ADLIYA YANGILIKLARI
16.2K subscribers
24.6K photos
2.71K videos
39 files
9.39K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
📣 Mehnat qonunchiligini bilmaslik — nizolar, ortiqcha muammolar va huquqiy xavflarga olib kelishi mumkin.

Bugungi kunda har bir rahbar, HR mutaxassisi, yuristlar hamda kadrlar bilan ishlovchi xodimlar mehnat qonunchiligini amaliy jihatdan puxta bilishi zarur.

📘 “Mehnat huquqi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish” o‘quv kursi — aynan amaliyot uchun ishlab chiqilgan samarali dastur!

Ushbu kurs davomida siz:

🔹 mehnat qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar

🔹 mehnat shartnomalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va bekor qilish

🔹 ish vaqti, ta’til va dam olish bilan bog‘liq qonuniy tartiblar

🔹 ish haqi, kompensatsiya hamda moddiy javobgarlik masalalari

🔹 mehnat nizolarining oldini olish va ularni qonuniy hal qilish usullari

🔹 real keyslar va hayotiy vaziyatlar asosida amaliy yechimlarni o‘rganasiz.


🎯 Kurs sizga:
✔️ ish jarayonidagi xatolarni kamaytirish
✔️ huquqiy xavflarning oldini olish
✔️ hujjatlarni to‘g‘ri yuritish
✔️ mehnat inspeksiyasi bilan bog‘liq muammolardan himoyalanish
✔️ zamonaviy kadrlar siyosatini samarali tashkil etishga yordam beradi.

👨‍🏫 Darslar Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

🖥 Shunga o‘xshash malaka oshirish kurslari haqida ma‘lumot olish uchun telegram kanalga obuna bo‘ling.

Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurib qoling👇
📞 +998 55 518-47-77

📱minjusttraining.uz 📱Facebook📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

⚔️O‘zbekiston va Gonkong adliya sohasida hamkorlikni rivojlantiradi
 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya kotibi Pol Lam boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Muloqot davomida ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni rivojlantirish, qonun ijodkorligi, huquqiy xizmatlar, adliya tizimini raqamlashtirish hamda mutaxassislar malakasini oshirish yo‘nalishlarida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

🌐Shuningdek, tomonlar xalqaro arbitraj va nizolarni muqobil hal etish sohasida o‘zaro tajriba almashish, ekspertlar va mutaxassislar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi Adliya departamenti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

🔹Mazkur memorandum huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, tajriba va ekspertlar almashinuvi, qo‘shma tadbirlar hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🎉1