ADLIYA YANGILIKLARI
16.3K subscribers
24.4K photos
2.67K videos
39 files
9.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

🤝 "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi

📍 "Yoshlar kuni" doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri tomonidan Taxtako‘pir tumani Yoshlar markazida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.

💬 Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda kelajak rejalari bilan bog‘liq fikr va takliflari tinglandi.

⚖️ Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

📌 Tadbir yakunida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni amaliyotga joriy etish hamda ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yangi boshqaruv modeli: 980 turdagi xizmatlar mahallaga tushirildi

👍O‘zbekistonda ilk bor boshqaruvning eng quyi bog'ini — mahallada, zamonaviy boshqaruv modeli "Mahalla axborot va xizmat markazi" ish boshladi.

Endilikda 8 ta mahallada yashovchi 27 mingdan ortiq aholi 980 turdagi davlat, bank, kadastr, agro va boshqa xizmatlardan "bir qadam" tamoyili asosida foydalanishi mumkin.

🌍Ma'lumot uchun, Markaz konsepsiyasi Xitoy va Vengriyaning ilg‘or tajribalari asosida ishlab chiqilib, milliy mahalla tizimiga moslashtirildi.

#BoshqaruvSamaradorligi
#ZamonaviyBoshqaruvModeli #DavlatXizmatlari #SmartVillage

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_kuni

Beshariq tumanini online davlat xizmatlaridan foydalanish ko'nikmasi bo'yicha "namunaviy tuman"ga aylantirish reja qilinganligi "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi davomida e'lon qilindi

Bu borada, Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Beshariq tumanidagi mahalla yettiligi a'zolari, shuningdek, barcha davlat idora va tashkilotlari xodimlarining my.gov.uz ilovasidan foydalanish ko'nikmasi shakllantiriladi.

Shu maqsadda, Beshariq tumanidagi hokim yordamchilari bilan suhbat va amaliy seminar o'tkazildi.

Ular ertadan boshlab, o'z hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar, xususan, yoshlar va tadbirkorlik subyektlariga my.gov.uz ilovasidan foydalanishning afzalliklari, qulayliklari tushuntiriladi va mazkur ilovadan foydalanish bo'yicha ko'nikmalari shakllantiriladi.

Mazkur tajribaviy amaliyot, viloyatning barcha tuman va shaharlarida bir vaqtda o'tkaziladi.

Navbatdagi o'zaro hamkorlik, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
🔥31👍1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

SAMARQAND YANGILIKLARI | "RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI OʻTKAZILDI


🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Adliya_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni

⚔️ Surxondaryoda "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda

📍 Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan 2026-yil ikkinchi yarim yilligida "Yoshlar kuni" doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar reja-grafigi ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyatida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari doirasida yoshlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etilmoqda.

🧠 Intellektual bahslar davomida ishtirokchilar huquqiy, mantiqiy va umumiy bilimlarga oid savollar orqali o‘z bilim va tafakkur salohiyatini namoyon etmoqda. Shuningdek, yoshlarning tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

⚖️ Tadbirlar davomida yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikka hurmat ruhini mustahkamlash hamda intellektual salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🏆 Bellashuvlar yakunida yuqori natija qayd etgan jamoalar munosib rag‘batlantirilmoqda.

Bunday intellektual tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21