ADLIYA YANGILIKLARI
Video message
Ayni damda “Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1👏1
Ayni damda “Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Maxmud Istamov nutq so’zlamoqda.
Yetmish besh yil — bu shunchaki tarixiy sana emas. Bu ortda qolgan yillar davomida shakllangan boy tajriba, ilmiy salohiyat, kasbiy an’analar va mamlakatimizda odil sudlovni ta’minlashga qo‘shilgan munosib hissani ifodalovchi muhim davrdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6👏3❤2🔥2
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya
Sud ekspertlari — adolatning eng yaqin ko'makchilaridir!
Maxmud Istamov,
Adliya vazirining birinchi o'rinbosari:
Odil sudlov faqat ishonchli dalilga tayangandagina haqiqiy qiymatga ega bo'ladi. Sud-ekspertiza sohasi — qonun ustuvorligi va adolatni ta'minlashning muhim ustunlaridan biridir.
Yetmish besh yil — bu shunchaki tarixiy sana emas. Bu boy tajriba, ilmiy salohiyat, kasbiy an'analar va mamlakatimizda odil sudlovni ta'minlashga qo'shilgan munosib hissani ifodalovchi muhim davrdir. Bugungi kunda ekspertlardan nafaqat chuqur kasbiy bilim va tajriba, balki zamonaviy ilmiy yondashuv, ilg'or texnologiyalardan foydalanish talab etilmoqda. Sud ekspertizasining ahamiyati faqat jinoyat ishlari bilan cheklanib qolmayapti. Bugun u fuqarolar taqdiriga bevosita ta'sir qiladigan muhim vositaga aylanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Sud_ex_konferensiya
Kadr ortidagi lahzalar, samimiy suhbatlar va yubiley shukuhi!
75 yillik tarixga bagʻishlangan anjuman nafaqat rasmiy nutqlar va tantanali marosimlar, balki qizgʻin muloqotlar, tajriba almashinuvi, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlarga ham boy boʻlmoqda.
Minbardagi muhim fikrlar, kamera qarshisidagi intervyular, hamkasblarning samimiy uchrashuvlari, jurnalistlarning qizgʻin ish jarayonlari...
Bir tadbir — yuzlab taassurotlar, oʻnlab uchrashuvlar va tarixga muhrlanayotgan lahzalar!
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligi muhitini fotolavhalar orqali sizga ham ulashamiz.
Bu gal rasmiy kadrlardan tashqari, tadbirning oʻzgacha muhiti va jonli lahzalariga nazar tashlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
#Sud_ex_konferensiya
Fidokorona mehnat va kasbiy sadoqatga yuksak eʼtirof
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yillik yubileyi munosabati bilan sohani rivojlantirish, odil sudlovni taʼminlashga koʻmaklashish hamda sud ekspertizasi tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlar mehnati yuksak eʼtirof etilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 7-oktyabrdagi buyrugʻiga muvofiq, koʻp yillik samarali mehnati va kasbiga sadoqati bilan hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan quyidagi xodimlar Adliya vazirligining "Esdalik qoʻl soati" bilan taqdirlandi:
➖ Yunusov Xusan Baxtiyarovich — Yongʻin-texnik ekspertizasi laboratoriyasi yetakchi eksperti;
➖ Tajiyev Dauletbay Utebayevich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi yetakchi eksperti;
➖ Maxmudova Zamira Mavlanovna — Sud-qurilish-texnik ekspertizasi boʻlimi bosh eksperti.
Shuningdek, Markazning yana 18 nafar fidoyi xodimi Adliya vazirligining faxriy yorliqlari hamda pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi.
Yubiley tantanalari doirasida boshqa vazirlik va idoralar tomonidan ham sud ekspertizasi sohasida koʻp yillar samarali mehnat qilgan, oʻz kasbiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan mutaxassislar munosib taqdirlanmoqda.
Har bir eʼtirof ortida yillar davomidagi izlanish, mashaqqatli mehnat va kasbga sadoqat mujassam.
Taqdirlash marosimlari va soha fidoyilariga koʻrsatilayotgan ehtirom haqidagi lavhalarni sahifamizda yoritib boramiz.
Barcha mukofot sohiblarini samimiy muborakbod etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2❤1
#Sud_ex_konferensiya
Kadr ortidagi lahzalar, samimiy suhbatlar va yubiley shukuhi!
75 yillik tarixga bagʻishlangan anjuman nafaqat rasmiy nutqlar va tantanali marosimlar, balki qizgʻin muloqotlar, tajriba almashinuvi, yangi tanishuvlar va unutilmas taassurotlarga ham boy boʻlmoqda.
Minbardagi muhim fikrlar, kamera qarshisidagi intervyular, hamkasblarning samimiy uchrashuvlari, jurnalistlarning qizgʻin ish jarayonlari...
Bir tadbir — yuzlab taassurotlar, oʻnlab uchrashuvlar va tarixga muhrlanayotgan lahzalar!
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligi muhitini fotolavhalar orqali sizga ham ulashamiz.
Bu gal rasmiy kadrlardan tashqari, tadbirning oʻzgacha muhiti va jonli lahzalariga nazar tashlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya
Purvi Pokxariyal: "Sud ekspertizasi — adolat va haqiqatga erishish yoʻlidagi muhim vosita"
"X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining 75 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiyada ishtirok etayotganimizdan mamnunmiz.
Hindiston Milliy sud ekspertizasi fanlari universiteti Oʻzbekiston Respublikasi sud ekspertizasi markazi bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, mutaxassislar almashinuvi, oʻzaro tajriba oʻrganish va qoʻshma konferensiyalar tashkil etish borasida samarali aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻzbekistonda jinoiy odil sudlov tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratilayotgani quvonarli. Bu yoʻnalishda Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor.
Bugungi kunda kiberjinoyatchilik koʻlamining ortib borayotgani, koʻplab jinoyatlarda mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalardan foydalanilayotgani raqamli sud ekspertizasining ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Sud ekspertizasi jinoyatlarni fosh etish, haqiqatni aniqlash va adolatni qaror toptirishda muhim oʻrin tutadi. Shu bois raqamli sud ekspertizasi va kiberekspertiza sohasidagi ilmiy-amaliy salohiyatni yanada rivojlantirish zarur.
Biz Oʻzbekiston bilan ushbu yoʻnalishdagi hamkorligimizni mustahkamlash, ilgʻor tajribalarni oʻzaro almashish va sohani birgalikda rivojlantirishdan manfaatdormiz".
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya
"Sud va ekspertiza — odil sudlovni taʼminlashda bir-birini toʻldiruvchi muhim institutlardir"
Shukurov Akram Gʻayratovich - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari:
"Sud va ekspert oʻrtasidagi hamkorlik oddiy hujjat almashinuvi bilan cheklanmaydi. Sud tomonidan zarur materiallarni oʻz vaqtida taqdim etish, ekspert tomonidan esa ilmiy asoslangan, puxta va xolis xulosa tayyorlash odil sudlov sifatini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Ishonamanki, raqamlashtirish, amaliy muloqot va tajriba almashish imkoniyatlaridan samarali foydalanish sudlar va ekspertiza muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi hamda odil sudlov sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi".
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya
Husan Tangriyev: Sud ekspertiza markazi yordamida 500 mlrd so'mlik noqonuniy tovarlar olib kirilishining oldi olingan
Noqonuniy tovarlarni fosh etishda X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Bojxona qo‘mitasining asosiy hamkorlaridan biri. Oxirgi bir yil davomida markaz bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ekspertizalar natijasida 500 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi moddiy boyliklarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bundan tashqari, hamkorlik natijasida davlat budjetiga qariyb 100 mlrd so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishiga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
#Iqtibos
#Sud_ex_konferensiya
Sud ekspertlarining xolislik, mustaqillik va kasbiy masʼuliyatga tayangan faoliyatini yuksak qadrlaymiz
Ramazon Ashropov - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
"Ekspert mehnati chuqur bilim, aniqlik, sabr va halollikni talab qiladi. Har bir puxta asoslangan xulosa ortida inson taqdiri, uning huquqlari va adolatga boʻlgan ishonchi turadi. Tergovchi uchun har bir dalilning ishonchliligi, har bir holatning xolis tekshirilishi ish boʻyicha haqiqatni aniqlashda muhim oʻrin tutadi. 2025-yilda 22 mingdan ortiq ekspertiza oʻtkazilgan boʻlsa, joriy yilning 9 oyida 21 mingdan ortiq ekspertiza oʻtkazilgan. Sud ekspertlarining xolislik, mustaqillik va kasbiy masʼuliyatga tayangan faoliyatini yuksak qadrlaymiz. Markazning ilmiy va amaliy salohiyatini shakllantirgan faxriylar, oʻz bilimi va tajribasini yoshlarga oʻrgatib kelayotgan ustozlar mehnati eʼtirofga sazovor! Haqiqatni aniqlash va adolatga xizmat qilish yoʻlidagi sharafli mehnatingiz uchun minnatdorlik bildiraman!"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1