“Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, tashkil etilgan kutubxonaga faxriy yozuvchilar tomonidan ham adabiyot tuplamlari tuxfa etildi.

Kitoblar bilan birga adabiyotlarning elektron va audio shakliridan foydalanish maqsadida elektron kutubxona ishini tashkil etilishi uchun zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya boʻlimining aralashuvi bilan murojaatchiga 152 million soʻm undiriladigan boʻldi


Yangiqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi tomonidan tumanning chegara hududi hisoblangan "Nanay" mahallasida yashovchi N.Shamsiboyevning Yangiqoʻrgʻon tuman hokimligi tomonidan davlat va jamoat ehtiyoji uchun olib qoʻyilgan koʻchmas mulk obyektlari uchun kompensatsiya toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib, ushbu masalada amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati kelib oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
❓ Tutun yoki olov, tabiat unsurlari aloqa-signal vositasi bo‘lgan zamondan sun'iy intellekt davrigacha kommunikatsiya qaysi bosqichlardan o‘tib keldi?

❓ Qulay va foydali xavfsizlik masalalari: kommunikatsiya taraqqiyoti ko‘proq nima berdi?

nfografikadagi RANGLAR, DAVRLAR VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI yordamida yuqoridagi savollarga javob topasiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligida Navro‘z

Butun insoniyat boy madaniy merosining ajralmas qismi sifatida e'tirof etilgan Navro‘z bayrami tabiat uyg‘onishi, hayot tantanasi va bahoriy ko‘rkamlikni ifodalaydigan ayyomdir.

Xalqimiz hayotida ham Navro‘z bayramining tutgan o‘rni, qalblarda uyg‘otadigan zavqi bo‘lakcha. Negaki, bu xalqona va ardoqli bayram kishi ruhiyatiga harir qishdan so‘ng navbahor shodligini, bahoriy uyg‘onish va iliqlikni olib kiradi.

Mazkur bayram munosabati bilan Adliya vazirligida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy apparat, adliya organlari va muassasalaridan vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda adliya vaziri Akbar Toshqulov Navro‘z bayramining tarixi, uning o‘ziga xosligi haqida fikr bildirib, Navro‘z nafaqat to‘kin-sochinlik, balki xotirjamlik, tinch-totuvlik ramzi, elu yurt birlashib nishonlanadigan ulug‘ bayram sifatida ham ardoqlanishiga urg‘u berdi hamda ushbu sana bilan barcha xodimlarni samimiy tabrikladi.

Bayram arafasida bir guruh Adliya vazirligi xodimlari qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llashni mustahkamlash, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va aholiga yuqori malakali yuridik xizmatlarni ko‘rsatish doirasidagi yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayogani va samarali mehnat faoliyati uchun taqdirlandilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Huquqiy axborot kuni

Haftaning har chorshanba kuni yoshlarni huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini tashkil qilinib kelinmoqda.

Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ushbu loyiha doirasida Qarshi shahridagi saylgohlarda yoshlar hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

Aholiga “Isteʼmolchilar huquqi” mavzusi boʻyicha batafsil tushuntirishlar berilib, fuqarolarning isteʼmolchi sifatidagi huquqlari boʻyicha testlar hamda huquqiy savol-javoblar oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish qanday amalga oshiriladi?

— Bola huquqlari bo‘yicha vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda, arizalar hamda takliflarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil sudning vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.

Anonim murojaatlar Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-son Qonuni.


@adliyangiliklari