ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.4K photos
2.84K videos
40 files
9.73K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Mehr_ulash

✔️Bir donor — uch inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin!

❤️Adliya vazirligi tashabbusi bilan Respublika qon quyish markazi bilan birgalikda 16-oktabr kuni “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi oʻtkaziladi.

✔️Aksiyada adliya organlari va muassasalari xodimlari bilan birga Toshkent shahri aholisi va mehmonlari ham ishtirok etishlari mumkin.

❗️Eslatma: donor boʻlish uchun pasportning (ID) asli yoki elektron shakli kerak boʻladi.

✔️Qon va qon mahsulotlari murakkab tibbiy va jarrohlik muolajalarni boshdan kechirayotganlarga va baxtsiz hodisalar oqibatida jarohatlanganlarga samarali yordam koʻrsatishda juda muhim manbadir. Donor bemorlarni hayotini saqlab qolishi, unga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.

✔️Adliya vazirligi jamoasi “Bir ezgu tomchi. Uchta hayot imkoniyati” chaqirigʻi bilan qolganlarni ham ushbu xayriya aksiyasiga qoʻshilishga chorlaydi.

🗓 Vaqti va sanasi: 16-oktabr , 09:00-14:00

📍 Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh, 5 (Adliya vazirligi binosi).

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤3
#19_kun

🛡 1 KUN — 1 YECHIM

Qayerda xavf borligini bilmasdan, uning oldini olish qiyin

Har bir tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari bir xil emas. Shu sababli korrupsiyaviy xavflar ham turlicha bo‘lishi mumkin.

🔹 Xavf yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash va ular bo‘yicha alohida choralar ko‘rish muhim.

✅ Yechim: korrupsiyaviy xavflarni tizimli aniqlash va ularni boshqarish.

🎯 Natija: resurslar eng xavfli jarayonlarning oldini olishga yo‘naltiriladi.

#1Kun1Yechim

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 X (twitter)
❤4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥2👏1
#Mehr_ulash

Ayni dam Adliya vazirligida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi bo’lib o’tmoqda.
👍7❤3🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍1
#Mualliflikni_himoya_qilish_oyi

©️Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — ilm-fan va ijodning muhim tamoyillari

✅Adliya vazirligi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamkorligida “Mualliflik huquqini himoya qilish” oyligi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi.

✅Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘rtasida mualliflik huquqiga hurmat, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, plagiatning oldini olish hamda intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.


#MualliflikHuquqi #IntellektualMulk #AkademikHalollik #Plagiat

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Bankrotlik hukm emas. Ko‘pchilik shu so‘zini eshitganda, kompaniyaning hisobi butunlay nolga tenglashganini tasavvur qiladi. Aslida esa hammasi biroz boshqacha.


✅ Qonunchilikka ko’ra, korxona hamkorlari ya’ni bank yoki soliqchilardan bo‘lgan qarzini 3 oy davomida to‘lay olmasa va bu qarz miqdori belgilangan summadan oshib ketgan bo‘lsa, u to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

✅Ammo bu korxonani darhol yopish kerak degani emas. Galda vazifa ana shunday tadbirkorlik subyektlarini qayta “oyoqqa qo’yish”, qonun tilida sanatsiya qilish ya’ni sog’lomlashtirishdan iborat.

✅O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi To’lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi ishchi guruhi ana shu maqsadda Navoiy viloyatida bo’ldi. O‘rganish Nurota tumani va Navoiy shahrida toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonidagi 4 ta korxona faoliyati misolida olib borildi

✅Bunda korxonalarga tegishli mol-mulkning tarkibi, saqlanishi va undan foydalanish holati, mol-mulkni baholash, ijaraga berish va savdoga chiqarish jarayonlari hamda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining davomiyligi va uning choʻzilish sabablari tahlil etildi.

🔹Bugungi kunda ishchi guruh tomonidan, korxonalar faoliyatini tiklash va moliyaviy sogʻlomlashtirish imkoniyatlari, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda kreditorlar manfaatlarini taʼminlash masalalari bo’yicha belgilab berilgan chora-tadbirlar asosida sud boshqaruvchilari bilan muhokamalar tashkil etilmoqda. Korxonalarni sog’lomlashtirish maqsadida kreditorlar bilan kelishuvlarga erishilmoqda.

📱Website📱Telegram
📱Facebook 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤2
#Mehr_ulash

❤️«Mehr ulash» — bir ezgu tomchi, bir hayotga umid

✔️Adliya vazirligida insonparvarlik, mehr-oqibat va ezgulikni targ‘ib etishga qaratilgan «Mehr ulash» donorlik aksiyasi tashkil etildi.

❗️Aksiyaning asosiy maqsadi — ixtiyoriy qon donorligining ahamiyatini keng targ‘ib qilish, donorlik madaniyatini rivojlantirish hamda inson hayotini saqlab qolishga qaratilgan ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.

✔️Tadbirda donorlarimiz ixtiyoriy ravishda qon topshirib, inson hayotini asrab qolishdek xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

✔️Donor qoni og‘ir kasalliklarni davolash, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, qon topshirish — nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki yuksak insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat namunasidir.

✔️Unutmang, bir donor uch nafargacha inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shishi mumkin. Ba’zan bir ezgu qaror kimningdir hayotga bo‘lgan umidini tiklaydi, bir oilaga esa quvonch va ishonch bag‘ishlaydi

♥️ Bir ezgu tomchi — kimdir uchun yangi hayot imkoniyati!

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6❤4👏3👍1