ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekiston va Gonkong adliya sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Muloqot davomida ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, qonun ijodkorligi, huquqiy xizmatlar, adliya tizimini raqamlashtirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

🌐Shuningdek, tomonlar xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish sohasida o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar va mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, tajriba va ekspertlar almashinuvi, qo‘shma tadbirlar hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉2