ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar

⚔️ Jazoni ijro etish muassasasidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda "Xavfsiz va sog‘lom yurt" maxsus profilaktik tadbiri doirasida Uychi tumanidagi 6-son tergov hibsxonasida jazo muddatini o‘tayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

⚖️ Muloqot davomida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash, sodir etilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish hamda ozodlikka chiqqach jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

💬 Shuningdek, yoshlarga mamlakatimizda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida hayotda munosib o‘rin topishga xizmat qiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

📚 Tadbir yakunida jazoni ijro etish muassasasiga yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan huquqiy adabiyotlar jamlanmasi topshirildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni jamiyatga muvaffaqiyatli qayta integratsiya qilishga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi

📍 Xorazm viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida Xonqa tumanidagi Axborot-resurs markazida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💼 Uchrashuv davomida yosh tadbirkorlar uchun tadbirkorlik faoliyatini boshlash, fermer xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va grant imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishish omillari yuzasidan fikr almashildi.

📚 Ochiq muloqot chog‘ida yoshlar Axborot-resurs markazining imkoniyatlari bilan tanishtirildi, kitobxonlikni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_va_yoshlar
#Rahbar_va_yoshlar

⚔️ Adliya tizimi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

📍 Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Nu'mon Muxammadiyev ishtirokida tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida yosh yuristlar o‘z amaliy tajribalariga tayangan holda qonunchilikni takomillashtirishga oid taklif va tashabbuslarini maxsus taqdimotlar orqali taqdim etdi. Shuningdek, "Muvaffaqiyat sirlari" mavzusida kasbiy rivojlanish, tashabbuskorlik va xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishish omillari yuzasidan fikr almashildi.

📈 Ochiq muloqot chog‘ida adliya tizimida yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini yuksaltirish hamda zamonaviy g‘oyalarni amaliyotga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🏆 Tadbir yakunida tizimda namunali mehnat qilayotgan hamda uchrashuvda faol ishtirok etgan bir guruh yosh mutaxassislar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yosh xodimlarning innovatsion g‘oyalari va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda adliya tizimida ochiq muloqot muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥3👏21